1. Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda muhim xatolarga yo’l qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o’zining maxsus malakasi etishmasligi sababli tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin.
2. Tanlashdagi risk –bu muhim xato-kamchiliklarning nazorat testlarini o’tkazish (tanlab olish) chog’ida ham, xo’jalik muomalalarini mohiyatan tekshirish chog’ida ham aniqlanmay qolish ehtimolidir.
Aniqlanmaslik riski - auditorlik faoliyatining sifati va samaradorligini baholaydigan ko’rsatkich bo’lib, u muayyan auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibiga, hamda auditorlar malakasi va ularning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan oldindan tanishlik darajasiga bog’liq. Auditor ichki xo’jalik riski va nazorat vositalarining riskini baho-lash asosida o’z faoliyatida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan aniq-lanmaslik riskini aniqlashi lozim. Aniqlanmaslik riski-ning imkon qadar pasaytirilgan ko’rsatkichini hisobga olgan holda tegishli auditorlik amallarini rejalashtirishi lozim.
Ta’kidlash joizki, auditorlik risklarining maqbul to’plamini tashkil etuvchi elementlar(IR, CR, DR)ni tahlil qilishdan asosiy maqsad aniqlanmaslik riski (DR) ni baho-lashdan iborat. Ushbu fikrni tasdiqlash uchun auditorlik risklar maqbul to’plami(DAR)ning tarkibiy qismlarini chuqurroq o’rganishga doir bir necha misollar keltiramiz.
1-misol. Audit o’tkazilishi rejalashtirilayotgan korxonada risk darajasi past bo’lib, auditorlik risklar maqbul to’plamining eng yuqori chegarasi 5% ga teng. Korxona xalq xo’jaligining nisbatan barqaror tarmog’ida faoliyat ko’rsatganligi uchun ichki xo’jalik riski (IR) 70%ga teng deb olindi. Nazorat vositalari riski (CR) esa 40% ga teng deb baho-langan. Chunki mijoz-korxonada ichki nazorat tizimining yaxshi yo’lga qo’yil-ganligi va oldingi o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlarining natijalariga ko’ra auditorlar tomonidan muhim kamchiliklar ko’rsatilmaganligi aniqlangan.
Yuqorida tahlil qilingan formulaga muvofiq aniqlan-maslik riski:
Demak, mohiyatan o’tkaziladigan testlar bo’yicha auditor uchun ishonchlilik darajasi 82, 1% ga teng (100%-17,9%).
2-misol. Mijoz korxonada auditorlik riski yuqori. Bunda ham auditorlik risklar maqbul to’plamining eng yuqori chegarasi 5% ga teng deb olingan. Ichki xo’jalik riski (IR) 90% ga teng deb baholangan. Chunki bu korxona auditor uchun yangi mijoz bo’lib, uning faoliyat sohasi xorijiy investitsiyalarga asoslangan yuqori texnologiyalar bilan tavsiflanadi. Nazorat vositalarining riski (CR) esa 80% ga teng deb baholangan. Chunki dastlabki test sinovlari va kuzatish natijalariga ko’ra ichki nazorat tizimining kuchsizligi, korxona rahbarining yakkahokimlik uslubida ish yuritishi hamda auditorlarga tazyiq o’tkazishi aniqlangan. Bunda aniqlanmaslik riski (DR) qo’yidagicha:
Bu misolda mohiyatan o’tkaziladigan tekshiruv (test) lardan kutilayotgan ishonchlilik darajasi 93,1% ga teng (100,0%-6,9%). Demak, auditor tanlash ko’lamini kengaytirishi zarur.
Ichki xo’jalik riski va nazorat vositalari riskining turli kombinatsiyalari bilan aniqlanmaslik riski o’rtasida o’zaro teskari bog’liqlik mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |