Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet «moliya» kafedrasi


Xorijiy insvestitsiyalarini jalb qilishni takomillashtirish yo’llari



Download 0,6 Mb.
bet4/5
Sana20.01.2023
Hajmi0,6 Mb.
#900756
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi MMC-65 Xayrullaev B

Xorijiy insvestitsiyalarini jalb qilishni takomillashtirish yo’llari

O'zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxatida ko'zda tutilgan xorijiy investitsiya va kreditlar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha Davlat monitoringini olib
borish.
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlari doirasida xorijiy investitsiya va kreditlar ishtirokida amalga oshirilayotgan hamda moliyalashtirish manbalari va tasdiqlangan loyiha xujjatlari mavjud bo'lgan investitsiya loyihalari monitoringini olib borish.
O'zbekiston Respublikasi Xukumati nomidan TIAISV va xorijiy investorlar o'rtasida imzolangan investitsiya bitimlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida xorijiy hamkorlar tomonidan qabul qilgan majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.
Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati loyihasini, hamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlarini shakllantirish.
Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati doirasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning mamlakatlar, tarmoqlar, respublika hududlari, mahsulot turlari va boshqa kesimlarda, hamda investitsiya va moliyalashtirish yo'nalishlari bo'yicha doimiy ma'lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish. Jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning barcha moliyalashtirish manbalari bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni tizimli ravishda tayyorlash.
Yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish Davlat monitoringi instituti faoliyatini yanada yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonlari, vazirlik va idoralar hamda loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyatiga, shuningdek umumiy investitsiya faoliyati samaradorligini oshirishga oid Normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
Hukumat va boshqa ishchi guruhlar tarkibida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha vazirlik va idoralar faoliyatini reja asosida tahlil qilish va o'rganish, shu bilan birga, loyihalarni amaliy holatini joylarga chiqib o'rganishni tashkil qilish.
4

O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko’rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo’shadigan hissasini oshirish maqsadida:



  1. Belgilansinki, eksportga mo’ljallangan va importning o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko’rsatishini rag’batlantirish O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi.



  1. O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va olingan daromadni olib ketishga bo’lgan huquqi himoya qilinishini ta‘minlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar va imtiyozlarning keng tizimi belgilanganligi ilovaga muvofiq ma‘lumot uchun qabul qilinsin.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, ro’yxatdan o’tkazish va ularning faoliyat ko’rsatishi
tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo’shimcha ma‘lumotlar va hujjatlarni so’rash taqiqlansin. Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qo’shma ishlab chiqarishlar soni ko’payishiga ko’maklashishlariga va rag’batlantirishlariga qarab baho berilishi haqida ogohlantirib qo’yilsin.


  1. «O’zistiqbolstat» davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy

investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga mo’ljallangan va importning o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga mansub deb hisoblash tartibi to’g’risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


  1. Eksportga mo‗ljallangan va importning o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1 iyundan boshlab quyidagi qo’shimcha imtiyozlar joriy qilinsin:



  • ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun soliq krediti olish huquqi berilsin, ya‘ni byudjetga to’lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va yer solig’i yuzasidan to’lovlar ikki yilgacha muddatga kechiktirilsin;



  • ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSh dollarini tashkil etgan korxonalar mulk solig’i to’lashdan ozod qilinsin.

5


  1. O’zistiqbolstat» davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo’yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish Bo’yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko’rsinlar.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo’yicha agentlik, «O’zbekinvest» milliy sug’urta kompaniyasi ko’rsatib o’tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro’yxatini chet el elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va kompaniyalarga etkazsinlar.


  1. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, «O’zistiqbolstat» davlat Qo’mitasi, Davlat mulki qo’mitasi hamda Fan va texnika davlat Qo’mitasi Xorijiy sarmoyalar bo’yicha agentlik bilan birga xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta‘minlashning yagona tizimini 1996 yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:



  • respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo’nalishi va borishi, iqtisodiyotga investitsiya qo’yishning shartlari va ustuvor yo’nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning keng doirasini tanishtirish;

  • xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yo’riqnoma va axborot-ma‘lumot materiallari bilan ta‘minlash;

  • axborot tarmog’ini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar to’g’risida yagona ma‘lumotlar bazasini yaratish



  1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ko’rsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.



  1. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari o’rnatish uchun keluvchi chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda respublika hududi bo’ylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.



  1. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar.

6

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish