365-modda. Soliq solish obyekti
Soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining (bundan keyin ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti deb hisoblanadi.
Ushbu Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lash xohishini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliqqa tortish obyekti bo‘lib amalga oshirilayotgan faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyati, soliq
to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. Ma‘lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish
maqsadida soliq to‘lovchilar ikkiga bo‘lingan, ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarga.
Jismoniy shaxslarga – yuridik shaxs maqomini olmagan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi.
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida budjet tushumlaridan salmoqli
o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – davlat budjeti daromad
manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos
xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va yig‘imlar budjet
daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i 1991 yilda budjet tushumlarining 6,7 foizini tashkil etgan
bo‘lsa, 2009 yilda 13,1 foizni tashkil etgan. 2018 yilgi davlat budjeti parametrlari
bo‘yicha ushbu soliq davlat budjeti daromadlarining 8,4 foizni, to‘g‘ri soliqlar ichida
esa 40,6 foizini tashkil etgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb
(364-modda) quyidagilar e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston
Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga
bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida
boshlanadigan yoxud tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida
183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning
O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan
olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha
soliq solinadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi soliq solish ob‘ekti hisoblanadi.
Soliqqa tortiladigan baza bo‘lib, jismoniy shaxslarning jami daromadidan soliq
qonunchiligiga ko‘ra belgilangan chegirmalarni ayirib tashlagandan keyingi qoldiq
summa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston
Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i
summalari O‘zbekiston Respublikasida soliqni to‘lashda O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.
Hisobga olinadigan summalarning miqdori jismoniy shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad
solig‘i summasidan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |