Toshkent moliya instituti



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana15.01.2020
Hajmi1,08 Mb.
#34065
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayev M Sh


7

Lug'aviy  ma’nosi  jihatidan  «moliya»  so'zi  inglizcha  «finance»  va  ruscha 



«финансы»  so'zlarining  ekvivalenti  yokima’lum  ma’noda  sinonimi

8

  hisoblanib, 

eng  avvalo,  «daromad»,«pul  mablag'lari»  yoki  «to'lov»  degan  ma’nolarda  ham 

ishlatiladi. 

 

Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo'lgan ehtiyojining 



rivojlanishi  bilan  doimiy  (uzluksiz)  tovar  –pul  munosabatlari  sharoitida  paydo 

bo'ldi.  Davlatning  mavjudligi  yaratilayotgan  iqtisodiy  (moddiy)  ne’matlarni 

taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  bo'yicha  oliy  hokimiyat  organi  (shaxsi)  sifatida 

davlat  va  takror  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  boshqa  ishtirokchilari 

(sub’ektlari)  o'rtasida  ma’lum  bir  munosabatlarning  o'rnatilishini  taqozo  etadi. 

Xususan, ana shu munosabatlar «moliya» tushunchasi orqali ifodalangan. 

 

Natural  munosabatlar  ustunlik  qilgan  jamiyatlarda  taqsimlash  va  qayta 



taqsimlash  jarayonlari  natural  soliqlar  va  turli  ko'rinishdagi  shaxsiy  to’lovlar 

ko’rinishiga ega bo 'lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va 

qayta  taqsimlash  munosabatlari  shakllarining  o'zgarishiga  olib  keldi  —  ular 

ko'proq  ravishda  pul  xarakteriga  ega  bo'ldi.  Biroq  bu  munosabatlarning  mazmun-

mohiyati  prinsipial  jihatdan  keskin  o'zgarmay  qolaverdi.  Zamonaviy  tasavvurdagi 

«moliya»  tushunchasi  davlat  xazinasining  shakllanishi  va  davlat  byudjetining 

vujudga kelishi bosqichida paydo bo'ldi. Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy 

munosabatlarning  mohiyati  haqidagi  tasavvurlar  vaqt  o'tishi  bilan  o'z  ko'rinishini 

o'zgartirib borgan

9

.   


 

Pul  daromadlari  va  fondlarining  eng  asosiy  moddiy  manbai  mamlakatning 

milliy  daromadi  (MD)  hisoblanadi.  Milliy  daromadning  hajmi  umumdavlat 

ehtiyojlarini  qondirish  va  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  imkoniyatlarini 

                                                           

7

O'zbek tilining izohli lug'ati: J.2. Ye - M II Tahrir hay'ati: T.Mirzaev  (rahbar) va boshq.; - T.: «O'zbekiston milliy 



ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 610-611-betlar. 

8

Bu  yerda  dunyo  xalqlarining  turli  tillarida  shaklan  turlicha  va  mazmunan  bir  xil  ma'noni  anglatuvchi  so'zlami 



nazarda tutilgan. 

9

Витте С.Ю. Конспект лекций о народном и  государственном хозяйстве. - М.: Финансы и статистика, 1997. 



С.4). 

13

 

 



aniqlab  beradi.  Aynan  milliy  daromad  va  uning  alohida  qismlarining  —  iste’mol 

fondi  va  jamg'arish  fondining  —  hajmini  hisobga  olgan  holda  iqtisodiyotning 

rivojlanish  nisbatlari va  tarkibiy  tuzilmasi  aniqlanadi. Shuning  uchun  ham  barcha 

mamlakatlarda  milliy  daromad  statistikasiga  katta  ahamiyat  beriladi.  Moliyaning 

ishtirokisiz  milliy  daromadni  taqsimlab  bo'lmaydi.  Moliya  milliy  daromadni 

yaratish  va  undan  foydalanishning  ajratib  bo'lmaydigan  bog'lovchi  bo'g'ini 

hisoblanadi.  Moliya  ishlab  chiqarish,  taqsimlash  va  iste’molga  ta’sir  etuvchi 

ob’ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini 

ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. 

 

Zamonaviy  iqtisodiyot  davlat  moliyasisiz  faoliyat  ko'rsata  olmaydi.  Tarixiy 



taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat 

davlat  tomonidan  moliyalashtirilishi  mumkin.  Atom  sanoati,  kosmik  tadqiqotlar, 

iqtisodiyotning  qator  yangi  ustuvor  tarmoqlari,  barcha  uchun  zarur  bo‘lgan 

korxonalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir.Moliya alohida 

olingan  mamlakatlarda  ishlab  chiqarish  kuchlari  taraqqiyotining  darajasini  va 

ularning 

xo'jalik 

hayotidagi 

makroiqtisodiy 

jarayonlarga  ta’sir  etish 

imkoniyatlarini ifodalaydi. 

 

Mamlakat  iqtisodiyotining  ahvoli  moliya  ahvolini  belgilab  beradi.  Doimiy 



ravishdagi  iqtisodiy  o'sish,  yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM)  va  milliy  daromad 

(MD)ning  oshib  borishi  sharoitida  moliya  o‘z  muntazamliligi  va  barqarorligini 

namoyon  etadi.  U  ishlab  chiqarishning  yanada  rivojlanishi  va  mamlakat 

fuqarolarining  turmush  darajasi  ortib  borishini  rag'batlantiradi.  Iqtisodiy  krizis 

(tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi,ishsizlikning ortishi sharoitida moliyaviy 

ahvol  keskin  yomonlashadi.  Bu esa, o‘z  navbatida, davlat ichki  va  tashqi qarzlari 

hisobidan  moliyalashtiriladigan byudjet  defitsitining  kattaligida,  pul  emissiyasida, 

davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo‘yicha xarajatlarning ko‘payishida 

namoyon  bo’ladi.  Bularning  barchasi  inflatsiya  kuchayishiga,  xo'jalik  aloqalari 

buzilishiga,  o'zaro  to'lovlarga  layoqatsizlikda,  pul  surrogatlarining  paydo 

bo'lishiga,  barterli  bitimlarning  ko'payishiga,  soliqlarni  undirish  borasida 

qiyinchiliklarning 

kelib 

chiqishiga, 



davlat 

xarajatlarining 

o'z 

vaqtida 


14

 

 



moliyalashtirilmasligiga,  aholi  keng  qatlamlari  turmush  darajasining  pasayishiga 

olib  keladi.  Shuning  uchun  ham  iqtisodiy  va  ijtimoiy  munosabatlarda  ishlab 

chiqarishdagi real sohalarning holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 

 

Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta'biri  bilan  aytganda:  “  Moliya  –  bu  



o'zbek tilida “хаzina” degani. Xazinaning о’zi nima? Davlatning xazinasi,uning 

daromad vа buromadini, bugungi va ertangi kunini belgilaydigan boylik”

10



 



Moliyaning  taqsimlash  funksiyasi  yordamida  davlat  faqatgina  milliy 

daromadni  qayta  taqsimlashga  emas,  balki  ishlab  chiqarishga,  kapitalning 

jamg'arilishiga, iste’mol sohasiga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Shu ma’noda, moliya 

iqtisodiyotning  davlat  va  xususiy  sektorlarini,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy 

infrastrukturani,  ilmiy-texnika  taraqqiyotini  va  hokazolarni  rivojlantirishda  hal 

qiluvchi rol o'ynaydi.  

 

Moliyani    nazorat  funksiyasining  asosini  moliyaviy  resurslarning  harakati 



tashkil  etadi.  Ana  shu  harakat  yo'nalishiga  bog'liq  holda  u  jamiyatning  pul 

mablag'larini  taqsimlashda  qanday  nisbatlar  vujudga  kelayotganligi,  xo'jalik 

yurituvchi sub’ektlar  ixtiyoriga  moliyaviy  resurslarning  o'z vaqtida  kelib tushishi 

qanday  ta’minlanayotganligi  xususida  ma’lumotga  ega  bo'lishi  lozim.  Agar 

moliyaning  nazorat  funksiyasi  amaliyotda  to'g'ri  yo'lga  qo'yilmasa,  moliya 

taqsimlash  funksiyasi  samaradorligini  baholash  qiyin  kechadi.  Bunday  holat 

yuqoridagi har ikkala funksiyaning  muvofiqlashtirilishi kerakligini ko'rsatadi. 

 

Bozor  munosabatlariga  o'tish  sharoitida  moliyaning  nazorat  funksiyasi 



ijtimoiy  va  xususiy  ishlab  chiqarishning  dinamik  rivojlanishini  ta’minlashga, 

ilmiy-texnika 

taraqqiyotini 

jadallashtirishga, 

milliy 

xo'jalikning 



barcha 

bo'g'inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yo'naltirilgan. U ishlab chiqarish va 

ishlab  chiqarishdan  tashqari  sohalarni  to'liq  o’ziga  qamrab  oladi.  Iqtisodiy 

rag'batlantirishni  yo'lga  qo'yish,  moddiy,  mehnat,  moliyaviy  resurslar  va  tabiiy 

boyliklardan  oqilona  va  tejamkorlik  bilanfoydalanish,  ishlab  chiqarishga  bog'liq 

xarajatlar va yo'qotishlarni qisqartirish, xo'jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish 

                                                           

10

Karimov  I.A.  Bank  tizimi,pul  muomalasi,kredit,investitsiya  va  moliyaviy  barqarorlik  to’g’risi-          da.-T.: 



“O’zbekiston”nashriyoti, 2005-yil, 516 bet.  

15

 

 



moliyaning  nazorat  funksiyasi  maqsadlaridan  hisoblanadi.  Moliyaning    nazorat 

funksiyasiga  xos  muhim  vazifalardan  biri  bu  moliyaviy  masalalar  bo'yicha 

qonunchilikning  aniq  bajarilishini,byudjet  tizimi,  soliq  xizmati,  banklar  oldidagi 

moliyaviy majburiyatlar, shuningdek, hisob-kitoblar va to'lovlar bo'yicha xo'jalik  

yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi majburiyatlarning  o'z vaqtida bajarilishi va to'g'ri 

olib borilayotganini tekshirish hisoblanadi. 

 

O’zbеkiston  uchun  davlat  mustaqilligini  qo’lga  kiritgan  dastlabki 



kunlardanoq  iqtisodiy mustaqillikka erishish, ayniqsa, iqtisodiy sohada o’zimizga 

xos  yo’lni,  ichki  va  tashqi  siyosat  yo’nalishlarini  ishlab  chiqish  hamda  amalga 

oshirish eng muhim vazifa sanaldi. Ushbu vazifaning to’g’ri bajarilishi natijasida, 

iqtisodiy  islohotlarni  ro’yobga  chiqarib  borish  bilan  birga,  O’zbеkistonning 

boshqaruv, moliya, krеdit tizimlari ham shakllana boshladi. 

 

O’zbеkiston  Rеspublikasi  Konstitutsiyasining  qabul  qilinishi  bilan 



mamlakatimiz  moliya  siyosatining  huquqiy  asoslari  bеlgilab  bеrildi,  moliyaviy 

tizim rivojining yo’nalishi ko’rsatib bеrildi. Moliya, byudjеt va pul-krеdit sohasida 

amalga  oshirib  kеlinayotgan  izchil  va  oqilona  siyosat  tufayli  mamlakatimizda 

mukammal moliya-krеdit tizimi yaratildi.  

 

Ma'lumki,  har  qanday  davlatning  moliyaviy  faoliyati,  eng  avvalo,  davlat 



byudjеtini  shakllantirish,  uning  ijro  etilishini  ta'minlash,  soliq  siyosatini  amalga 

oshirish,  bank-krеdit  tizimlarini  samarali  ishlatish,  pul  muomalasi  barqarorligiga 

erishish  kabi  sohalarni  qamrab  oladi.  Chexiya  Respublikasidagi  davlat  moliya 

tizimi sezilarli darajada markazlashgan. Tizim davlat byudjeti (markaziy hokimiyat 

organlari) va mahalliy hokimiyat va byudjetlarning byudjetlaridan, ijtimoiy himoya 

fondlaridan  va  byudjetdan  tashqari  fondlardan  iborat.  Barcha  operatsiyalar 

markaziy  hukumat  byudjeti  hisobidan  amalga  oshiriladi  va  davlat  resurslarining 

aksariyati markaziy hukumat organlari orqali qayta taqsimlanadi.

11

 

 



Rеspublikamizda  ham  mustaqillikka  erishilgandan  kеyin,  ushbu 

yo’nalishlarda    tub  islohotlar  amalga  oshirildi.  Eng  avvalo,  bu  sohada 

                                                           

11

  https://www.scopus.com    Agnieszka  Jachowicz.  Public  finance  consolidation  in  Czech  Republic  and  Poland  – 



what after crisis?. Procedia – Social and Behavioral Sciences. Vol. 220,  May 2016, Pages 142-149.  

16

 

 



O’zbеkistonning  o’z  milliy  qonunchiligi  yaratilganligi,  o’z  milliy  pul  birligimiz 

so’mning  muomalaga  kiritilganligi,  soliq  qonunlarining  takomillashtirilganligi  va 

soliq organlari tizimi yaratilganligi, bank faoliyati va bank hamda moliya tizimida 

tub o’zgarishlar sodir bo’lganligini qayd etmoq kеrak. 

 

Iqtisodiyot  bozor  munosabatlariga  o’tishi  bilan  byudjеtning  daromad 



tushumlarini  soliqlar  va  soliqqa  kirmaydigan  to’lovlar  yordamida    qoplashga 

ehtiyoj  tug’ildi,  davlatning  korxonalar,  tashkilotlar,  aholi  bilan  byudjеtni 

shakllantirish paytidagi o’zaro munosabatlari iqtisodiy qonunlar asosida izga solina 

boshladi.  O’zbеkiston  Rеspublikasining  «Soliq  kodеksi»ning,    «Byudjеt 

kodeksi»ning,  «Markaziy Bank to’g’risida»gi,  «Soliqlar to’g’risida»gi,  «Sug’urta 

to’g’risida»gi,  «Valyutani  tartibga  solish  to’g’risida»gi,    «Qimmatli  qog’ozlar  va 

fond  birjalari  to’g’risida»gi,  «Chеt  el  invеstitsiyasi  va  invеstorlar  huquqlarini 

himoya qilish to’g’risida»gi,  «Aholini ish bilan ta'minlash to’g’risida»gi,  «Davlat 

byudjеtining g’azna ijrosi  to’g’risida»gi qonunlari va boshqa qonunlarning qabul 

qilinishi  moliyaviy  munosabatlarni  tartibga  solishda,  moliyaviy  tizimning 

mustahkamlanishida hamda uning samarali ishlashida muhim ahamiyatga egadir. 

 

Yuqoridagi  bауоn  qilinganlarni  umumlashtirib,  quyidagi  xulosalarni 



shakllantirishimizmumkin: 

 

1.1-rasm.Moliya haqidagi ba’zi bir  xulosalar



12

 

                                                           

12

Iqtisodiy ma’lumotlar asosida talaba tomonidan mustaqil tayyorlandi. 



17

 

 



   

Iqtisodiyot  bozor  munosabatlariga  o’tishi  bilan  byudjеtning  daromad 

tushumlarini  soliqlar  va  soliqqa  kirmaydigan  to’lovlar  yordamida    qoplashga 

ehtiyoj  tug’ildi,  davlatning  korxonalar,  tashkilotlar,  aholi  bilan  byudjеtni 

shakllantirish paytidagi o’zaro munosabatlari iqtisodiy qonunlar asosida izga solina 

boshladi. 

 

1.2.  Davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-iqtisodiy 

mohiyati 

 

Zamonaviy iqtisodiy dunyo aralash iqtisodiyot dunyosidir. Bu qoida o‘ziga xos 

o‘zgarmas haqiqat hisoblanadi va uni inkor etish mumkin emas. Dunyoning hech 

bir  rivojlangan  mamlakatida  jamiyat  ustidan  bozorning  “mutlaq  hukmron”  bo‘la 

olmaydi.  Shunga  qaramasdan,  barcha  bozor  qonunlarining  harakati  obyektiv 

bo‘lib,  ularni  bekor  qilib  bo‘lmaydi.  Xuddi  shuningdek,  bozor  institutlari 

nomenklaturasining  kengayishi,  ular  o‘rtasidagi  aloqalarning  murakkablashuvi, 

yangi  tizimlarning  (evolyutsiya  yoki  taraqqiyot  qonunlariga  muvofiq  ravishda) 

shakllanishini ham rad etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning 

ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur: 

 hayotiy  faoliyatning  umumiy  sharoitlari  va  iqtisodiy  qarorlarning  amalga 



oshirilish  asoslarini,  jamiyatning  xavfsizligini,  mulkka  egalik  qilish  huquqi  va 

shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejim o‘rnatish va 

uni  himoya  qilish,  samarali  raqobatni  qo‘llab-quvvatlash  va  rivojlantirish  davlat 

uchun har doim zarur

 

barqarorlashtiruvchi  tadbirlarni  amalga  oshirish  (davlat  iqtisodiy  o‘sishning 



sur’atlarini,  inflatsiya  va  bandlik  darajasini  tartibga  solib  turishi,  iqtisodiyotning 

tarmoq  va  mintaqaviy  tuzilmasidagi  ilg‘or  o‘zgarishlarni  rag‘batlantirishi,  tashqi 

iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo‘llab-quvvatlashi lozim); 

 



resurslarning  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  qayta  taqsimlanishini  amalga  oshirish 

(davlat  jamiyat  uchun  zarur  bo‘lgan,  lekin  xususiy  sektor  shug‘ullanmaydigan 

ishlab  chiqarish  tizimini  yo‘lga  qo‘yish,  ish  haqi,  pensiyalar,  nafaqalarning 


18

 

 



minimal  darajasini  kafolatlashi,  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  fuqarolarga  yordam 

berishi, qat’iylashtirilgan daromadlarning indeksatsiyasini amalga oshirishi zarur). 

Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka mamlakat milliy boyligining katta 

qismiga  ega  bo‘ladi.  Bu  mulk,  asosan,  moddiy-  buyumlar  shaklida  (tabiiy 

boyliklar,  binolar,  inshootlar,  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatish  korxonalari, 

muzeylar,  qo‘riqxonalar,  davolash  manbalari,  kutubxonalar,  oltin  zaxiralari  va 

h.k.)  mavjud  bo‘lib,  o‘zining  moljallanganligiga  ko‘ra  ular  davlat  boshqaruvi  va 

iqtisodiy  tartibga  solishda  joriy  ehtiyojlarni  to‘lash  uchun  ishlatilmasligi  kerak. 

Ma’lumki,  hozirgi  va  kelajak  avlodga  mo‘ljallangan  milliy  boyliklar  behuda 

ishlatilmaydi,  aksincha,  ko‘paytirib  boriladi.  Shuning  uchun  ham  davlatning 

haqiqiy boyligi uning  markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat moliyasining 

moddiy  asosidan  iborat  ekanligi  ma’lum  bo‘ladi.  Barcha  zamonaviy  iqtisodiy 

makon  uchun  turli-tuman  pul  oqimlarining  harakati  va  ularning  bir-birlari  bilan 

qo‘shilib ketishi, o‘z o‘lchamini bo‘yicha turlicha bo‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, 

jamoa,  kredit,  rezerv,  valyuta,  sug‘urta,  byudjet,  markaziy,  mintaqaviy,  homiylik 

va  boshqalar)  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  xosdir.  Ularning  barchasi 

yagona  real  manba  mamlakat  ichida  va  xorijda  shu  yilning  o‘zida  yaratilgan 

qo‘shilgan qiymat hisobidan oziqlanadi. Bu fondlarni qayta taqsimlashning tartibi 

va tarkibiy tuzilmasini, ya’ni davlat uning qancha qismini o‘ziga olishi va undan 

qanday  foydalanishi,  milliy  xo‘jalik  takror  ishlab  chiqarishining  proporsiyalari, 

ijtimoiy  sohani  ta’minlash,  zaruriy  rezervlarni  yaratish,  milliy  xavfsizlikni 

ta’minlash imkoniyatlari va boshqalarni belgilab beradi. Hozirgi paytda dunyoning 

sanoati  taraqqiy  etgan  mamlakatlarida  markazlashtirilgan  pul  fondlarining  jami 

hajmi  YaIMning  o‘rtacha  30  foizdan  50  foizgacha  tashkil  etadi.  Shunday  qilib, 

qolgan  barcha  pul  oqimlari  harakatini  tartibga  solishning  ichki  imkoniyati  va 

boshqa  har  qanday  pul  fondlarini  shakllantirish  sharoitlariga  ta’sir  ko‘rsatish 

zamonaviy  davlat  moliyasi  miqdoriy  xarakteristikasiga  borib  taqaladi.  Biroq, 

rivojlanayotgan  dunyo, shuningdek o‘tish iqtisodiyotiga  ega bo‘lgan  mamlakatlar 

moliyasi  uchun  bu  sifatlar,  ularning  bunday  ko‘lami  xos  emas,  albatta.  Bu 

mamlakatlarda tegishli raqamlar YaIMga nisbatan 11—17% atrofida tebranadi va 



19

 

 



aynan shu raqamlarning o‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralashuvning yetarli 

darajada faol emasligidan dalolat beradi

13



Bu  jarayonlarning  yanada  rivojlanish  tendensiyalari  to‘g‘risida  gapirilganda, 



qayd  etish  kerakki,  bu  o‘rinda  davlatning  tartibga  solish  roli  uzluksiz  yuqoriga 

o‘sib  boruvchi  to‘g‘ri  chiziq  sifatida  qaralmaydi.  Chunki  rivojlangan  xorij 

mamlakatlarida  xususiy  subyektlar  daromadlarini  davlat  daromadlariga  “oqib 

o‘tishi”ning o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy chegarasiga erishilgan. Shunga muvofiq 

ravishda,  G‘arbning  nazariy  bilimlari  tegishli  hukumatlarni  davlat  ta’sirini 

qisqartirish  yo‘lidan  borishlari  uchun  faol  va  muvaffaqiyatli  tarzda  harakat 

qilmoqda. 

Aksincha,  dunyoning  rivojlanayotgan  mamlakatlari  va  bozor  iqtisodiyotiga 

o‘tayotgan 

mamlakatlarning 

kelajak 

manzarasi 

boshqacharoqdir. 

Bu 


mamlakatlarda 

bozor 


tuzilmalari 

va 


institutlarining 

rivojlanishi 

va 

mustahkamlanishi  bilan  yondosh  ravishda  davlatning  moliyaviy  tartibga  solishi 



ham  kuchayib  borishi  kerak.  Ularning  tegishli  iqtisodiy  chegaraga  yetishiga  hali 

ancha  bor.  Turli  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarda  moliyaning  ahamiyatini  to‘liq 

idrok etish uchun davlat xarajatlari va davlat daromadlarining o‘rni va vazifasini 

atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim. 

Dastlab,  davlat  moliyasining  tub  ijtimoiy  mohiyatini  anglash  uchun  davlat 

xarajatlari  tavsifiga  murojaat  qilish  kerak.  Chunki  aynan  davlat  xarajatlari  davlat 

moliyasining  ijtimoiy  vazifasi nimadan iborat  ekanligini  aniq ko‘rsatadi.  Shunga 

mos  ravishda,  aynan  davlat  xarajatlarining  tarkibi,  tarkibiy  tuzilmasi  va  hajmi 

moliya  tizimi  faoliyatining  natijalarini  o‘zida  aks  ettiradi  va  bu  tizim  ijtimoiy 

takror  ishlab  chiqarish  jarayonida  o‘z  funksiyalarini  bajarayaptimi  yoki  yo‘qmi, 

degan  muammoni  aniqlashga  imkon  beradi.  Takror  ishlab  chiqarish  jarayonida 

davlat  moliyasining  rolini  aniqlab  olish  uchun  ularni  bir  necha  belgilar  bo‘yicha 

klassifikatsiya  qilish  mumkin.  Agar  davlat  xarajatlariga  tovarlar  yoki  mehnatda 

ifodalangan  xizmatlar  qarama-qarshi  turadigan  bo‘lsa,  u  holda  davlat  pul 

mablag‘lari 

oqimlarining 

boshqa 

ne’matlarga 



o‘ziga 

xos 


tarzda 

                                                           

13 Хассен Э. Послевоенная экономика США. — М.: Прогресс, 1966. сс.84,  


20

 

 



transformatsiyalashuvi  sodir  bo‘ladi.  Shu  munosabat  bilan  bunday  xarajatlami 

transformatsion  xarajatlarga  kiritish  mumkin.  Ularning  orasidan  quyidagilarni 

ajratib ko‘rsatish lozim: 

 



davlat  iste’moli  (davlat  sektori  ishchilarining  ish  haqi,  joriy  ehtiyojlarni 

qoplash  uchun  davlat  tomonidan  sotib  olingan  tovarlar  uchun  to‘lovlar,  ishlab 

chiqarishni  dotatsiyalashtirish;  davlat  qarziga  xizmat  ko‘rsatish,  byudjetlararo 

subsidiyalar  va  shu  yerda  ko‘rsatilgan  maqsadlar  uchun  foydalaniladigan 

ssudalar); 

 davlat  investitsiyalari  (davlat  korxonalari  hamda  tashkilotlarining  asosiy 



kapitali va aylanma fondlarining o‘sgan qismiga qo‘yilmalar, davlat zaxiralari va 

rezervlari,  shuningdek  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  davlat  byudjeti  kreditlarini 

yaratish). 

Shunday  qilib,  iqtisodiy  resurslar  cheklangan  sharoitda  transformatsion 

xarajatlar  davlatdan  tashqari  sektorda  tovarlar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish 

hajmini bevosita o‘zgartiradiki, bulardan jamiyat vaziyatga qarab foydalanadi va 

bir  vaqtning  o‘zida  barcha  ehtiyojlarning  tarkibiy  tuzilmasiga  o‘z  ta’sirini 

ko‘rsatadi. 

Agar  davlat  xarajatlari  turli  xildagi  pensiyalarni  (yosh  bo‘yicha,  nogironlik, 

boquvchisini  yo‘qotganda,  alohida  xizmatlari  uchun)  va  nafaqalarni  (bolalarga, 

vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini  yo‘qotganda,  ishsizlik  bo‘yicha)  to‘lashga 

yo‘naltirilsa,  mablag‘  berishning o‘ziga xos transfert  shakli sodir bo‘ladi.  Bunda 

mablag‘lar  soliq  to‘lovchilardan  shu  to‘lanmalarni  oluvchilarga  beriladi.  Bunday 

holda  yangi  qiymat  yaratilmaydi.  Bunday  xarajatlar  transfert  xarajatlar  deyiladi. 

Bu  xarajatlar  jamiyat  daromadlari  a’zolar  o‘rtasida  taqsimlanishini  o‘zgartiradi. 

Davlat  xarajatlari  yana  joriy  (davlat  iste’moli  va  transfertlar)  hamda  kapital 

xarajatlarga  (davlat  investitsiyalari)  bo‘linadi.  Bunday  bo‘linish  takror  ishlab 

chiqarish  ko‘lamlari  o‘sishiga  moliyaning  ta’sirini  baholash  uchun  muhimdir. 

Shuningdek,  davlat  xarajatlarini  insonlarga  (shaxsiy  daromadlar)  va  kapitalga 

(joriy  quyilmalar  va  investitsiyalar)  xizmat  qilish  me’zoni  bo‘yicha  ham 

klassifikatsiya  qilinishi  mumkin.  Bu  narsa  ijtimoiy  mahsulot  ishlab  chiqarish  va 


21

 

 



uni  iste’mol  qilishda  mazkur  ulushlarni  alohida-alohida  hisobga  olishga  imkon 

beradi. 


Davlat  xarajatlarini  guruhlarga  ajratishda  funksional  prinsip  mamlakat 

taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o‘zaro 

munosabatlariga 

doir 


faoliyatini 

(ijtimoiy, 

iqtisodiy, 

tadqiqotchilik, 

boshqaruvchilik, tashqi  siyosiy  va  boshqalar)  namoyish  qilishi  mumkin.  Ana  shu 

narsalarning o‘zi ma’lum tizimga xos ustuvor yo‘nalishlarni aks ettiradi va davlat 

siyosati  ta’sirchanligini  baholashga  imkon  beradi.  Masalan,  davlatning  ijtimoiy 

funksiyalarni  bajarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xarajatlari  aholi  kam  ta’minlangan 

qatlamlarining  tabaqalashtirish,  tibbiy  xizmat,  uy-joy,  kafolatlangan  minimal 

pensiya  va  nafaqalar  olishga  tegishli  sharoitlami  yaratadi,  ijtimoiy  munosabatlar 

barqaror  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Bulaming  barchasi  talabning  hajmi  va  tarkibiy 

tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu narsa quyidagi ko‘rinishlarda namoyon 

bo‘ladi:

14

 



-  ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar iste’moli qismiga 

nisbatan barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi; 

-  ijtimoiy-madaniy  soha  tashkilotlarini  joriy  saqlash  uchun  tovarlar  va 

xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda ko‘p bo‘g‘inlarida talab 

va taklif o‘rtasidagi muvozanatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; 

-  maorif,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat  va  ijtimoiy  ta’minot  obyektlarining 

kengaytirilishi,  uy-joy  qurilishiga  davlat  dotatsiyalari  bilan  birgalikda,  faqat 

qurilish  materiallariga  emas,  balki  qurilish  industriyasi  bilan  bog‘liq  sanoatning 

boshqa  alohida  tarmoqlari  uchun  ham  chuqur  bozorni  yaratadi,  uzoq  muddatli 

foydalanishga mo‘ljallangan narsalar uchun talabni oshiradi. 

Davlat  moliyasining  ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyati  iqtisodiyotni  davlat 

tomonidan  tartibga  solish,  davlat  xarajatlarini  amalga  oshirish,  davlat  maqsadli 

tushumlarini  to‘plash,  davlat  moliyaviy  resurslarini  jamlash,  foydalanish, 

taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  jarayonlari  orqali  to‘liqroq  ifodalanadi.  Unga 

boshqacha  ta’rif  berish  ham  mumkin:  davlat  va  korxonalarning  pul  fondlarini 

                                                           

14

 Vahobov A, Malikov T. “Moliya” T.: Noshir 2011 yil. 107-bet. 



22

 

 



shakllantirish,  taqsimlash  va  foydalanish  borasidagi  shakl  va  metodlar  tizimiga 

moliya  tizimi  deyiladi.  “Moliya  tizimi”  tushunchasi  keng  ma’nodagi  moliya 

tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. 

 


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish