Toshkent moliya instituti sh



Download 0,49 Mb.
bet64/125
Sana29.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#617069
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Bog'liq
4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003

I.Foizli xarajatlar jami

100

100

100

1.Depozitlar uchun foizlar

8,9

8,1

13,4

2.Banklararo kreditlar uchun foizlar

89,4

94,8

86,6

3.Qimmatli qog’ozlarga to’langan foizlar

0

0

0

4.Boshqa foizli xarajatlar

1,7

0,1

0

II.Foizsiz xarajatlar

100

100

100

1.Komission xarajatlar

11,2

10,8

11,2

2.Xorijiy valyuta operatsiyalaridan ko’rilgan zarar

0

0

0

3.Qimmatli qog’ozlardan ko’rilgan zarar

0

0

0

4.Ish haqi xarajatlari

22,4

21,3

24,5

5.Amortizatsiya xarajatlari

6,5

6,5

7,6

6.Soliqlar va boshqa majburiy xarajatlar

21,1

19,2

19,9

7.Boshqa foizsiz xarajatlar

29,9

37,2

30,7

Jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, bankning foizli xarajatlari ichida asosiy o’rinni banklararo kreditlar uchun foizlari egallaydi. Foizsiz xarajatlar ichida asosiy o’rinni ish haqi xarajatlari, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar egallaydi.


Yuqoridagilardan kelib chiqib‚ bank xarajatlarini yanada kengroq tasniflaydigan bo’lsak‚ ularni quyidagi asosiy qismlarga bo’lish mumkin:

  1. Foizli xarajatlar;

  2. Foizsiz xarajatlar;

  3. Ish haqi va xodimlarga boshqa to’lovlar;

  4. Arenda va xizmatlar uchun to’lovlar;

  5. Safarnoma va transport xarajatlari;

  6. Ma’muriy xarajatlar;

  7. Madaniy oqartuv tadbirlar va xayriya harajatlari;

  8. Amortizatsiya xarajatlari;

  9. Sug’urta, soliqlar va boshqa xarajatlar.




  1. Foizli xarajatlar o’z navbatida quyidagi qismlarga bo’linadi:

    • Talab qilib olguncha depozitlar bo’yicha foizli xarajatlar;

    • Jamg’arma depozitlar bo’yicha foizli xarajatlar;

    • Muddatli depozitlar bo’yicha foizli xarajatlar;

    • Markaziy Bank oldidagi to’lovlar bo’yicha foizli xarajatlar;

    • Boshqa banklar oldidagi to’lovlar bo’yicha foizli xarajatlar;

    • Bankning yopilmagan aktseptlari bo’yicha foizli xarajatlar;

    • Qisqa muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar;

    • O’rta muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar;

    • Uzoq muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar;

    • Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizli xarajatlar;

    • Boshqa foizli xarajatlar;

  2. Foizsiz xarajatlar esa o’z ichiga quyidagilarni oladi:

    • Barcha komission xarajatlar;

    • Chet el valyutasidagi zarar;

    • Tijorat operatsiyalari bo’yicha xarajatlar;

    • Investitsiyalar bo’yicha zararlar;

    • Boshqa foizsiz xarajatlar.

  3. Ish haqi va xodimlarga boshqa to’lovlar deganda quyidagilar ko’zda tutiladi:

    • Ish haqi;

    • Xodimlar uchun imtiyozlar;

    • Meditsina bilan bog’liq xarajatlar;

    • Ijtimoiy-sug’urta jamg’armasiga to’lovlar;

    • Sotsial himoya xarajatlari;

    • Mehnat birjasi, ya’ni bandlilik fondi va boshqa fondlarga vznoslar;

    • Xodimlarga boshqa xarajatlar.

  4. Arenda va xizmatlar uchun (xo’jalik) xarajatlariga quyidagilar kiradi:

    • Arenda to’lovi;

    • Suv uchun to’lov;

    • Elektro-energiya uchun to’lov;

    • Ta’mirlash va xo’jalik xarajatlari;

    • Qo’riqlash bo’limiga to’lov.

  5. Safarnoma va transport xarajatlariga quyidagilarni kiritish lozim:

    • Safar xarajatlari;

    • Uy-joy xarajatlari;

    • g’qilg’i xarajatlari;

    • Transport uchun qilinadigan boshqa xarajatlar.

  6. Ma’muriy xarajatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • Reklamalar;

    • Kantselyariya va ofis uchun olinadigan buyumlarga xarajatlar;

    • Pochta, telefon, faks xarajatlari;

    • Tipografiya uchun, kitob va jurnallar, gazetalar sotib olish uchun qilinadigan xarajatlar.

  7. Madaniy tadbirlar va xayriya xarajatlariga quyidagilar kiradi:

    • Madaniy tadbirlar uchun xarajatlar;

    • A’zolik vznoslari;

    • Xayriya xarajatlari;

  8. Amortizatsiya xarajatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • Bank binosining eskirishi;

    • Bank binosi narxining o’sishi;

    • Transport eskirishi;

    • Mebel va boshqa qo’llanmalarning eskirishi;

    • Nomoddiy aktivlarning eskirishi;

    • Arendaga berilgan asosiy vositalarning eskirishi;

    • Arendaga bo’lgan huquq va arendaga olingan ob’ektni ta’mirlashning eskirishi.

  9. Sug’urta, soliqlar va boshqa xarajatlarga quyidagi xarajatlarni kiritishimiz mumkin:

    • Yuridik va auditorlik xizmatlar uchun to’lovlar;

    • Konsalting xizmatlar uchun to’lovlar;

    • Sug’urta xarajatlari;

    • Soliqlar;

    • Jarima va ustamalar;

    • Boshqa operatsion xarajatlar;

    • Ko’zda tutilgan zararlar qiymati;

    • Daromad solig’i.

Yuqorida sanab o’tilgan xarajatlarning har biri ham yana bir necha qismlarga bo’linadi. Masalan, talab qilib olguncha depozitlarga foizli xarajatlarning o’zi quyidagilarga bo’linadi:
✶Hukumat depozitlari bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Byudjet korxonalari bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Jismoniy shaxslar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Xususiy korxona va korporatsiyalar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Davlat korxonalari bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Qo’shma korxonalar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Individual tadbirkorlar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Bank bo’lmagan moliya muassasalari bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Boshqa mijozlar bo’yicha foizli xarajatlar.
Xo’jalik yurituvchi subektlarning shu 10 ta turi bo’yicha jamg’arma depozitlar bo’yicha foizli to’lovlar va muddatli omonatlar bo’yicha foizli xarajatlarni ham bo’lish mumkin.

    • Markaziy bank oldidagi to’lovlar bo’yicha foizli to’lovlar o’z navbatida 3 guruhga bo’linadi:

✶ Markaziy bank vakillik hisobvarag’i bo’yicha «Vostro» to’lovlari;
✶Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i bo’yicha «Nostro, overdraft» to’lovlari.
✶Markaziy bank depozitlari bo’yicha foizli to’lovlar.

  • Boshqa banklar hisobraqamlari bo’yicha foizli to’lovlar o’z ichiga quyidagilarni oladi:

✶Boshqa banklarning vakillik hisobraqamlari bo’yicha «Vostro» to’lovlari;
✶Boshqa banklardagi vakillik hisobraqamlari bo’yicha «Nostro, overdraft» to’lovlar;
✶Boshqa banklarning depozitlari bo’yicha foizli xarajatlar.

    • Bankning yopilmagan aktseptlari bo’yicha foizli xarajatlari mahalliy va chet ellik mijozlar bo’yicha yopilmagan aktseptlarga bo’linadi.

    • Qisqa, o’rta va uzoq muddatli ssudalar bo’yicha foizli to’lovlarni har birini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin. Bular:

✶Markaziy bankka to’lanadigan (qisqa, o’rta, uzoq) muddatli ssudalar bo’yicha foizli to’lovlar;
✶Boshqa banklarga to’lanadigan (qisqa, o’rta, uzoq) muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Davlatga to’lanadigan (qisqa, o’rta, uzoq) muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Individual tadbirkorlarga to’lanadigan ssudalar bo’yicha foizli to’lovlar;
✶Jismoniy shaxslarga to’lanadigan (qisqa, o’rta, uzoq) muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Qo’shma korxonalarga to’lanadigan (qisqa, o’rta, uzoq) muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Davlat korxonalariga to’lanadigan (qisqa, o’rta, uzoq) muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Xususiy korxonalarga to’lanadigan (qisqa, o’rta, uzoq) muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Boshqa kreditorlarga to’lanadigan (qisqa, o’rta, uzoq) muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar.

    • Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizli xarajatlar 3 ga bo’linadi:

✶Chiqarilgan obligatsiyalar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Chiqarilgan jamg’arma sertifikatlar bo’yicha foizli xarajatlar;
✶Chiqarilgan depozit sertifikatlar bo’yicha foizli xarajatlar.
Endi foizsiz xarajatlarga o’tadigan bo’lsak, faqat komission xarajatlarning o’zigina quyidagilarga bo’linadi:
✶O’zRMB xizmatlari uchun komission xarajatlar;
✶Boshqa banklar xizmatlari uchun komission xarajatlar;
✶Qimmatli qog’ozlarni oldi-sotdi komission xarajatlari;
✶Qimmatbaho metallarni oldi-sotdi komission xarajatlari;
✶Veksellar sotib olishdagi xizmatlar uchun xarajatlar;
✶Investitsiyalarni joylashtirishdagi xizmatlar uchun xarajatlar;
✶Akkreditiv va aktseptlardagi xizmatlar uchun xarajatlar;
✶Overdraft bo’yicha xarajatlar;
✶Ssudalar bo’yicha komission xarajatlar;
✶Ssuda majburiyatlari bo’yicha komission xarajatlar;
✶Menejment bo’yicha komission xarajatlar;
✶Mahalliy to’lovlar uchun komission xarajatlar;
✶Chet el to’lovlari bo’yicha komission xarajatlar;
✶Inkasso operatsiyalari o’tkazganlik uchun komission xarajatlar;
✶Garantlar va kafilliklar bo’yicha komission xarajatlar;
✶Boshqa xizmatlar uchun komission xarajatlar.

    • Chet el valyutasida zarar 2 ga bo’linadi:

✶«Spot»shartnomalari bo’yicha zarar;
✶Forvard /optsion/ fyuchers bo’yicha zarar;

    • Tijorat operatsiyalari bo’yicha zarar ikki xil bo’ladi:

✶Qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalardan zarar;
✶Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalardan zarar;
Bu xarajatlarning barchasi bank balansining 5-bo’limida, ya’ni «xarajatlar» bo’limida aks etadi va barcha xarajat hisobraqamlari aktiv hisobraqam hisoblanadi.

    1. Download 0,49 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish