1954 yili bu ovqatlanish peshtaxtasi illinoyslik tadbirkor Rey Krokning e'tiborini tortdi. U sutli kokteyllar uchun aralashtirgichlarni sotish bilan shug‘ullanar edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u Makdonaldlardan 8ta aralashtirgich uchun «yirik» buyurtma oladi va ularning biznesiga qiziqa boshlaydi. Krok McDonald's ni ko’rish maqsadida Kaliforniyaga borib, aka-ukalarning biznesini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi va «ularning ish samaradorligidan lol qoladi». Bir yil o‘tib, Krok yangi restoranlarni ochish bo‘yicha franshiza huquqi berishga aka-ukalarni ko‘ndiradi va zudlik bilan bu huquqidan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Shunday qilib, McDonald's biznesi kengaya boshladi: ikkinchi restoran Illinoys shtati Des-Pleyns shahrida ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |