Toshkent moliya instituti sh


§. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsadi va faoliyati



Download 0,49 Mb.
bet3/125
Sana29.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#617069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Bog'liq
4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003

§. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsadi va faoliyati


asoslari


Markaziy bank bank tizimining bosh banki bo’lib, pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasadir. 1995 yil 21 dekabrda «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» gi Qonuni qabul qilindi.
Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O’zbekiston Respublikasining Markaziy Banki to’g’risida»gi Qonunning 1-moddasida belgilangan: «O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki yuridik shaxs bo’lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki - iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o’z harajatlarini o’zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga ega.»
Qonunning 3-moddasida «Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat» deb qayd qilinadi. Narxlarning barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo’lishiga erishishni ko’zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning o’rini juda muhim ekanligini belgilaydi.
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo’lishi va moliya muassasalari faoliyatining ishonchliligi pul-kredit hamda valyuta siyoati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishdagi uning mustaqilligini xuquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat xalq xo’jaligini kreditlash ko’rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kredit hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo’li bilan tartibga solish, valyuta-kredit siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosati sohasi bo’lib hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiradi. Bu holat Qonunning 6-moddasida «Markaziy bank o’z vakolatlari doirasida qaror qabul qilishda mustaqildir» deb tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Qonunning 2-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko’chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o’tkazish imkoniyatini beradi.
Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko’rsatadigan hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning bevosita nazorati va ta’sirida bo’lmagan turli omillar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy maqsadiga erishishini murakkablashtirishi mumkin. Shunga qaramay, chet el tajribasi ko’rsatadiki, aynan Markaziy bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo’nalishini, birinchi galda, pulning qadrsizlanish sur’atini va valyuta kursini belgilashni idora qiladi.
Qonunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir qatorda, uning uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug’ullanish, muassasa yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko’rsatish ta’qiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok qilishga ruxsat etilmaydi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank o’z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko’rishi lozim.

      1. Download 0,49 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish