Kvotali qayta sug’urtalash
- sug’urta kompaniyasi qayta
sug’urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga tavakkalchiliklarni bir
qismini beradi. Bu operatsiya kvota shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Qayta sug’urtalovchi kompaniyaga sug’urta mukofotini tegishli qismi beriladi
va qayta sug’urtalovchi kompaniya proportsional ravishda ko’rilgan zararni
qoplashda ishtirok etadi.
Kovernota
- sug’urta vositachisi tomonidan sug’urtalanuvchiga
beriladigan va sug’urtalanuvchining sug’urta shartnomasi tuzishini
tasdiqlovchi xujjat. Ushbu xujjatda ko’rsatilgan muddat mobaynida sug’urta
brokeri sug’urtalanuvchiga sug’urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota
sug’urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega bo’lgan xujjat hisoblanmaydi.
144
Do'stlaringiz bilan baham: |