Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


—2030-Yillar davomida O’zbekiston Respublikasining “YASHIL” Iqtisodiyotdga o’tish strategyasini tasdiqlash tug’risidagi prizident qarori



Download 232,93 Kb.
bet7/8
Sana29.04.2022
Hajmi232,93 Kb.
#591002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abduvahobov Salohiddin

2. 2019—2030-Yillar davomida O’zbekiston Respublikasining “YASHIL” Iqtisodiyotdga o’tish strategyasini tasdiqlash tug’risidagi prizident qarori.
Mamlakatda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda hududlarni bir maromda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 8-9-iyul kunlari Toshkent shahrida “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha normativ-huquqiy bazani va siyosatni takomillashtirish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari orqali innovatsion “yashil” investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Yevropa va MDH davlatlarining “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha mintaqaviy vazirliklar konferensiyasi o‘tkazildi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil iqlimning o‘zgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlashda o‘zaro bog‘liq muammolar va ehtiyojlar mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining ortishi iqtisodiyotning resurslarga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof muhitga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda va issiqxona gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda. Iqtisodiyot energiya samaradorligining past darajasi, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish, texnologiyalar yangilanishining sustligi, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznes ishtirokining yetarli emasligi mamlakatni barqaror rivojlantirish sohasidagi ustuvor milliy maqsadlar va vazifalarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda. Uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi “yashil” texnologiyalarni joriy etish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rishni ta’minlashga imkon bermayapti. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, Parij bitimi (Parij, 2015-yil 12-dekabr) majburiyatlari bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishining asosiy vazifalari etib belgilansin: texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlariga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan “yashil” mezonlarni kiritish; davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlarini, davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni faollashtirish orqali “yashil” iqtisodiyotga o‘tish yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish; ta’limga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga “yashil” iqtisodiyotdagi mehnat bozori bilan bog‘liq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish; Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini ko‘rish; “yashil” iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
2. Quyidagilar: a) 2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va quyidagilar uni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini oshirish; energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish; iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash; “yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqish;
b) Strategiyani amalga oshirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlansin: issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish; ikki karra energiya samaradorligi ko‘rsatkichini oshirish va yalpi ichki mahsulot uglerod sarfi hajmini kamaytirish; qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish; 100 foizgacha aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy, arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash; sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash, energiya samaradorligini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish hamda sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va sanoat jarayonlaridan yanada keng foydalanish hisobiga ularning barqarorligini ta’minlash; energiya samaradorlik va ekologik jihatdan yaxshilangan tavsiflarga ega motor yoqilg‘isi va avtotransport vositalari ishlab chiqarishni hamda ulardan foydalanishni kengaytirish, shuningdek, elektr transportni rivojlantirish; iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20 — 40 foizgacha oshirish; yerlarning tanazzulga uchrashi bo‘yicha neytral balansga erishish; asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha hosildorligini 20 — 25 foizgacha oshirishga erishish. 3. Asosiy maqsadi Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilishdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish bo‘yicha idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo kengash) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. Idoralararo kengash har yili 10-noyabrga qadar Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha kelgusi yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi vazifalar yuklansin: Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish; Idoralararo kengashga, shu jumladan uning ishchi organi faoliyatini tashkil etish orqali har tomonlama ko‘maklashish; “yashil” iqtisodiyotni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha hisobotlar yuritishning o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlash.
5. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilariga — Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziriga (B.A. Xodjayev) — yalpi ichki mahsulotning uglerod sarfi hajmini kamaytirish, sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va sanoat jarayonlarini qo‘llagan holda sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash; O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziriga (A.S. Sultanov) — energiya samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, ekologik jihatdan yaxshilangan tavsiflarga ega motor yoqilg‘isini ishlab chiqarishni va undan foydalanishni kengaytirish, zamonaviy, arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga (J.A. Xodjayev) — asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha mahsuldorligi va hosildorligini oshirish, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini samarali joriy etish, shuningdek, yerlarning tanazzulga uchrashi bo‘yicha neytral balansga erishish; O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri (Sh.R. Xamrayev) hamda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga (M.X. Saliyev) — suvdan foydalanish samaradorligini oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisiga (B.T. Qo‘chqorov) — “yashil” iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishini ekologik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish va ta’minlash hamda atrof tabiiy muhit holati monitoringi natijalarini umumlashtirish; vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa xorijiy donorlarning kreditlari va grantlarini jalb qilishni ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.

Xulosa
Xulosa qilib aytsak, O’zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyotni shakillantirish va yanada rivojlantirish maqsadida bir qancha asosiy ishlar va chora-tadbirlar majmuini qisqacha yoritib o’tsak: rivojlangan mamlakatlardagi biz uchun kerak bo’lgan barcha texnologik bilim va yangiliklarni o’rganish, va respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga bosqichma-bosqich milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda tatbiq qilish; asosiy ahamiyatga ega bo’lgan ichki innovatsion loyihalarga investorlarni hamda xorijiy kapitalni jalb qilish; texnoligik innovatsiyalarga bag’ishlangan bilimlar bazasini tashkil qilish va unda internet portal orqali barcha fuqarolar foydalana olishlariga erishish; innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash.



Download 232,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish