35-Mаvzu:Аuditоrlik dаlillаr tushunchаsi ulаrning tаyinlаnishi vа оldigа qo’ yilаdigаn tаlаblаr.
Reja:
Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo’ yiladigan talablar
Auditorlik dalillarning turlari.
Auditning xalqaro standartlari – AXS (International Standarts of Auditing – ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo’lim ajratilgan. Ushbu bo’lim 9 ta standartni o’z ichiga oladi:
№ 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence)
№ 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang’ich qoldiq-lar» (Initial Engagements Opening Balances)
№ 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures)
№ 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling)
№ 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymat-lar auditi (Audit of Accounting Estimates)
№ 550 – Bog’liq tomonlar (Related Parties)
№ 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events)
№ 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern)
№ 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations)
Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning etarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
Bizning mamlakatimizda esa shu vaqtgacha qabul qilingan auditorlik faoliyati milliy stanlartlaridan quyidagilarni shunday bo’lim sifatida umumlashtirish mumkin:
№10-AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»; №11-AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»; №13-AFMS «Tahli-liy amallar»; №14-AFMS «Auditorlik tanlash»; №16-AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»; №50-AFMS «Auditorlik dalillar».
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkich-lariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir.
Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida etarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim:
schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:
tahliliy amallar:
ichki nazorat vositalarini tekshirish;
Auditorlik dalillarni to’plash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko’rsatiladi.
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risi-da auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |