2. Ixtisoslikka oid matnga termin tanlash.
Ixtisoslikka oid matn tuzishda esa quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
- matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish;
- ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay olish va o‘rinli
joylashtirish;
- so‘z va terminlarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish;
- tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan termin, shartli belgi yoki
qisqartmalarga qavs ichida izoh berish;
Matnda ba’zan bir-
biriga zid gaplar
berilib qoladi.
Masalan: Bozorda
xorijdan keltirilgan
mahsulotlar juda
ko‘p, lekin ular juda
qimmat.
Muvaffaqiyatli
tuzilmagan gap ham
mantiqning buzilishiga
olib kelishi mumkin:
Ferma jonkuyarlari olti
oylik davlatga sut sotish
rejasini muddatdan
oldin bajardilar
(gazetadan).
2-reja: ►
50
- ixtisoslikka oid terminlarni boshqa tillardan
o‘zlashtirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini
nazarda tutish;
-terminlarni
o‘rinsiz takrorlanishiga yo‘l
qo‘ymaslik, ularninng ta’sirchanligini oshirish
maqsadida
leksik,
morfologik
va
sintaktik
sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va
boshqalar.
Umuman ixtisoslikka oid so‘z va terminlarni
to‘g‘ri tanlash hamda qo‘llash nutq madaniyatining,
kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi.
So‘z va termin tanlashda quyidagilarga e’tibor
berish zarur:
- so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda
tanlash;
- tanlangan terminni aniq talaffuz eta olishni
nazarda tutish;
- so‘zning, terminning tushunarli bo‘lishini
hisobga olish;
- terminning ma’no xususiyatiga asoslanib, uni
maqsadga muvofiq tarzda tanlash;
- baynalmilal terminlarni adabiy tilning leksik
me’yoriga muvofiq holda tanlash;
- terminni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;
-
so‘z va terminni matnning uslubiy
xususiyatiga mos ravishda tanlash.
Tahrir ma’naviyat,
madaniyat va
ma’rifatga bevosita
daxldor jarayondir.
Tahrir so‘zi arabcha
bo‘lib, yozma ishni,
asarni tuzatishlar
kiritib yaxshilash,
tuzatish ma’nolarini
anglatadi.
Matn tuzishda so`z va
terminlarga alohida
ahamiyat berish lozim.
So`zlarning lug`aviy
ma`nosini bilgan holda
ishlatish, terminlarni
to`g`ri va to`liq
talaffuz eta olish,
matnga mos terminni
tanlash kerak.
Ixtisoslikka oid matn
tuzishda quyidagilarga
e’tibor berish zarur:
- nutq uslubini to`g`ri
tanlash;
- imlo qoidalariga e`tibor
berish;
- noma`lum termin
larning izohini berish;
- o`rinsiz takrorlarga
yo`l qo`ymaslik;
- ixtisoslikka oid
terminlardan
o`rinli foydalanish.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |