Kreditning maqsadi.
Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga so’ralayotganligi muhim hisoblanadi. Shartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilishi ko’rsatiladi. Kreditni qaysi maqsad uchun ishlatilishini korxonalar o’zlarining biznes rejasida ko’rsatib o’tishlari shart. Biznes rejada ko’rsatilgan maqsad bo’yicha kredit summasi o’tkazilib beriladi va korxonaning keyingi faoliyati ham bank tomonidan shartnoma asosida nazorat qilib boriladi. Tarmoqlardagi o’zaro nomutanosibliklar, o’sha tarmoqda faoliyat ko’rsatuvchi korxonalarning holatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Tijorat banki mana shu omillarni hisobga olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |