Kasbiy javobgarlik
- chet el tajribasida vrachlarning, advokatlarning,
auditorlarning, notariuslarning, buxgalter, arxitektor va boshqa kasb
egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish kasbiy javobgarligini sug’urtalash
shartnomasini tasdiqlaydigan sug’urta polisining atalishi. Ushbu kasb egalari
xususiy amaliyot bilan shug’ullanganlarida, ularda sug’urta polisining bo’lishi
majburiydir.
Kvota
- 1) bir necha sug’urta kompaniyasi tomonidan birgalikda tegishli
ob’ekt sug’urtalanayotganda, bitta sug’urta kompaniyasiga to’g’ri keladigan
hissa. Bunday xolatda har bir sug’urta kompaniyasiga tegishli kvota yagona
sug’urta polisida o’z aksini topadi; 2) qayta sug’urtalash kompaniyasini qayta
sug’urtalashda qatnashish hissasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |