Toshkent moliya instituti sh


O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning balans jadvali



Download 0,49 Mb.
bet25/125
Sana29.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#617069
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
Bog'liq
4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning balans jadvali


Aktiv

Passiv

Kassadagi mavjud pul

Pul emissiyasi

Oltin va boshqa qimmatbaho metallar

Tijorat banklarining pul mablag’lari

Banklarning korrespondent hisoblari

Xalqaro moliya institutlarining pul mablag’lari

Davlatga qarashli va boshqa qimmatli
qog’ozlar

Hukumat mablag’lari

Hukumatga berilgan ssudalar

Boshqa passivlar

Tijorat banklariga berilgan ssudalar

Ustav sarmoyasi

Nobank institutlariga berilgan ssudalar

Sarmoya qoldiqlari

Boshqa aktivlar

Zahiralar va fondlar




Taqsimlanmagan foyda (daromad)

Jami:

Jami:



"Tijorat Banklari".


Tijorat banki balansining jadvali.
6 - ilova

Aktiv

Passiv

Kassadagi mavjud pul

Talab qilib olinadigan

Boshqa banklardagi "nostro" hisoblari

Jamg’arma omonatlari

Davlat qimmatbaho qog’ozlari

Muddatli depozitlar

Kreditlar

Banklararo kreditlar

Sarmoyalar

Boshqa passivlar

Asosiy pul mablag’lari

hissadorlik kapitali

Boshqa aktivlar

Kapital qoldig’i




Zaxiralar




Taqsimlanmagan foyda

Jami:

Jami:

7 ilova

AQSh tijorat banki balansi.





Aktiv

Summa

Passiv

Summa

Naqd pul va "nostro" hisoblari

22200

Talab qilinib olinadigan depozitlar

58800

Davlat qimmatbaho qog’ozlari

30000

Jamg’arma omonatlari

47000

Shtatlarning qimmatbaho qog’ozlari

28700

Muddatli depozitlar

68600

Davlat muassasalarining
boshqa qimmatbaho qog’ozlari

4100

Jami depozitlar

174400

Sotilgan federal fondlar

600

Sotib olingan federal fondlar

2000

Kreditlar

110140

Zayom (qarz) mablag’lari

4000

"yomon" kreditlarni qoplash uchun zahira

3240

Subordinatsiya veksel-lari va debenturalar

3100

Netto kreditlari

106900

Jami passivlar

183500

Asosiy vositalar

8940

hissadorlik kapitali

2000

Asosiy vositalarning eskirishi

4740

Kapital qoldig’i

8400

Netto-asosiy mablag’lari

4200

Taqsimlanmagan foyda

5200

To’plangan foiz

1400

Ehtiyotkorlik zahirasi

200

Boshqa aktivlar

1200

Jami o’z sarmoyasi

15800

Jami aktivlar

199300

Passivlar va sarmoyaning jami

199300

Quyidagi tayanch so’zlarga ta’rif bering.



Bank ta’sischisi Bank aktsiyadori Bank manfaati Mijoz manfaati Bank paychisi Bank operatsiyalari
Ochiq turdagi aktsiyador bank g’piq turdagi aktsiyador bank Xususiy banklar
Universal banklar
Tijorat bankning funktsiyalari Bank foydasi
Bank zarari
Ustav kapital Bank resurslari Katta bank Kichik bank
Ekvivalent mablag’ Bank turlari
Bank xususiyatlari Rezerv fondlar
Qayta moliyalashtirish stavkasi Foiz stavkasi
Foiz siyosati Brokerlar.

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar





  1. Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi rolini asoslab bering.

  2. Tijorat banklari iqtisodiyotga qaysi jihatlari bilan ta’sir ko’rsatadi?

  3. Xususiylashtirish sharoitida banklarning o’rni va rolini ko’rsating.

  4. Banklar faoliyatini erkinlashtirish deganda nimani tushunasiz?

  5. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslarini keltiring.

  6. Qanday shartlar bajarilganda banklar faoliyatini olib borishga litsenziya beriladi?

  7. Litsenziya chaqirib olinishi mumkinmi?

  8. Markaziy bank bilan tijorat banlarining munosabatlarini keltiring v asoslang.

  9. Tijorat banklarining ustav kapitaliga qo’yiladigan talablarni tushintirib bering.

  10. Tijorat banklarining funktsiyalarini keltiring.

  11. Tijorat banklarining balansi va uning tarkibiy qismlari, ularning mutanosibligini tushuntiring.
  1. BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLIShDA IQTISODIY NORMATIVLARNING O’RNI



  1. §. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan iqtisodiy normativlarning takomillashib borishi

Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi munosabati bilan yangi banklarni shakllantirish, ularni nazoratini rivojlantirish masalasi keskin darajada ko’ndalang bo’lib turadi. Bugungi kunda Respublika hududdida 36 ta turli xil mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston bank tizimini qayta qurish mustaqil davlat iqtisodiy tizimini muhim yo’nalishlaridan biri bo’ldi. Xo’jalik mexanizmining bir maromda faoliyat yuritishi barqaror ishlaydigan banklar milliy tizimini taqozo etadi va iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida sifat jihatidan butunlay yangi bank tizimi hamda bank nazoratini tub asosini yaratish va qurish uzluksiz davom ettirilmoqda.
Mamlakatimizning rivojlangan bank tizimini shakllantirish, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan moliya siyosatining mahsuli bo’lishi kerak.
Banklar ustidan nazorat qilish, ular faoliyatida muayyan cheklashlarni o’rnatish iqtisodiy erkinlikka zid bo’lgan holat sifatida qaralishi mumkin. Lekin jahonning ko’pgina rivojlangan davlatlarida banklar, shuningdek, boshqa moliya tashkilotlarining faoliyatlari ko’p darajada davlat tomonidan tartibga solinadi. Boshqacha qilib aytganda, hatto rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy sektor jiddiy ravishda tartibga solinar ekan, o’tish davrida buni to’la oqlash mumkin.
Biroq bozor sharoitida moliyaviy sektorni tartibga solish tovarlar va xizmatlar narxiga ta’sir ko’rsatish uchun bozor mexanizmlariga etarli darajada harakat erkinligini berish, shuningdek, mayda-chuyda narsalarga aralashishdan voz kechish bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
To’g’ri, bank faoliyatini tartibga solish haddan tashqari bo’ladigan va raqobatning rivojlanishiga xalaqit beradigan omilga aylanadigan chegarani belgilash oson emas. Shuning uchun jahonda umumiy qabul qilingan printsiplar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo’llaniladi.
U yoki bu bankning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga majbur qilish uchun nazorat organi ixtiyorida ta’sir ko’rsatish choralarining muayyan to’plami bo’lishi kerak. Bizning yangi bank qonunlarimizga ko’ra turli vaziyatlarda foydalanish mumkin bo’lgan darajalangan choralar majmui ko’zda tutilgan. Jumladan, iqtisodiy me’yorllarni o’zgartirish, majburiy rezerv fondini oshirish, ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishni ta’qiqlab qo’yish, hissadorlarga dividentlar to’lashni to’xtatib qo’yish, bank ustidan vasiylik o’rnatish kabilardir. Eng so’nggi chora esa ularga berilgan ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qaytarib olishdan iboratdir.
Tijorat banklarini nazorat qilish deganda banklarning barqarorligini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi.
Davlatning pul-kredit siyosati, xususan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish siyosati qonun hujjatlari, hukumat qarorlari, Markaziy bankning yo’riqnomalari
asosida amalga oshiriladi. huquqiy me’yorlar banklar uchun majburiy bo’lgan cheklovlar va faoliyatining qat’iy chegaralarini belgilab beradi. Bu esa, bank yomon, sifatsiz boshqarilgan taqdirda jiddiy zararlar yuzaga kelishining oldini oladi. Bank faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslarining mustahkam emasligi banklarning bankrot bo’lishiga va umumiy nobarqarorlikni yuzaga kelishiga olib keladi.
Bank tizimini ishonchli tarzda himoya qilishni ta’minlaydigan huquqiy tartibga solish me’yorlarini yaratish lozim. Masalan, iqtisodiy normativlar barcha tijorat banklariga nisbatan bir xil tarzda qo’llanilishi lozim. Aks holda, ayrim banklar erkin raqobat muhitidan chetga chiqib qoladi.
Respublikamizda bank nazoratining rivojlanish tarixi milliy bank tizimimizning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Milliy bank tizimining rivojlanishi bilan bank nazorati ham takomillashib bordi. Shu jarayonni bank nazoratining asosi bo’lgan iqtisodiy me’yorlarning rivojlanishi misolida ko’rib chiqamiz.
Mustaqil respublikamizda dastlabki iqtisodiy me’yorlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliti to’g’risida»gi qonun talablaridan kelib chiqib yaratilgan bo’lib, keyinchalik ular takomillashtirildi.
Respublika Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining balans likvidliligini doimo ta’minlab borish yoki ularning o’z oldilaridagi majburiyatlarini o’z muddatida amalga oshirishlariga erishish, omonatchilarni manfaatlarini himoya qilish hamda, qisqacha ta’riflaganda Respublikada barqaror bank tizimini yaratish maqsadida 1992 yil 2 avgustdagi Markaziy bankning 10-sonli qoidasiga asosan tijorat banklari faoliyatini tartibga solib turish uchun iqtisodiy normativlar o’rnatildi.
Mazkur qoidaga binoan tijorat banklari uchun dastlabki 8 ta iqtisodiy normativlar belgilandi. Bular tarkibiga quyidagilar kiritildi:

  • N1 – bank sarmoyasining riskni hisobga olib chamalangan aktivlarning jami miqdoriga nisbati ko’rsatkichi (eng kami 0,05)

  • N2 – bank sarmoyasini yuqori riskli aktivlar miqdoriga nisbati ko’rsatkichi (eng kami 0,15)

  • N3 – bank sarmoyasi uning majburiyatlariga nisbati ko’rsatkichi (eng kami 0,2)

  • N4 – banklar jalb etgan fuqarolar omonatlarini bank sarmoyasiga nisbati (eng yuqorisi 1,00)

  • N5 – joriy likvidlilik ko’rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun 0,20, boshqa banklar uchun 0,30)

  • N6 – o’rta muddatli likvidlilik ko’rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun eng yuqorisi 1,50, boshqa banklar uchun 1,00)

  • N7 – uzoq muddatli likvidlililk ko’rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun 0,20, boshqa banklar uchun 0,30)

  • N8 – bir qarz oluvchiga to’g’ri keladigan kreditning eng yuqori miqdori ko’rsatkichi (eng yuqorisi 0,50).

Bundan tashqari, tijorat banklarining aktivlari ularning risk darajasiga qarab 6 guruhga ajratiladi.





    1. guruh– riskdan xoli bo’lgan aktivlar.

    2. guruh – risk darajasi kam bo’lgan aktivlar.

3-6 guruhlar – risk darajasi yuqori bo’lgan aktivlar.

Tijorat banklari uchun iqtisodiy normativlarning o’rnatilishi – bu avvalo Markaziy bank tomonidan samarali bank nazoratini olib borishga erishish, tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan muammolarni oldindan aniqlash va qolaversa barqaror bank tizimini yaratishda eng muqim instrumentlardan biri bo’ldi.


Lekin Respublikamizda banklar faoliyatining rivojlanib borishi, ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmat turlarining kengayib borishi va boshqa omillarni e’tiborga olgan holda Respublika Markaziy banki (1995 yil 2 avgustdan 10-sonli) «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish» qoidasini qaytadan ishlab chiqdi va joriy etdi.
Ushbu qoidani oldingisidan farqli tomoni shundan iborat ediki, avvalam bor, tijorat banklari uchun qo’yiladigan talablar bir muncha kuchaytirildi. Bular: birinchidan, yangidan tashkil etilayotgan banklar uchun o’rnatilgan ustav sarmoyasining eng kam miqdori minimal oshirildi. Ikkinchidan, tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezerv fondi ajratmasining miqdori ham oshirildi.
Uchinchidan, qisqa muddatli likvidlilik ko’rsatkichini aniqlovchi 3 xil me’yor o’rnatildi.

  • 30 kundan 90 kungacha bo’lgan kreditlar va shu muddatdagi depozitlar bo’yicha ko’rsatkich.

  • 90 kundan 180 kungacha bo’lgan kreditlar va shu muddatdagi depozitlar bo’yicha ko’rsatkich.

  • 180 kundan 1 yilgacha bo’lgan kreditlar va shu muddatdagi depozitlar bo’yicha ko’rsatkich.

Bank sarmoyasiga bo’lgan talablar yuqori riskli bank aktivlarini chegaralashi bank majburiyatlarining o’z o’zidan chegaralanishiga olib kelishini nazarda tutib, bank sarmoyasining bank majburiyatlariga nisbati ko’rsatkichi bekor qilindi.
Barchamizga ma’lumki, keyingi davrga kelib bank tizimida, xususan banklarni nazorat qilish borasida yangi huquqiy asoslar yaratildi, ya’ni bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida» hamda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» yangi tahrirdagi, jahon andozalari talablariga to’lib javob beradigan qonunlar qabul qilindi.
Bundan tashqari, qonun hujjatlari asosida Markaziy bank tomonidan 1996 yilning iyul oyidan boshlab bank aktivlari sifatini tasniflash tartibi ishlab chiqildi.
1997 yilning mart oyidan boshlab esa dunyoga mashhur bo’lgan «Artur Andersen» firmasi ko’magida ishlab chiqilgan va banklar hisobotining xalqaro andozalariga mos bo’lgan buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasi joriy etildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublika Markaziy banki tomonidan 1997 yilning fevral oyidan boshlab banklar faoliyatini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat bo’lgan «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish» qoidasi Bazel qo’mitasi tomonidan o’rnatilgan standart va talablarni inobatga olgan holda qaytadan mukammal tarzda ishlab chiqildi.
Mazkur yangi qoidaga asosan bank sarmoyasiga nisbatan qattiqroq bo’lgan talablar o’rnatildi.
Banklarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi bajaradigan operatsiyalarining tobora rivojlanib borishi hamda ularni investitsion jarayonlarini kengayib borishidan kelib chiqqan holda qo’shimcha ravishda «Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlari uchun quyilmalar» va «Banklarning o’z mablag’laridan invsittsiyalarda foydalanish me’yori» ko’rsatkichi kabi yangi me’yorlar kiritildi.
Yangidan o’rnatilgan iqtisodiy normativlar quyidagilardan iborat:

    • Yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat ko’rsatayotgan banklarning eng kam nizom fondi miqdorini o’rnatish;

    • Sarmoyaning etarlilik koeffitsienti;

    • Bank sarmoyasi bilan uning majburiyatlari o’rtasidagi nisbat ko’rsatkichlari;

    • Bank balansi likvidliligi ko’rsatkichi;

    • Bir qarz oluvchiga to’g’ri keladigan riskning eng katta hajmi;

    • Barcha «katta» kreditlarga to’g’ri keladigan riskning eng yuqori hajmi;

    • Bir omonatchiga to’g’ri keladigan riskning eng katta miqdori;

    • qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalarda o’z mablag’laridan foydalanish ko’rsatkichi;

    • Daxldor shaxslar bilan ish olib borish.

Tijorat banklarida kapitalning etarliligi, aktivlarning sifati, foydaliligi va likvidliligiga qarab ularning moliyaviy ahvoli baholanadi, nochor banklar aniqlanadi. Ana shu ko’rsatkichlarning har biri bo’yicha chekli qiymatni aniqlash Markaziy bank va uning hududiy Bosh Boshqarmalariga bank muassasasini sog’lomlashtirish yoki uning beozor tarzda tugatish imkonini beradi.
Shulardan kelib chiqqan holda, tijorat banklarining asosiy vazifasi – iqtisodiy me’yorlarga rioya etishdan, kapital va likvid mablag’larni etarli darajada saqlashdan, shubhali va amal qilayotgan aktivlarga nisbatan rezervlarni vujudga keltirishdan, shuningdek mahrum bo’lish xavfini kamaytirish maqsadida aktivlarni diversifikatsiyalashdan iboratdir.
Quyida ilk bor belgilangan iqtisodiy me’yorlarning har biriga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish