Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’grisida”gi 2019 yil 31 dekabr 1060-so
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’grisida”gi 2019 yil 31 dekabr 1060-sonli qarori.
“Elektron turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatish tartibini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 780-sonli qarori.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan “Sug’urtalovchilarning zaxiralari” to’grisidagi 2008 yil 15 dekabrdagi 1882-sonli qarori.
2. Sug‘urta faoliyati klassifikatori uning tarkibiy tuzilishi
Sug‘urta faoliyati klassifikatori - sug‘urtalovchilar hamda sug‘urta brokerlari sug‘urta faoliyatini litsenziyalash jarayonida ularning faoliyat yo‘nalishlarini belgilashda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladigan me’yoriy hujjatdir. Sug‘urta faoliyati klassifikatorida keltirilgan klasslar yordamida sug‘urtalovchilarning sug‘urta xizmat turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomalari tuziladi.
Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi:
ixtiyoriy;
majburiy.
Sug‘urta faoliyati klassifikatorida ikkala turda amalga oshiriladigan sug‘urta turlari ham mavjud bo‘lib, ular: javobgarlik sug‘urtasi, mulkiy sug‘urta va hayot sug‘urtasiga bo‘linadi.
Mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlari bo‘yicha klassifikator ham 2002 yil 27 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli Qarorining 1-ilovasi “Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizomga 1-ilova sifatida sug‘urta faoliyati klassifikatori tasdiqlangan.
Sug’urta faoliyati klassifikatori 1. Hayot sug’urtasi tarmog’i
Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami:
- sug‘urta qilinuvchining sug‘urta muddati tamom bo‘lgungacha yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi;
- sug‘urta qilinuvchining vafot etishi;
shuningdek sug‘urta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy to‘lovlar (annuitetlar), III klass bundan mustasno
II klass
Nikoh va tug‘ilish
Nikohga kirishda yoki bola tug‘ilganda sug‘urta summasi to‘lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami
Umrbod renta to‘lanishi bilan birgalikda hayotni sug‘urta qilish turlari jami
IV klass
Sog‘liqni sug‘urta qilish
Ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta davri kamida besh yildan kam bo‘lmagan muddatga yoki sug‘urta qilinuvchining pensiya yoshiga etguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yo‘qotganda sug‘urta summalari to‘lanishini ta’minlovchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta davri sug‘urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas