Sug’urta summasi
- sug’urta manfaati va sug’urta tavakkalchilikiga
mos keluvchi pul mablag’i. Xalqaro amaliyotda sug’urta summasi sug’urta
qoplamasi deyiladi. Sug’urta summasiga nisbatan sug’urta mukofoti aniqlanadi
va sug’urta qoplamasi to’lanadi. Sug’urta summasi iborasi, ko’proq, shaxsiy
sug’urtada - fuqarolarning hayoti, sog’lig’ini sug’urtalashda ishlatiladi.
Sug’urta maydoni
- sug’urtaga tortilishi zarur bo’lgan ob’ektlarning
eng katta soni. Ayrim ekspertlar xulosasiga ko’ra, O’zbekistonda sug’urta
maydoni hali to’la o’zlashtirilmagan. Faqat mol-mulklarning 20-30 foizigina
sug’urtaga tortilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |