Variant «A»
6A. Kreditni va foizini o’z vaqtida qoplash.
Variant «B»
6B. Kredit va foizini qoplash bo’yicha qiyinchiliklar.
7B. Qarzni qoplash bo’yicha alohida tartib (kredit shartnomasini bekor qilish, kredit muddatini cho’zish, mijozning bankrot bo’lishi)
8B. Bankka qarzni qaytib kelishi.
Kredit olish uchun ariza, qarzdor kredit xizmatlaridan foydalanish uchun munosib bankni tanlagandan so’ng rasmiylashtiradi va taqdim etiladi. Bunda mijoz bankning kredit salohiyati hajmini, uning passivlari, bankning ishonchlilik darajasini, bankning ta’sischilar tarkibi, uning tarmoq harakteri va u yoki bu operatsiyalarga moslashuvi va ixtisoslashuvi shuningdek, kredit bo’yicha summa, foiz va kredit muddatlarini inobatga olishi mumkin. Bu kabi axborot manbalari sifatida ochiq muhr
(bankning yillik balans va hisobotlarni rasmiy e’lon qilingan, aktsiyalar emissiyasininng prospekti, va boshqalar) shuningdek, bank mijozlari bilan norasmiy shartnomasi bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy nobarqarorlik va doimiy ravishdagi kredit qaytarilmasliklar sharoitida banklar kreditni shu bankda hisob-kitob varag’iga ega bo’lgan qarzdorlarga berishni ma’qul ko’radilar, bu esa qarzdor tomonidan bankni tanlash imkoniyatini cheklaydi.
Bank qarzdorni tanlagandan so’ng, qarzdor arizani rasmiylashtiradi va unda ma’lum miqdordagi kredit summasi, muddati va maqsadlarini belgilaydi. Ariza qarzdor-tashkilot rahbarining imzosi va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. Bunday ariza kreditlashning quyidagi bosqichlarini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Kreditga layoqatlilikni baholash uchun bank mijozdan o’tgan davrdagi hisoboti hujjatlarni (hisobot, buxgalteriya balansi ilovasi bilan kvartal va yillik uchun) talab qiladi, ko’rsatkichlarni yanada aniqrok tekshirishga ehtiyoj tug’ilganda boshlang’ich buxgalteriya hujjatlari va agar mumkin bo’lsa uzoq muddatli hisobotlar talab qilinadi.
Kreditga layoqatsizlik riskini oldindan ko’ra bilish ko’pincha oson kechmaydi, chunki kerakli paytda mijozning faoliyatida kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Bu qiyinchiliklar mijozning qobiliyatsizligi tufayli uning mol etkazib beruvchilari, xaridor va boshqa tashqi omillarning xatosi va muammosi bunga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun bank kredit operatsiyalarining har bir turi kreditning qaytmaslik riski bilan bog’liq bo’ladi. Bunday riskni pasaytirish uchun bank bo’lajak mijozning mavjud o’tgan moliyaviy ahvoli bo’yicha kreditga layoqatliligini baholab, salbiy tomonlarni oldindan bilishga, mijozning kelajak muammolarini ko’rishga intiladi.
Qisman bu potentsial mijozning hisobot va balansini tahlil qilishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |