Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


Yillik daromad haqidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

2. Yillik daromad haqidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy 
shaxslar toifasi. 
Deklaratsiya – soliq idoralariga soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar 
tomonidan topshiriladigan va o‘z ichiga olingan daromadlar va ushbu daromadlar 
bilan bog‘liq xarajatlar haqidagi ma‘lumotlarni aks ettiradigan hamda soliq 
to‘lovchining hisoblangan soliqlarni ixtiyoriy ravishda va belgilangan vaqtda 
davlat byudjetiga to‘lashga majbur etadigan xujjat hisoblanadi.
Moliya yilida soliqqa tortiladigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar 
soliq to‘lashga jalb etiladi. Bundan tashqari, asosiy ish joyidan tashqari boshqa 
daromad manbalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan daromadlari haqida 
o‘zlari yashab turgan hududdagi soliq idoralariga hisobot davridan keyingi yilning 
1 apreliga qadar deklaratsiya topshirishlari lozim bo‘ladi. Yillik jami daromad 


50 
haqida deklaratsiya to‘ldirish va uni soliq idoralariga taqdim etish O‘zbekiston 
Respublikasining soliq kodeksi asosida amalga oshiriladi. 
Deklaratsiya jismoniy shaxslarning soliq organlariga hisobot davridagi 
daromadlari va o‘zlariga bevosita daxldor bo‘lgan soliq imtiyozlari haqidagi 
rasmiy bayonotni berishini anglatadi. Soliq deklaratsiyasi va soliq stavkalari 
asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqni Davlat soliq xizmati organlari nazorat 
qiladilar. Yillik jami daromad haqidagi soliq deklaratsiyasini, odatda, asosiy ish 
joyidan tashqarida daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek, hisobot 
yilida asosiy ish joyiga ega bo‘lmagan va qonunchilik doirasida boshqa 
manbalardan daromad olgan barcha toifadagi jismoniy shaxslar taqdim etishlari 
shart hisoblanadi.
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston 
Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi: 

mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq 
solinmagan bo‘lsa; 

fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik 
uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlar; 

ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan soliq solinadigan daromadlar; 
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan 
daromadlar; 
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar. 
Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uning arizasiga ko‘ra belgilangan 
eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar 
to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga 
aylangan chet ellik jismoniy shaxs, mazkur moddaning birinchi va ikkinchi 
qismlari qoidalaridan qat‘i nazar, Kodeksning 192-moddasida nazarda tutilgan 
tartibda va muddatlarda daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi. 
Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik 
uchun mualliflik haqi tariqasida daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar bunday 
faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda 
amalga oshirish huquqiga ega. 
Daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan 
jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini davlat soliq 
xizmati organining yozma xabarnomasi asosida to‘laydi. 
Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik 
uchun mualliflik haqi olayotgan jismoniy shaxs daromadlar olish bilan bog‘liq 


51 
daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga 
oshirish bilan bog‘liq, haqiqatda qilingan va hujjatlar bilan tasdiqlangan 
xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, biroq chegirma olingan jami 
daromad summasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar 
kiradi: 

fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanish uchun 
zarur materiallar olishga doir xarajatlar; 

faqat fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki 
ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-
mulk ijarasiga doir xarajatlar. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq 
to‘lovchining olingan yillik daromadi to‘g‘risidagi yozma arizasidan iborat bo‘ladi. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga 
asosiy ish joyi bo‘yicha to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma‘lumotnoma ilova qilinadi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish