Toshkent moliya instituti sh


Tijorat banki bo’yicha jalb qilingan bank resurslari va ular bo’yicha kreditlash qudratini aniqlash



Download 0,49 Mb.
bet109/161
Sana01.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#292154
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   161
Bog'liq
bank ishi

Tijorat banki bo’yicha jalb qilingan bank resurslari va ular bo’yicha kreditlash qudratini aniqlash.

(mln.sumda)



Bank jalb qilgan resurslar

1.01.1998

1.01.1999




Mablag’l

ar qoldig’i



Majburiy zaxira

Kredit-

lash qudrati



Kredti potentsia-li

Majburiy zaxira

Kredit poten-tsiali

Foizd a

summa

Foizd a

summa

1.Talab qilinguncha

depozit


51552,0

20

10310,4

41241,6

498488

20

99698

398790

2.Jamg’arma depozitlar

22,0

20

4,4

17,6

35

20

7

28

3.Muddatli depozitlar

30000,0

20

6000,0

24000,0

10160

20

2032

8128

4.Banklararo kredit

72718,3

--

--

72718,3

154256,0

--

--

154256,0

5.Markaziy bank krediti

--

--

--

--

--

--

--

--

Jami

154292




16314,8

137977,3

662939




101737

1161202

Jadvaldan ko’rinadiki, bank resurslarida asosan talab qilinguncha depozitlar va muddatli depozitlarini ulushi kattadir.

Tijorat banki yiqqan resurslarining qariyb 20 foizini majburiy zaxiralar fondiga o’tkazadigan bo’lsa, u 80 foiz resursini va yana uning likvidligini ta’minlash uchun rezervlarni tashkil qiladigan bo’lsa, u jalb qilgan resurslaridan 60-70 foizini o’zining aktiv operatsiyalarini amalga oshirish uchun yo’naltirishi mumkin.

Tijorat banki tomonidan jalb qilingan resurslardan majburiy rezervlarga o’tkaziladigan mablag’larni yanada ko’proq quyidagi tijorat banki bo’limi misolida ko’rib chiqamiz.



5-jadval

Tijorat banki bo’yicha majburiy zaxiralarga o’tkazilishi lozim bo’lgan mablag’lar (1.03.2002 y)





Mablag’lar tarkibi

Balans hisob varag’i

Mablag’ qoldig’i

Majburiy zaxira

Deponentlashtiri ladigan summa

1. Talab qilib olinadigan

depozitlar



20200-20202,

20206, 20296



381791

20

76358

2.Jamg’arma depozitlar

20400-20402,

20406


0

20

0

3.Muddatli depozitlar

20600-20602,

20606


0

20

0

4.Boshqaruv cheklari

21202

0

20

0

5.Mijozlarning akkredetiv bo’yicha depozitlari

22602

0

20

0

6.Ishonch harajatlar va importga trattalarga akkreditiv bilan birga

depozitlari



22606

0

20

0

7.Respublikaga qarashli byudjet tashkilotlarining mablag’lari

23404

107381

20

21476

8.Maxsus fondlar

23416-17515

0

20

0

9.Mahalliy byudjetdan moliyalashtirish mablag’lari

23424, 23426

0

20

0

10.Mahalliy byudjet

mablag’lari



23430, 23432

11108

20

2222

11.Harakatsiz depozitlar (majburiyatlar)

29842

5138

20

1028

12.Boshqa kreditlar

29846

0

20

0

13.Boshqa majburiyatlar

29896

0

20

0

Jami majburiy rezervga o’tkaziladigan mablag’lar 101084

Yuqoridagi jadvalda tijorat banklari tomonidan jalb qilingan resurslar, ular qaysi manbadan jalb qilinishidan qat’iy nazar, ular bo’yicha majburiy zaxiralar fondiga 20 foiz miqdorida mablag’ o’tkizishi lozimligi ko’rsatilgan.

Tijorat banklari Respublika Markaziy bankiga depozit qo’yadigan majburiy rezervlar me’yorini belgilash muomaladagi pul massasi hajmini boshqarishning asosiy iqtisodiy usullaridan biri hisoblanadi.

«Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq Markaziy bankda Tijorat banklarining majburiy rezervlari fondini shakllantirishning quyidagi tartibi belgilanadi.

Markaziy bankda depozitga qo’yiladigan majburiy rezervlar fondi tijorat banklarinnig yo’qlab olinadigan, muddatli omonatlar hamda depozitlar bo’yicha

majburiyatlariga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. Bunda jalb etilgan mablag’lar tarkibida quyidagilar hisobga olinmaydi: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bergan kredit resurslari, boshqa banklardan olingan kreditlar: O’zbekiston Markaziy bankining aniq maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun bergan kredit resurslar; Chet el valyutasidagi joriy hisob varaqlarda turgan mablag’lar; Majburiyatlar bo’yicha qo’shilgan, lekin hali to’lanmagan foizlar. Tijorat banklari majburiy rezervlar fondiga qo’yadigan mablag’lar me’yorlarini Markaziy bank boshqaruvi omonatlar va depozitlarni jalb etish muddatlariga qarab belgilaydi.

Markaziy bankdagi majburiy rezervlar fondiga qo’yadigan mablag’larning deponentlash hisob-kitobiga qo’shilishi kerak bo’lgan 29802 balans hisobvarag’i bo’yicha mablag’lar summasi aniqlanayotganda 29802 hisobvarag’i passiv qoldiqda shu hisob varaqning alohida shaxsiy hisob varaqlaridagi passiv qoldiqlar chegirib tashlanishi kerak:

-depozitlar, banklararo markazlashtirilgan kreditlarning qo’shilgan, to’lanmagan foizlari, shuningdek, aktsiyadorlarga to’lanadigan dividendlar.

-bank xodimlariga to’lanishi kerak bo’lgan 29802 hisob varaqda deponentlangan qarz

-banklar foydasidan, shuningdek, byudjetga boshqa soliqlar va majburiy to’lovlar yuzasidan ajratmalar hamda to’lovlar.

Tijorat banklari majburiy rezervlar fondida deponentlashi kerak bo’lgan mablag’lar qoldiqlari hajmini Markaziy bank muassasasi bosh bank joylashgan erda tijorat bankining, jumladan, O’zbekiston hududida joylashgan filiallarning yig’ma balansi bo’yicha tartibga soladi. Markaziy bank farmoyishini olgan tijorat banklarining majburiy rezervlar fondiga ajratmalari mintaqaviy filial joylashgan er bo’yicha tartibga solinadi. Tartibga solish har oyning 1-kunidagi balans bo’yicha amalga qo’yilgan mablag’lar summalarini qo’yilishi kerak bo’lgan mablag’lar hisob varaqlardagi qoldiqlarga hamda amaldagi rezerv talablari me’yorlariga asoslanib amalga oshiriladi.

Ko’rsatilgan sanada tijorat banki (mintaqaviy filial) rezervlarga qo’yilishi kerak bo’lgan mablag’lar xajmi xisob-kitobini chiqaradi, bunda majburiy rezervlar fondi hisob varag’iga amalda qo’yilgan summani ko’rsatib, bu summaning me’yorga etmagan qismi uchun yozilgan to’lov topshiriqnomasi nusxasini, shuningdek, 23416 va 29802 balans hisobvaraqlari ma’lumotlarini ilova qiladi. Bu xujjatlar oyning 1- kuni uchun bank balansini taqdim etish yuzasidan belgilangan muddatda balans bilan birga Markaziy bankka topshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob-kitob ma’lumotlarini tegishli tijorat banki bo’yicha amalda rezervga qo’yilgan mablag’lar hajmi bilan solishtiradi.

Taqdim etilgan hujjatlar ularga mos kelsa, tijorat banki talabni bajargan hisoblanadi. Xujjatlar talabga javob bermagan taqdirda Markaziy bank hisob-kitob taqdim etilgan kunini hisobga olmaganda, ikki ish kuni mobaynida tijorat banki bilan birga tegishli tarzda qayta hisob-kitob qiladi. Bunday hollarda Markaziy bank undan qo’yilgan summa kamomadini to’ldirish uchun topshiriqnoma oladi yoki unga majburiy rezervlar fondiga qo’yilgan mablag’ning ortiqcha qismini qaytarib beradi.

Majburiy rezervlar fondi tijorat bankining vakillik hisob varag’idan pul o’tkazish yo’li bilan shakllantiriladi. Majburiy rezervlar hisobiga daromad keltiruvchi

aktivlarning xilma xil turlari o’tkazilishiga yo’l qo’yilmaydi. Tijorat bankida majburiy rezervlar hisobiga o’tkazish uchun likvid fondlar vaqtincha etishmay turganda Markaziy bank unga kredit berishi mumkin. Bunday kredit berish shartlari kredit shartnomasida belgilab qo’yiladi.

Tijorat banklarining umumiy kreditlash qudratiga quyidagi omillar yig’indisi ob’ektiv ta’sir ko’rsatadi:

-Bankda yig’ilgan jami mablag’larning umumiy hajmi;

-Kreditlash qudrati manbalarining tuzilishi va barqarorligi;

-Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxiralar darajasi;

-Tijorat banklari joriy likvidligini ushlab turish uchun zaxiradan foydalanishga yo’l qo’yilgan hollarda undan foydalanish tartibi;

-Bank majburiyatlarini tuzilishi va umumiy summasi va boshqalarga bog’liqdir.

Quyidagi hollarda kreditlash qudratining samaradorligiga erishish mumkin:

-Likvidlilik minimal darajasi ta’minlansa;

-Kreditlash uchun mavjud barcha mablag’lardan foydalanilsa;

-Kredit resurslardan maksimal darajada yuqori foyda olinsa;

Bank aktivlariga yo’naltirlgan kredit resurslari barqarorligini ta’minlashda mablag’lar, manbalari muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit resurslari ham an’anaviy ravishda o’z va qarz resurslar hisobidan tashkil topadi. Qarz mablag’lari asosiy o’rinni egallab, iqtisodiy belgisiga qarab depozit, jamg’arma omonatlari va pul bozori mablag’lari shaklida bo’lishi mumkin.

Tijorat bankining kreditlash qudratini oshirishda:

-bank mijozlarining sonini oshirish;

-bakning mavjud mijozlarining mablag’larini ko’paytirish;

-bankning tashkiliy tarmog’ini kengaytirish;

-bank muassislari mablag’larini biror maqsadda birlashtirish orqali ko’paytirish va uning samaradorligini oshirishga zamin yaratish mumkin.





Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish