Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/278
Sana26.08.2021
Hajmi5,15 Mb.
#156492
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   278
Bog'liq
akademik yozuv va notiqlik

Tashkil etish Muhokama ikki xil yo‘lda tashkil etilishi mumkin.  
Birinchisi – vertikal usul, bunda afzalliklar va kamchiliklar alohida ko‘rib 
chiqiladi. 
                                                           
7
 Stephen Bailey. Academic Writing. A Handbook for international student`s. London, 2015, 14: 68-71; 86-90; 
126-128; 208-210; 217-223-betlar. 
 


95 
 
Ushbu birikmalar 
kam uchraydigan 
fikrlar uchun 
qo‘llaniladi: 
Bahs kelib chiqishi 
mumkin, uyda ishlash 
vaqtni tejaydi. 
Bir fikr shuki, uyda 
ishlovchilar o‘zlarini 
yolg‘iz his qilishadi. 
 
Ikkinchisi – gorizontal, bu usulda esa mavzu turli nuqtai nazardan yoritiladi. 
Vertikal  Salbiy  tomoni:      Qamoqxonalar  qimmat,  ularni  “jinoyat 
universitetlari”  deb  atash  mumkin,  ko‘p  mahbuslar  qamoqxonani  tark  etgandan 
so‘ng  ham  yana  jinoyatga  qo‘l  urishadi,  aksar  mahbuslar  tuzatib  bo‘lmaydigan 
ma’naviy kasallikka chalinishadi.  
Foydali  tomoni:  Qamoqxonalar  xavfli  jinoyatchilarni  jamiyatdan  butunlay 
ayirib qo‘yishadi, jinoiy harakatlarni oldini oladi, jinoyatni ja zosiz qoldirmaydi. 
Muhokama:  Mamlakatlarda  jinoyatchilar  soni  oshib  bormoqda,  ammo 
qamoqxonalar  doimo  jamiyatda  ularga  qarshi  kurashuvchi  kuch  bo‘lib  xizmat 
qiladi. 
 Gorizontal    Iqtisodiy:
 
Jinoyatchilarini  saqlash  xarajatlarini        ta’minlaydi. 
Boshqacha jazo turlari bilan taqqoslang. 
Axloqiy:
 
Qamoqlar  jinoyatchilarni  o‘zgartirib  yuboradimi?  Mahbuslarning 
qanday  huquqlari  bo‘lishi  kerak  deb  o‘ylaysiz?  Nohaq  qamashga  nima  sabab 
bo‘ladi? 
Ijtimoiy:
 
Qamalishning  mahbus  oilasiga  ta’siri,  ayniqsa  u  farzandli  ayol 
bo‘lsa. Qolaversa, begunoh qurbonlarning erta o‘limi-chi? 
Muhokama:
 
Mamlakatlarda  jinoyatchilar  soni  oshib  bormoqda,  ammo 
qamoqxonalar  doimo  jamiyatda  ularga  qarshi  kurashuvchi  kuch  bo‘lib  xizmat 
qiladi. 
Qaysi shakl afzalroq ekan, sizningcha Quyidagi (vertikalmi, gorizontalmi)? 
mavzuda esse yozishingiz talab etiladi: 
Jadvalga  fikrlaringizni  yozib  qo‘ying  (ijobiy  va 
salbiy xususiyatlarini ajratgan holda). So‘ng esa vertikal 
yoki gorizontal strukturalardan birini belgilab oling.  
Masalan,  quyidagi  esse  mavzusi  ko‘rsatilganidek 
ikki 
xil 
uslubda 
muhokama 
qilinishi 
mumkin: 
qamoqxonalarning 
jinoyatchilardan 
foydala-nishi 
cheklanishi kerak.Muhokama qilinadi. 


96 
 
Muhokama tili 
Mavzuni  yoritayotganingizda  menimcha,  mening  fikrimcha,  o‘ylaymanki 
kabi  subyektiv  iboralardan  foydalanmang,  uning  o‘rniga  obyektiv  birikmalardan 
foydalaning. 
 
Umuman olganda,  uyda ishlash yo‘lga ketadigan vaqtni tejaydi.  
 
Ko‘pchilik  biladiki,  e-mail  va  Internet 
xizmati ofis ishlarini ham bajaradi. 
 
Ko‘pchilikda  hamkasblar  bilan  yuzma-yuz 
muloqotga zarurat tug‘iladi. 
 
Bo‘lishi mumkin, ko‘proq korxonalar uyda 
turib ishlashni qo‘llab-quvvatlashadi. 
 
Vaziyat  shuni  taqozo  etadiki,  muayyan 
kishilar o‘zlari mustaqil ish olib borishni yoqlashadi. 
Agar  fikrlaringizni  faktlar  bilan  to‘ldirmoqchi 
bo‘lsangiz, quyidagidek birikmalardan foydalaning: 
Emersonning 
fikricha 
(2003), 
rivojlangan 
prinsiplar-ga  ega  kompaniyalar  kamchi-likni  tashkil 
etadi. Poledna (2007) ta’kidlaydiki, aksariyat xodimlar 
qulay 
ish 
jarayonida 
mehnat 
unumdor-ligiga 
erishadilar.  
Qarshi fikrlar 
Qarshi fikrlar qarashlarga teskari bo‘lishi mumkin. Mavzuni ilmiy muhokama 
qilayotganda  masalaning  ikkala  tomoni  haqida  ham  qarashlarni  bildirib,  o‘z 
fikrlaringizni dalillar bilan qo‘llab-quvvatlashingiz lozim. Odatda, o‘z g‘oyangizni 
taqdim etishdan avval unga teskari bo‘lgan qarashlarni keltirish ma’qulroq. 
Qamoqxonalar mavzusida yozilgan quyidagi misolda muallifning munosabati 
qanday? 
Ma’lumki,  qamoqxonlar  xavfli  jinoyatchilarni  qamash  va  ularga  mos  jazoni 
qo‘llash  kabi  muhim  vazifalarni  bajaradi.  Bu  ma’lum  holatlarda  to‘g‘ri  bo‘lishi 
mumkin,  lekin  shu  bilan  birga  ular  ko‘pincha  “jinoyat  universitetlari”  sifatida 
 
 
Ralf Uoldo Emerson 
(1803-1882) 
 
Amerikalik shoir, faylasuf, 
lector, jamoat arbobi; eng 
taniqli AQSh allomalari va 
yozuvchilaridan biri. 
O‘zining “Tabiyat” 
essesida birinchi bo’lib 
Transandantalizm 
falsafasini bildirdi va 
shakllantirdi. 
 


97 
 
jinoiy  xatti-harakatlarni  jadallashtirishga  ham  xizmat  qiladi.  Mahbuslarning 
hammasi  ham  xavfli  emas  va  boshqa  vositalar  orqali  ularga  samarali  ta’sir  qilish 
mumkin.
 
Esselar ham, hisobotlar ham o‘z ichiga batafsil ravishda ko‘rib chiqilgan aniq 
vaziyatlarni  misol  tariqasida  olishi  mumkin.  Bir  aniq  vaziyat  essening  asosiy 
mavzusi  bo‘lishi  yoki  esse  har  xil  vaziyatlarni  ko‘rsatish  uchun  bir  necha 
misollarga ega bo‘lishi mumkin. 
Aniq  vaziyatlar  usuli  aniq  bir  holatda  nima  ro‘y  berganini  ko‘rsatishga 
intiladi.  Masalan,  agar  siz  qishloq  hududlarida  bezgak  bilan  kurashish  usullarida 
izlanayotgan  bo‘lsangiz,  Indoneziyaning  aniq  hududida  tibbiy  xizmatchilar  oylar 
davomida ko‘rgan choralarini ko‘rib chiqishingiz mumkin. 
Aniq vaziyatlar usullarini qo‘llashning  afzalliklari qanday? 
Uning yetishmovchiliklari bormi? 

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish