Ayrim tijorat banklarining moliyaviy natijalarining tahlili.
jadval.11
(Ming so’m)
№
|
Banklarning nomi
|
Bank daromadlari
|
Bank xarajatlari
|
Bank foydasi
|
1
|
Sanoat-qurilish banki
|
7914769
|
5264469
|
2650300
|
2
|
Paxta banki
|
7833658
|
5186042
|
2647643
|
3
|
Turon bank
|
345055
|
136860
|
208195
|
4
|
O’T-bank
|
111640
|
37823
|
73817
|
5
|
Uyjoyjamg’arma banki
|
111562
|
56845
|
54717
|
6
|
Ipak yo’li banki
|
107331
|
85708
|
21623
|
7
|
Trast bank
|
25816
|
7858
|
17958
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, banklar moliyaviy natijalarni foyda bilan tugallagan. Sarmoya yordamida olinadigan -foyda me’yori sifatida hisoblanadigan tijorat banki rentabelligi
(7-jadval) bank faoliyati natijadorligining (K1) asosiy umumlashtiruvchi ko’rsatkichidir. K1 ko’rsatkichi tijorat bankining o’z sarmoyasi foydaliligi nuqtai nazaridan bank qanday ishlayotganini ko’rsatadi. Bankning o’z sarmoyasi qanchalik foyda keltirishi shu tijorat banki aktsiyadorlarining hammasini qiziqtiradi. Zero sarmoya foydaliligi aosida bank aktsiyalari foydaliligi haqida xulosa chiqarishi mumkin. K1 – universal ko’rsatkich bo’lib, u ikki o’lchamni o’zida birlashtiradi. Bular:
aktivlar foydaliligi (K2);
sarmoya etarliligi koeffitsienti (K3).
Mazkur o’lchamlar bank ichki siyosatini hamda uning apparati kasb-mahoratini aks ettiradi.
K1 = foyda/sarmoya; K2 = foyda/aktivlar; K3 = sarmoya/aktivlar; K4 = foyda/daromad; K5 = daromad/aktivlar.
jadval.12
Ayrim tijorat banklarining rentabellik ko’rsatkichlarini tahlili.
№
|
Tijorat banklarning nomi
|
K1 (%)
|
K2 (%)
|
K3 (%)
|
K4 (%)
|
K5 (%)
|
1
|
Sanoat-qurilish banki
|
78,7
|
9,5
|
12
|
-
|
-
|
2
|
Paxta banki
|
112
|
11
|
9,7
|
33,8
|
31,9
|
3
|
Turon bank
|
95
|
16
|
17
|
60,3
|
26,8
|
4
|
O’T-bank
|
62
|
7,7
|
12,5
|
66,1
|
11,7
|
5
|
Uyjoyjamg’arma banki
|
54
|
10,9
|
20,1
|
49
|
22
|
6
|
Ipak yo’li banki
|
49
|
6
|
11,3
|
20,2
|
27,4
|
7
|
Trast bank
|
64
|
8,8
|
13,7
|
69,6
|
12,6
|
Jadval ma’lumotlariga qarab shuni ta’kidlash mumkinki, K1 koeffitsienti bir qancha banklarda ancha yuqori. Bular, xususan, Paxta bank (112%), Turon bank (95%) va Sanoat-qurilish banki (78.7%).
Bu banklar chiqargan aktsiyalari foydaliligi boshqa banklarnikiga nisbatan ayniqsa yuqoridir. K1 ko’rsatkichi ma’lumotlariga qaraganda, yuqorida aytilgan 3 bank aktsiyalari potentsial investorlar o’z mablag’larini qo’yishlari uchun eng maqbuli hisoblanadi. Lekin boshqa tomondan olganda, Paxta bankka K3 ko’rsatkichi past. Bu esa K1 ko’rsatkichi baland bo’lishiga aktivlar foydaliligi hisobidan emas, balki sarmoya etarliligi ko’rsatkichi pastligi evaziga erishilganidan dalolat beradi. K4 ko’rsatkichi bankning o’z chiqimlarini nazorat qilish qobiliyatini aks ettiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat bankining chiqim moddalarini nazorat qilish bank faoliyatining muhim tomonlaridan biriga aylanmoqda. Bank rahbariyati esa bank xarajatlarini oqilonalashtirishga intilmog’i kerak. Bankning qarz mablag’lari kamayishi, shu bilan birga, foizga doir chiqimlar kamayishi, K4 ko’rsatkichini oshirish yo’llaridan biridir. Biroq shuni ta’kidlab o’tish lozimki, xizmatchi xodimlarni saqlash xarajatlari qisqartirilishi maqsadga muvofiq emas. Zero, buning oqibatida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati yomonlashib, eng malakali xodimlar ketib qoladi. K4 ko’rsatkichi eng yuqori bo’lgan banklar sifatida Trast bank (69.6%), shuningdek, O’T- bank (66.1%) kabilarni misol keltirishimiz mumkin. Bu esa mazkur banklar chiqim moddalarini nazorat qila borib, o’z daromadlaridan maksimal foyda olayotganlarini bildiradi.
Agar Ipak Yo’li bankining K4 ko’rstkichini ko’rib chiqsak, bank butun daromadlarining 80% xarajat qilinayotganini ayon bo’ladi, ya’ni bankning qarz mablag’lari juda ko’p bo’lib, u shu qarzdan foydalangani uchun foizlar to’layapti, yoxud o’z xizmatchilariga juda katta ish haqi to’layapti.
Endi banklar daromad hamda xarajatlarining pul ifodasidagi hajmini nazarda tutgan holda ular faoliyatini tahlil qilamiz.
Bank daromadlari yoki foydasi hajmi banklar o’z aktsiyalari bo’yicha katta dividendlar to’layapti, deyishga asos bermaydi. Masalan, agar bank katta foyda olsa, ikkinchi tomondan esa uning aktsiyadorlari ko’p bo’lsa, u holda har bir aktsiya bo’yicha to’lanadigan dividendlar unchalik katta bo’lib chiqmasligi ko’zga tashlanib
qoladi. Daromadlari hajmi uncha katta bo’lmagan bank esa o’z aktsiyadorlari kamligi tufayli ko’proq divident to’lashga qodir bo’lishi mumkin.
K5 koeffitsientining eng yaxshi ko’rsatkichi quyidagicha:
Paxta Bank – 31.9%, Ipak Yo’li banki – 27.4 %, Turon bank – 26.8%. K5 ko’rsatkichini K4 ko’rsatkichi bilan birgalikda tahlil qilib aytish mumkinki,yuqorida sanab o’tilgan 3 bank chiqim moddalarini oqilona boshqarsa, o’z foydasini ko’paytirish uchun eng ko’p imkoniyatga egadir.K1, K2, K3, K4 va K5 ko’rsatkichlari hisob-kitobi e’lon qilinayotgan balanslar asosida tijorat banklari faoliyatini mufassal tahlil qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |