BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN SOLIQLARNI HISOBLASH USLUBIYATINING AMALIY ASOSLARI (OLMAZOR TUMAN DSI MA’LUMOTLARI ASOSIDA). Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish uslubiyatining amaldagi holati tahlili.
Ma’lumki, jismoniy shaxslar mehnat faoliyati evaziga daromad olish imkoniyatiga egadirlar. Daromadlar turli manbaalardan tashkil etilishi, ularning daromadlariga nisbatan chegaralangan soliq munosabatlarini joriy etilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu borada shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i faqat byudjet daromadlarini oshirishga xizmat qilish bilan chegaralanmasligi, balki keng xalq ommasining turmush darajasini, daromad to’lov qobiliyatlarini oshirishga ham xizmat qilmog’i lozim. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i respublika byudjetiga yo’naltirilib, umumdavlat soliqlari toifasiga kiradi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 167-196 moddalari asosida undiriladi va huquqiy tartibga solinadi.
Soliq kodeksining 167-moddasiga muvofiq, soliqni to’lovchilar bo’lib, soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar hisoblanadilar.
Soliq solish ob’ekti bo’lib, quyidagi daromadlar hisoblanadi:
O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi. Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi. Jismoniy shaxsning chet el valyutasida
ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;
mulkiy daromadlar;
moddiy naf tarzidagi daromadlar;
boshqa daromadlar.
Buni quyidagi chizmada ham ko’rish mumkin:
2-chizma. Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi17
Ushbu kabi daromadlarning shakllanishi bilan soliq bazasi shakllanadi va soliq stavkasini qo’llash orqali byudjetga to’lanadigan summa hisoblab topiladi. O’zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan soliq progressiv stavkalarda undirilib, uch pog’onali tarzda amalga oshiriladi. Buni quyida keltirilayotgan jadvalda ham ko’rish mumkin:
17 O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tegishli moddalari asosida ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |