Davlat va korporativ xaridlar tizimining rivojlanishining uchinchi bocqichi 2016 yildan keyingi davrni qamrab oladi. Bu davrda davlat va korporativ xaridlari mexanizmini yanada takomillashtirish, xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uchun ularni takomillashtirish choralari ko‘rildi. 2016 yil 27 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi» aksiyadorlik jamiyatining maxsus axborot portali hamda davlat va korporativ xaridlarni amalga oshirish jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 242-conli Qarori qabul qilindi. 1.
korporativ xaridlar bo‘yicha shartnomalarning ularni amalga oshirish to‘g‘risidagi e’lonni «O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi» aksiyadorlik jamiyatining maxsus axborot portalida oldindan joylashtirmasdan tuzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilandi
2.
korporativ xaridlar bo‘yicha shartnomalarni nohalol yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yetkazib beruvchilar bilan tuzish taqiqlandi;
3.
2017-2018 yillar davrida shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring va nazoratni tashkil qilgan holda, shuningdek xaridlar qatnashchilariga masofaviy boshqaruv bo‘yicha ularning hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablag‘lari bilan xizmatlar ko‘rsatgan holda davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha shartnomalar doirasida to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni va mahsulot yetkazib berishni hisob-kitob-kliring palatasi orqali tashkil etish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etildi;
4.
Buyurtmachilar korporativ xaridlarning reja-jadvalini; korporativ xaridlarni amalga oshirish haqidagi e’lonni; portaldan tashqarida amalga oshirilgan davlat va korporativ xaridlar yakunlari haqidagi axborotni majburiy tartibda portalda joylashtirishlari shart etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra: Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada suiste’molchilik holatlarining oldini olish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2017 yil 23 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3237-sonli Qarori qabul qilindi.