Xulqiy fanlar maktabi yoki bixevioristik maktab. Uning eng ko`zga ko`ringan vakillari – F.Gersberg, R.Laykert, D.MakGregor. Mazkur maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha yiroqlashdi. Yuqoridagi olimlarning fikriga ko`ra, tashkilotning har bir xodimiga uning tashkilotlarni boshqarishga nisbatan xulqiy fanlar konsepsiyalarini qo`llash asosida o`z imkoniyatlarini anglab etishida ko`proq yordam ko`rsatilishi kerak. Ushbu maktabning asosiy maqsadi inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo`li bilan tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishdan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |