Multiplikatsiya jarayoni va uni majburiy zahira tomonidan cheklanishi quyidagi ko’rinishga ega.
Banklar
|
Depozit
|
Kredit (2-4)
|
Zahira (2*20/100)
|
Bank A
|
1000
|
800
|
200
|
Bank B
|
800
|
640
|
160
|
Bank V
|
640
|
512
|
128
|
Bank S
|
512
|
409,6
|
102,4
|
JAMI
|
5000
|
4000
|
1000
|
A bankdagi dastlabki depozit 1000 birlikning 20%i (200 birlik) majburiy zaxira sifatida Markaziy bankka o’tkazilgandan keyin tijorat bankining kredit berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin boshqa bankda depozitga aylanishi mumkin. Masalan, ushbu berilgan kredit summasi B bankining mijozi bo’lgan mahsulot etkazib beruvchining hisobvarag’iga sotuvdan tushum shaklida kelib tushadi. A bankning krediti B bankda depozitni vujudga keltiradi. B bank bu depozitdan kredit beradigan bo’lsa, majburiy zahirani hisobga olgan holda (800*20/100) uning miqdori 640 (800-160) birlikka teng bo’ladi. Ushbu jarayonni oxirigacha (ya’ni depozit va kreditlarning to’liq ishlatilishigacha) tasavvur qiladigan bo’lsak, 1000 birlikda shakllantirilgan dastlabki depozit miqdori, majburiy zahira darajasi 20% bo’lganda barcha banklar bo’yicha 5000 birlikkacha, 800 birlikka teng bo’lgan dastlabki kredit miqdori esa 4000 birlikka o’sishi mumkin.
Agar majburiy zaxira yo’q deb taxmin qilinsa nazariy jihatdan depozit multiplikatsiyasi va kredit ekspantsiyasi cheksizlikka teng va teskarisi, majburiy zahira 100% bo’lgan taqdirda depozit multiplikatsiyasi 0ga teng bo’ladi.
Depozit (yoki kredit) multiplikatsiyasining maksimal miqdori yoki chegarasini hisoblash uchun quyidagi matematik formuladan foydalaniladi.
Д Д 1
0 R
Bunda:
D – bank tizimida shakllantirilish mumkin bo’lgan depozitning maksimal miqdori;
D0 – dastlabki depozit;
R – depozit birligiga teng keladigan likvidlilik zahirasi.
Yuqorida keltirgan misolimizda depozit multiplikatsiyasi koeffitsenti 5 yoki 5000 birlikka (D=1000*(1/2)), kredit multiplikatsiyasi koeffitsenti esa 4 yoki 4000 birlik (Kq800*(1/0,2))ka teng.
Multiplikatsiya darajasi majburiy zahira darajasiga teskari mutanosib ravishda o’zgaradi, demak majburiy zahira darajasi oshsa, bank tizimining kredit salohiyati imkoniyatlari ham kamayadi.
Depozit multilikatsiyasi va kredit ekspantsiyasi g’oyasi quyidagi iqtisodiy zaruriyatni keltirib chiqaradi: har qanday tijorat banki depozitlarni qabul qila turib, o’z mijozlari oldidagi majburiyatlarni bajarishlari uchun uning ma’lum bir qismini
likvidlilik zaxirasi sifatida saqlashlari lozim. Shu bois tijorat banklarining kredit berish salohiyati miqdori bank tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar, majburiy zaxira va likvidlilik zaxirasi hajmiga bog’liq. Kredit potentsiali (salohiyati) miqdori (Ks)ni qisqacha holda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
Ks=D-Mz-Lz Bu erda:
D – jalb qilingan mablag’lar; Mz – majburiy zaxira miqdori;
Lz – likvidlilikni ta’minlash bo’yicha zahiralar. Shunday qilib tijorat banklarining kredit salohiyatiga:
bankka jalb qilingan mablag’larning umumiy miqdori;
Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxira darajasi;
Joriy likvidlilikni saqlash maqsadida tashkil qilingan zahira va undan foydalanish tartibi;
Kredit salohiyati manbalarining tarkibi va barqarorligi;
Bank majburiyatlarining tarkibi va umumiy miqdori kabi omillar ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |