Toshkent moliya instituti “tasdiqlayman”


 Tadbirkorlar tomonidan sug’urta badallari to’lanishining shaxsiy



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/294
Sana16.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#373768
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   294
Bog'liq
ijtimoiy sugurta

2. Tadbirkorlar tomonidan sug’urta badallari to’lanishining shaxsiy      
hisobini olib borlishi. 
Sug’urta  badallari  to’lanishining  hisobi  umumiy  belgilangan  tartibda 
tadbirkorning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi. 
 
Sug’urta badallari tadbirkorlar o’z faoliyatini amalga oshirayotgan joyda 
to’langan taqdirda soliq organlari har chorakda tadbirkorning yashash joyidagi 
soliq organiga ma’lumotlar taqdim etadi. 
 
Soliq  organlari  tomonidan  yilning  har  choragida  tadbirkordan  tushgan 
sug’urta  badallari  yakuni  chiqariladi  va  to’lanmagan  yoki  muddati  o’tkazib 
yuborilgan  to’lovlar  aniqlangan  taqdirda,  tadbirkorlarda  ularning    qarzi 
miqdori  haqida,  ushbu  qarz  hosil  bo’lgan  davr,  shuningdek  to’lov  muddati 
o’tkazib  yuborilganligi  uchun  qo’shilgan  penya  miqdori  ko’rsatilgan  holda 
bildirishnoma yuboriladi. 
 
Joylarda  soliq  organlari  tadbirkorlardan  sug’urta  badallari  tushishi 
ustidan  doimiy  nazorat  olib  boradilar  va  har  chorakda  hisobot  choragidan 
keyingi  oyning  20-kunigacha  tadbirkorning  yashash  joyidagi  tuman  (shahar) 
ijtimoiy ta’minot bo’limlariga: 
 
1-ilovaga  muvofiq  shakl  bo’yicha  hisobot  choragida  hisobga  qo’yilgan 
(hisobdan chiqarilgan) tadbirkorlar to’g’risidagi axborotni; 


 
212 
 
2-ilovaga  muvofiq  shakl  bo’yicha  ular  tomonidan  Byudjetdan  tashqari 
pensiya jamg’armasiga to’langan badallar miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni 
taqdim etadi. 
 
Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlari: 
 
-  tadbirkorning  hisobga  qo’yilganligi  (hisobdan  chiqarilganligi) 
to’g’risida  davlat  soliq  xizmati  organlarining  axborot  asosida  3-ilovaga 
muvofiq  shakl  bo’yicha  sug’urta  badallari  to’lanishini  hisobga  olishning 
shaxsiy  kartochkasi  (keyingi  o’rinlarda  «hisobga  olishning  shaxsiy 
kartochkasi»  deb  yuritiladi)  ochadilar  (yopadilar),  ushbu  hisobga  olish 
kartochasi doimiy ravishda ijtimoiy ta’minot bo’limida saqlanadi; 
 
-  davlat  soliq  xizmati  organlarining  sug’urta  badallari  to’langanligi 
to’g’risidagi  ma’lumotlari  asosida  hisobga  olish  kartochkasiga  badallar 
summasi  (sug’urta badallari o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun qo’shiladigan 
penya  hisobga  olmagan  holda)  va  ular  to’langan  davrlar  to’g’risidagi 
yozuvlarni qayd etadi. 
 
Tuman  (shahar)  ijtimoiy  ta’minot  bo’limlari,  shuningdek  davlat  soliq 
xizmati organlarining axboroti va ma’lumotlari asosida mazkur tartibning 20-
22-bandlariga muvofiq tadbirkorning mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarni 
qayd etadi. 
 
Tadbirkorda  saqlanadigan  4-ilovaga  muvofiq  sug’urta  badallari 
to’lanishini  hisobga  olish  daftarchasi  sug’urta  badallari  to’langanligini 
tasdiqlovchi  asosiy  hujjat  hisoblanadi.  Hisobga  olish  daftarchasi  ijtimoiy 
ta’minot  bo’limi  tomonidan  ushub  faoliyatga  birinchi  marta  kirishgan 
tadbirkorga ochiladi. 
 
Tadbirkorning hohishiga ko’ra tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limi 
tadbirkor  tomonidan  Byudjetdan  tashqari  pensiya  jamg’armasiga  to’langan 
to’lov  hujjatlari  bilan  tasdiqlangan  badallarni    hisobga  olish  kartochkasi  va 
hisobga  olish  daftariga  kiritiladi  hamda  tadbirkorning  va  ijtimoiy  ta’minot 
bo’limi  ma’sul  xodimining  imzosi,  shuningdek  bo’lim  muhri  bilan 
tasdiqlanadi. 
 
Sug’urta  badallari  to’langanligi  to’g’risidagi  to’lov  hujjatlari  tadbirkor 
tomonidan  to’lanadigan  badallar  hisobiga  olish  kartochkasi  va  hisobga  olish 
daftaridagi yozuvlar bilan solishtirilgunga qadar tadbirkorda saqlanadi. 
 
Tadbirkorlik  faoliyati  to’xtatilganda  yoki  ro’yxatdan  o’tkazish  joyi 
o’zgargan  taqdirda  ijtimoiy  ta’minot  bo’limi  hisobga  olish  kartochkasi  va 
hisobga  olish  daftariga  hisobdan  chiqarganlik  to’g’risida  tegishli  belgilar 
qo’yadi. 
 Tadbirkor mehnat daftarchasining: 
 
a) «Sana» ustunida Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga sug’urta 
badallari to’lash boshlangan, to’xtatib qo’yilgan va tiklangan sana, shuningdek, 
tadbirkorlik faoliyati to’xtatilgan sana to’g’risidagi yozuv yoziladi. 
 
Tadbirkor  tomonidan  byudjetdan  tashqari  pensiya  jamg’armasiga  badal 
belgilangan muddatdan keyin bir oy mobaynida to’lanmagan taqdirda, mehnat 
daftarchasiga  «Sug’urta  badallari  to’lashni  to’xtatib  qo’ydi»  degan  yozuv 
yoziladi. Agar tadbirkor mazkur yozuv yozilgandan keyin byudjetdan tashqari 


 
213 
pensiya jamg’armasiga badal to’lashni tiklasa, mehnat daftarchasiga «Sug’urta 
badallari to’lashni tikladi» deb yoziladi. 
 
Tadbirkorlik  faoliyati  to’xtatilgan  taqdirda  mehnat  daftarchasiga 
«Yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyatini to’xtatdi» deb yoziladi. 
 
Tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanishni  to’xtatgan  yoki  ro’yxatdan 
o’tkazish  joyini  o’zgartirgan  shaxsning  talabi  bo’yicha  ijtimoiy  ta’minot 
bo’limi mehnat daftarchasini uning qo’liga beradi. 
 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish