Toshkent moliya instituti sh


Aktsionerlik tijorat banki aktivlari tarkibi



Download 0,49 Mb.
bet78/125
Sana29.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#617069
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125
Bog'liq
4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003

Aktsionerlik tijorat banki aktivlari tarkibi.


(01.01.2000 yil.mln. AQSh dollarida)

Aktivlar moddasi





Summa

Umumiy aktivga
nisbatan,da

Kassa va unga tenglashtirilgan mablag’lar

628

17,4

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi rezerv mablag’lar

326

8,9

Banklararo operatsiyalar

456

12,6

Ssuda va zayomlar

1884

51,9

Ko’chmas mulk va asosiy vositalar

210

5,8

Boshqa aktivlar

125

3,4

Jami aktivlar

3629

100

Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdiki, bank balansining aktivida asosiy o’rinni berilgan ssuda va zayomlar egallab turibdi (51,9 ). Chunki, bankning asosiy daromad manbai shu modda hisoblanadi. Keyingi o’rinda esa, likvidlilik nuqtai nazaridan eng likvid hisoblangan aktiv moddasi: «Kassa va unga tenglashtirilgan mablag’lar» (17,4 ) turibdi va hokazo.


Agar, aktivlar tarkibini bank faoliyatidagi asosiy turlari bo’yicha guruhlashtirsak, u holda quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
Bank aktivlar operatsiyalarida asosiy o’rinni kredit operatsiyalari egallaydi.
Ularning ulushi 19,9 dan 83,25 gacha tashkil etadi.
Bank aktivlarida ikkinchi o’rinni qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar egallaydi (2,15 dan 23,87 gacha)
Uchinchi o’rinda – kassa aktivlari (0,2 dan 12,94 gacha)
Boshqa aktivlar ulushi hisob-kitob xususiyatlaridan kelib chiqib bank operatsiyalarida juda ham keng spektrni egallaydi (2 dan 78 gacha).
Endi tijorat banklarini passiv operatsiyalarini ko’rib chiqamiz. Passiv operatsiyalar tijorat banklari uchun muhim rol o’ynaydilar. Ular yordamidagina banklar pul bozorlarida kredit resurslariga ega bo’ladilar:
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to’rtta shakli mavjud:

      1. Qimmatbaho qog’ozlarni muomalaga chiqarish yo’li bilan resurslarni yig’ish;

      2. Foyda hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;

      3. Boshqa kreditorlarning mablag’larini jalb qilish;

      4. Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.

Tijorat banklarining resurslari bankning o’z mablag’lari, jalb qilingan mablag’lari va emitentlashgan mablag’lar hisobidan shakllanadi. Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o’z mablag’lari yuzaga keladi.
Banklarning o’z mablag’lariga bankning ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag’batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar va
taqsimlanmagan foydasi kiradi. Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko’rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Banklarni tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar, bank aktsiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo’lsa, ustav kapitali yoki fondi aktsiyalar chiqarish va joylashtirish yo’li orqali tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo’li bilan chegaralanmaydi.
Jalb qilingan mablag’lar tijorat banklarining kredit resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning asosiysi talab qilib olinguncha depozitlar, muddatli va jamg’arma qo’yilmalarga bo’linuvchi depozitlardir.
Muddatli depozit schyotlar qat’iy o’rnatgan muddatga ega bo’lib, u bo’yicha egalariga o’rnatilgan foiz to’lanadi. Muddatli depozit schyotlarida saqlanuvchi pul mablag’lariga talab qilinguncha depozitlarga nisbatan majburiy rezervlarga pastroq norma belgilanadi. Mijozlar uchun muddatli depozit schyotlarining yaxshi tomoni ular bo’yicha yuqori foiz olinishidir, bank uchun esa – likvidlilikni kam rezerv bilan ushlab turish mumkinligi. Muddatli depozitlarning mijozlar uchun kamchiligi, uning past likvidliligi va muddatli depozit schyotlaridagi mablag’larni hisob-kitob va joriy to’lovlarga ishlatib bo’lmasligidir. Talab qilib olinguncha depozitlar schyotlarida saqlanuvchi mablag’lar xarakteridan kelib chiqib tasniflanadi: turli mulk shaklidagi korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitob, joriy, byudjet schyotlaridagi mablag’lar; turli fondlarni saqlash bo’yicha maxsus schyotlardagi mablag’lar, kapital qo’yilmalar uchun mo’ljallangan korxonalarning o’z mablag’lari; boshqa banklar bilan hisoblashish bo’yicha korrespondentlik schyotlaridagi mablag’lar, mahalliy byudjet mablag’lari.
Jamg’arma qo’yilmalar ularning hisoblash xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagilarga bo’linadi: muddatli, qo’shimcha qo’yish bilan muddatli, yutuqli, pul buyum yutuqli; shartli; jamg’arma sertifikatlar va boshqalar.
Endi tijorat bankining passivi tarkibini ko’rib chiqamiz.
2-jadval.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish