Obligatorli qayta sug’urtalash
- 1) qayta sug’urtalashning majburiy
shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko’ra, ushbu mamlakat xududida
faoliyat ko’rsatayotgan barcha sug’urta kompaniyalari qabul qilgan
tavakkalchiliklarini bir qismini majburiy ravishda qayta sug’urtalash
kompaniyasiga beradi. Bu chora kayta sug’urtalash orqali chet elga valyutani
chiqib ketishini oldini oladi; 2) sug’urta kompaniyasi (tsedent) ma’lum bir
sug’urta turi bo’yicha tavakkalchilikni qayta sug’urtalovchiga berishini va o’z
navbatida, qayta sug’urtalovchi, tavakkalchilikni qabul qilishni nazarda
tutuvchi qayta sug’urtalash shartnomasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |