Mehnat o 'lchov birligi mahsulotni ishlab chiqarish yoki ma'lum bir mahsulotga sarf qilingan mehnat sarfini o'lchashda ishlatiladi. Mehnat o'lchov birligi ko'p hollarda bir turli xo'jalik munosabatlarini o'rganishda qo'llanadi.
Pul o 'lchov birligi. Korxona va tashkilotlar bajarilgan ish va xizmatlar bo'yicha o'zaro hisob-kitobini yuritadilar. Bunday hisob-kitoblar, asosan, pul o'lchov birligida olib borilishi bilan birga, bajariladigan ish va xizmatlarni natura yoki mehnat o'lchov birliklarida ko'rsatilishini talab qiladi.
Pul o'lchov birligi bevosita tovar - pul munosabatlarida namoyon bo'ladi.
Tovar ishlab chiqarish va qiymat qonunining amal qilishi bilan bog'liq pul o'lchov birligi hozirgi sharoitda korxonalar o'rtasidagi to'lov vositasi sifatida qo'llanilib kelmoqda.
Hisobda pul o'lchov birligini ko'proq qo'llanishi, boshqa o'lchov birliklariga nisbatan ko'proq ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmoqda. Pul o'lchov birligi hisob ishlarida keng qo'llanishiga asosiy sabablardan biri bu — har xil o'lchov birliklarida umumlashtirish imkonini bersa, ikkinchisi, korxonalar o'rtasidagi hisob-kitoblarni bir me'yorda yuritish imkonini beradi.
Hisob xo'jaliklarda amalga oshirilgan jarayonlarni hisobga olish bilan birga, korxona va tashkilotlarning bir me'yorda ishlashini ta'minlashda o'z imkoniyatlarini to'g'ri ishga solishda, iqtisodiy o'zgarishlarning xo'jalik faoliyati bilan bog'liqligini ta'minlashda amalga oshirilgan xo'jalik operatsiyalarini umumlashtirishda, nazoratni tashkil qilishda yaqindan yordam beradi.
Hozirda xalq xo'jaligi tarmoqlarida hisobning qaysi turini qo'llash, har bir hisob turidan o'rinli foydalanishdan asosiy maqsad iqtisodiy ko'rsatkichlarni ma'lum bir maqsadga yo'naltirish, boshqarishni soddalashtirishdir. Xalq xo'jaligida quyidagi hisob turlaridan keng foydalanilmoqda:
operativ hisob;
statistik hisob;
buxgalteriya hisobi.
Operativ hisob. Bu hisob yordamida amalga oshirilayotgan muammolarni ma'lum bir belgilangan vaqt davomida kuzatish ishlari amalga oshiriladi. Bu hisobning o'ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan, uni o'tkazish muddati korxona rahbari tomonidan belgilanishi mumkin, ikkinchidan, ma'lumotlarni bevosita aloqa vositalari yordamida olish mumkin, uchinchidan, ularni rasmiy- lashtirishda tayyorlangan hujjatlar tizimidan foydalanmaslik mumkin, bundan tashqari, operativ hisob ma'lumotlariga asoslanib balans tuzish imkoniyati yo'q. Operativ hisob ma'lumotlaridan ko'proq boshqarish bo'g'inida, ishlab chiqarishni tashkil qilishda, reja topshiriqlarining bir me'yorda bajarilishini nazorat qilishda foydalaniladi.
Operativ hisob ma'lumotlarining yana bir xususiyati shundaki, ular tegishli hisobot shakllarida ifoda qilinmaydi, balki hisob ishlariga asos qilib olinadi. Operativ hisobning boshqa hisob turlaridan farqi shundaki, undan maxsus tanlab olingan va maqsadga yo'naltirilgan xo'jalik muammolarini boshqarishda, holatini o'rganishda foydalaniladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda bu hisob turini operativ- texnika hisobi,
deb ham ataydilar, lekin hisobni bunday deb atashga salbiy fikr berish
bilan birga, aytish lozimki, operativ hisob oldida turgan vazifaning hal qilinishi operativ hisobga qo'shimchalar qo'shib o'rganish, masalan, operativ-texnika, operativ-ishlab chiqarish kabi xususiyat- lari bilan xarakterlanadi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |