Toshkent moliya instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan


Foyda solig’ining ob’ekti quyidagilardir



Download 27,54 Kb.
bet6/6
Sana26.01.2022
Hajmi27,54 Kb.
#411005
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SST YN 4-v

Foyda solig’ining ob’ekti quyidagilardir:

Soliq to‘lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig‘i (295-modda) bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanadi.

Ushbu bo‘lim maqsadida quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi:

1) yuridik shaxs uchun — ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;

2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun — Soliq Kodeksning 49-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq;

3) norezident uchun — Soliq Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;

4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun — Soliq Kodeksning 51-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;

5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun — birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.




        1. Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga egaki, boshqa soliqlarda bu holatni sezish qiyin. Chunki bu soliq har bir soliq to‘lovchi sub'ektining hayotida muhim rol o‘ynaydi. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlar milliy daromadni taqsimlashda davlatning, shu jumladan mahalliy xokimiyat va boshqaruv organlarining pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismini o‘zlashtirilishi ta'minlanadi. Milliy daromadning majburiy ravishda safarbar qilingan bu qismi davlat moliya resurslarining bir qismiga, uning hayotiy faoliyatining asosiga aylanadi.

Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, chet ellik fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan daromad solig‘i olish to‘g‘risida»gi qonuni bilan joriy qilindi. Keyinchalik unga ayrim tuzatishlar kiritildi. Masalan, ilk o‘zgarishlar 1991 yil 20 noyabrdagi qonun bilan, keyin 1992 yil 14 yanvardagi qonun, 1992 yil 2 iyuldagi qonun, 1992 yil 9 dekabrdagi qonun, 1993 yil 28 dekabrdagi qonun, 1994 yil 23 sentyabrdagi qonun bilan kiritildi. 1997 yil 24 aprelda tasdiqlangan va 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi joriy etilishi bilan O‘zbekiston Respublikasining yuqorida sanab o‘tilgan qonun hujjatlari to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotdi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida keltirilgan soliqlar tizimi aslida 1997 yilda qo‘llanilgan soliqlar va asosan ularning amal qilish tartibi saqlanib qolindi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 45-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs, ya'ni soliq to‘lovchi sub'ekt, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmish jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek, undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi. Norezident jismoniy shaxslarga faqatgina O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatdan olingan daromadlar bo‘yicha soliq olinadi.


O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan soliq islohoti doirasida qabul qilingan huquqiy hujjatlar orasida eng muhimlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi 396-I-sonli qaroriga asosan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi bo‘lib, u jismoniy shaxslar bilan bir qatorda bevosita barcha xo‘jalik sub'ektlari manfaatlarini ham qamrab oladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 1998 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritildi. Ushbu Soliq Kodeksi qabul qilinmasdan oldin soliq undirish to‘g‘risida bir qancha vaqtinchalik ko‘rinishdagi qo‘llanmalar mavjud edi. Ular soliqlarni hisoblashda va undirishda bir qancha chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Ushbu Soliq Kodeksi barcha qo‘llanmalarni jamlab, soliq undirishda asosiy qo‘llanmaga aylandi.

Shuni ham aytib o‘tishimiz lozimki, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, liberallashtirish va modernizatsiyalash sharoitida yuqoridagi Soliq Kodeksiga ham yillar o‘tgan sayin o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishni taqozo qildi.


Xuddi shu masala bo‘yicha Prezidentimizning 2005 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi qilgan ma'ruzasida o‘z fikr mulohazalarini bildirib, jumladan quyidagilarni ta'kidlab o‘tdilar: «Prinsipial muhim ustuvor vazifalardan biri - soliq siyosatini yanada takomillashtirishdir. Aytish joizki, yuqorida zikr etilgan ustuvor vazifalarning barchasi soliq siyosatimizni takomillashtirish bilan bevosita bog‘liq. Busiz xech qanday masalani xal etib bo‘lmaydi. 1997 yilda ishlab chiqilgan va qabul qilingan Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob bermaydi. Faqat so‘nggi ikki yil davomida Soliq kodeksi va soliq qonunchiligiga yuzdan ortiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani ham shundan dalolat beradi.
Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim.
Shunga erishmog‘imiz kerakki, har bir soliq to‘lovchi, u xox yuridik, xox jismoniy shaxs bo‘lsin, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin».1
Biz jismoniy shaxslarning daromadlariga izoh berishdan oldin jismoniy shaxs degan so‘zga izoh berib ketaylik. Jismoniy shaxslar deganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.2
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining III-bo‘lim, 12-bob, 44-moddasiga muvofiq, shuningdek 1110-sonli Yo‘riqnomaga hamda 1230-sonli Nizomga asosan moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadi.
Barcha jismoniy shaxslar soliqqa tortish maqsadida ikki toifaga bo‘linadi:

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan 12 oygacha bo‘lgan, istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekiston Respublikasida yashagan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmish jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek, undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i to‘laydilar. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatidan olingan daromadlar bo‘yicha soliq to‘laydilar.


O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksning 47-moddasiga asosan jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqning soliqqa tortish ob'ekti bo‘lib ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan jami yillik daromadi hisoblanadi. Ya'ni jismoniy shaxsning jami yillik daromadi - bu moliya yoki hisobot yilida olgan, olishi lozim bo‘lgan naqd pul yoki naqd pulsiz, natura shaklida hamda moddiy manfaatlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan daromadlar hisoblanadi.
Soliq Kodeksining 48-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar, shu jumladan:

mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar;


jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi;
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlari kiradi.
Soliq kodeksining 49-moddasiga muvofiq mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomasi bo‘yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha oladigan daromadlari kiradi. Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
xodimlarga sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday tovarlarni (ishlar, xizmatlar) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi o‘rtasidagi manfiy farq.
Masalan, korxona tomonidan 12000 so‘mga tovar sotib olingan va ishchisiga ushbu tovar 8000 so‘mdan sotilgan, shunda ular orasidagi farq -4000 so‘m (8000-12000) ishchi uchun daromad hisoblanadi.
ish beruvchi (yuridik shaxs) tomonidan o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, xodimlarning chiqimlarini qoplash uchun qilingan xarajatlar.
Masalan, korxona ishchisining shaxsiy peydjeri yoki uyali telefoni uchun aloqa xarajatlarini to‘lab bersa;
xodim ish beruvchiga to‘lashi kerak bo‘lgan, ammo ish beruvchining qarori bilan hisobdan chiqarilgan qarz summalari.
Masalan, xodim korxona kassasiga 20000 so‘m to‘lashi lozim edi (ortiqcha to‘langan ish haqi, xizmat safari uchun berilgan mablag‘, yoki boshqa qarzlar). Korxona rahbarining buyrug‘iga asosan (ma'lum sabablarga ko‘ra) ushbu qarz korxonaning xarajatlari sifatida kechib yuborildi, bunday holatda 20000 so‘m xodimning jami daromadiga qo‘shiladi;
ish beruvchi o‘z xodimlarining hayoti yoki sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urtalash badallarini to‘lash uchun qilgan xarajatlar;
Ushbu banddagi xarajatlar korxona tomonidan amalga oshiriladi. Majburiy bo‘lmagan (ixtiyoriy) sug‘urtani ishchining o‘zi to‘lashi lozim, ammo agarda majburiy bo‘lmagan sug‘urtani korxona tomonidan to‘lab berilsa, u holda to‘langan summa ishchining daromadi hisoblanadi;
ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolinishi kerak bo‘lgan to‘lovlar yuzasidan to‘lagan summasi.
Masalan, korxona ishchisi ma'muriy javobgarlikka tortilgan holatda, uning uchun ma'muriy jarima summasini korxona to‘lab bersa, u holda bu to‘lov jismoniy shaxs (korxona ishchisi) uchun daromad hisoblanadi;
ish beruvchining o‘z xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarini tashkil etadigan boshqa xarajatlari.
Bunday xarajatlarga yuridik shaxsning xodimini o‘zi to‘lashi lozim bo‘lgan, ammo ushbu yuridik shaxs tomonidan to‘langan mablag‘lar kiradi.
Masalan, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, turar-joy uchun to‘lovlar, davlat pensiyasiga qo‘shimcha to‘lovlar va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar.

Xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan me'yorlar doirasida beriladigan xizmat safari to‘lovlarining summalari jami yillik daromadga kiritilmaydi.


Bizga ma'lumki, fuqarolarning mehnat daftarchasi yuritiladigan korxona, muassasa va tashkilot uning asosiy ish joyi hisoblanadi.
Soliq kodeksining 50-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, dividendlar bo‘yicha olingan daromad, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromadlar kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy shaxslarga mulk ob'ektlariga egalik qilish va undan foydalanishga keng yo‘l ochib berilgan.
O‘zbekistonda qonun yo‘li bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda mulkdorlarga o‘z mol-mulklaridan foydalanishda, xo‘jalik faoliyatini tashkil etish va uning natijalarini taqsimlashda to‘la erkinlik berilgan.
Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlarining tarkibiy qismlaridan biri mulkiy daromadlardir. Fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni tasarruf etish, ijaraga berish va undan daromad olish huquqiga egadirlar.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olgan daromadlari;


Dividend va foizlari bo‘yicha olgan daromadlari;
Jismoniy shaxslar oladigan dividendlari tarkibiga: aksiyadorlik jamiyatlaridan sotib olingan aksiyalar bo‘yicha olingan dividendlar; mulk shaklidan qat'iy nazar ulushbay asosida tashkil etilgan xissadan olinadigan daromadlar kiradi.

Jismoniy shaxslar oladigan foizlari tarkibiga:


- Depozit qo‘yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlari kiradi.
Jismoniy shaxslarning xususiylashtirish jarayonida ishtirokini yanada rag‘batlantirish maqsadida jismoniy shaxslarning xususiylashtirilgan korxonalar negizida barpo etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning aksiyalari (ulushlari) bo‘yicha dividendlar hamda olingan daromadlari 5 yil muddatga soliqdan ozod etiladi.
Jismoniy shaxslarning aksiyalardan dividend ko‘rinishidagi daromadlari yoki xo‘jalik sub'ektlarining ustav sarmoyasidagi ulushbay qatnashuvidan olingan daromadlar bevosita shu xo‘jalik sub'ektlari aksiyalarini sotib olishga yoki ustav sarmoyasidagi ulushni oshirishga yo‘naltirilgan taqdirda xam soliqqa tortishdan ozod etiladi.
Soliq kodeksining 51-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, daromad olish maqsadida tavakkal qilib, o‘z mulkiy javobgarligi ostida yakka tartibda amalga oshiradigan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatdan keladigan barcha tushumlar kiradi. (Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlarini soliqqa tortish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmaning keyingi bobida ko‘rib chiqamiz).
Download 27,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish