Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


-Mаvzu: Hisоbоt turlаri vа uning mаzmuni



Download 0,67 Mb.
bet92/164
Sana01.01.2022
Hajmi0,67 Mb.
#297692
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   164
Bog'liq
6. ma'ruza matn Bux. xisobi va audit

15-Mаvzu: Hisоbоt turlаri vа uning mаzmuni.

Reja:

  1. Bоshlаng’ich vа yig’mа buхgаltеriya hisоbоti

  2. Umumlаshtirilgаn buхgаltеriya hisоbоti

  3. Dаvriy vа yillik buхgаltеriya hisоbоti

Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisoboti tuzilishiga qarab ichki va tashqi hisobotlarga bo'linadi. Ichki hisobotlardagi ma'lumotlar shu tashkilot bo'limlari xo'jalik faoliyatidan olinadi va umumlashtiriladi hamda korxonaning o'zida foydalaniladi. Misol uchun moddiy javobgar shaxslarning tovar hisoboti, kassir hisoboti ichki hisobot- larga kiradi. Tashqi hisobot mazmuni bo'yicha ichki hisobotdan farq qilib, uning shakli, tuzish muddatlari, ko'rib chiqish tartibi davlat tomonidan belgilanadi.

Buxgalteriya hisobotida korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati to'liq hisobot davri bo'yicha umumlashtirib ko'rsatiladi. Buxgalteriya hisobotida ko'rsatilgan ma'lumotlar birinchi navbatda, hujjatlar bilan asoslangan xo'jalik faoliyatidan kelib chiqqan, tegishli hisob reestrlarida aks ettirilgan ikkiyoqlama yozuv bilan asoslangan, xo'jalik operatsiyalarini ifodalash yordamida shakllanadi, ikkinchi­dan, ma'lumotlarning to'g'riligini tasdiqlovchi bosh hisobchi tomonidan imzolangan bo'lishi kerak.

Korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyatiga qarab hisobotlar kunlik, oylik, choraklik, yillik hisobotlarga bo'linadi.

Kunlik hisobotlar, asosan, moddiy javobgar shaxslar tomonidan tuziladi. Bunday hisobotlarda tovar-moddiy qiymatlarning harakati to'g'risida hisobot berilib, unda bir kunlik tovarlarning kirimi, chiqimi hisobi, kun boshiga va oxiriga bo'lgan qoldig'i aniqlanadi.

Choraklik, yillik hisobotlarni tuzish tegishli ma'lumot- larni hisobotga tayyorlash ishlarini olib borilishini talab qiladi. Choraklik va oylik hisobotlarning bir-biridan farqi shundaki, birinchidan tasdiqlangan hisobot shakllarini to'ldirish bo'lsa, ikkinchidan moliyaviy natijalarni taqsim- lanishi va qayta taqsimlanishidadir.

Yillik buxgalteriya hisobotini tuzishda korxona xo'jalik faoliyatining bir yillik natijalari hisob-kitob qilinib, ularni iqtisodiy tahlil qilish uchun imkoniyat yaratiladi.

Mulkchilik turli shakllari qo'llanilayotgan hozirgi sharoitda xo'jalik faoliyati to'g'risida to'liq iqtisodiy ma'lumot olish har bir mustaqil korxona hamda tashkilot uchun muhim ahamiyatga egadir. Bunday ma'lumot olishning muhim manbayi buxgalteriya hisobi va hisobotidir.

Korxona va tashkilotlarning hisoboti o'zida mazkur korxonalar faoliyatining o'tgan davrdagi (kvartal, yil va hokazo) yakunlari, natijalari va sharoitlari haqidagi ma'lu- motlarni umumlashtiradi.

Hisobotlar tayyorlanishiga qarab operativ, statistik va buxgalteriya hisobotlariga bo'linadi.

Hisobotlarning bunday bo'linishi ulardagi ma'lumot- larning mazmuni va tashkil topishidagi farqidan kelib chiqadi.

Operativ hisobotlar birinchidan, tashkilot xo'jalik faoliyati bilan bevosita bog'liq bo'lmasa ham ma'lum bir vaqt birligida sodir bo'layotgan muammolarni kuzatishda keng ishlatiladi.

Operativ hisobotlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularda hisobot davrining boshiga yoki oxiriga taalluqli bo'lgan ma'lumotlar ko'rsatilmaydi, ikkinchidan, bu hisobotlarda xo'jalik mablag'larining tashkil topish manbalari joylashishi ko'rsatilmaydi.

Operativ hisobotlarning ma'lumotlari yillik hisobot tuzishda savdo tashkilotlarida ishlatilmaydi. Statistik hisobotlar bu shunday hisobotlarki, ular maxsus kuza- tishlar orqali olib boriladi. Statistik hisobotlardagi ma'lumotlar, birinchidan, ko'proq natura o'lchov birlik­larida yuritiladi. Ikkinchidan, operativ, statistik hisobot bir vaqtning o'zida turli o'lchov birliklaridan foydalanishi mumkin, lekin statistik hisobotlarda umumlashtirilgan ma'lumotlar o'zining ketma-ketligi yo'qligi bilan boshqa hisobotlardan farq qiladi.

Buxgalteriya hisoboti barcha hisobot turlaridan shu bilan farq qiladiki, bu hisobotda bir vaqtning o'zida natura va pul o'lchov birligi ishlatilishi mumkin. Buxgalteriya hisobotida umumlashtirilgan ma'lumotlar o'zining ketma- ketligi bilan boshqa hisobotlardan farq qiladi. Buxgalteriya

194 hisobotidagi ma'lumotlar bevosita tashkilot mablag'larining harakati bilan bog'liq holda yuritiladi va ularda boshlang'ich va oxirgi qoldiqlar ko'rsatiladi.

Korxona va tashkilotlardagi buxgalteriya hisobotlari tuzilish maqsadiga qarab ichki va tashqi hisobotlarga bo'linadi.

Ichki hisobotlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar asosan, shu tashkilot bo'limlari xo'jalik faoliyatidan olinadi va uning ko'rsatkichlarini umumlashtiradi hamda undan korxo- naning o'zida foydalaniladi. Tashqi hisobotlar esa asosan yuqori tashkilotlarga topshiriladi. Hisobotlar tayinlanishi bo'yicha kunlik, oylik, choraklik va yillik hisobotlarga bo'linadi.


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish