Ko’rsatilayotgan
xizmatlar uchun komission to’lovlar
14365
144708
Boshqalar
32256
42478
Jami daromadlar
155869
309473
Xarajatlar
128062
205192
Foyda
27807
104281
Yuqoridagi 1-jadval raqamlaridan ko’rinadiki, Tijorat bankning o’tgan bir yil davomidagi natijalari ijobiy. Bu bank daromadlari bir necha barobar oshgan. Bu esa mijozlarning bankka bo’lgan ishonchini orttiradi.
Bank daromadlarini hisoblashning bir necha yo’llari mavjud. Ya’ni, har bir operatsiya bo’yicha daromad o’ziga xos tarzda keladi. Xususan, kredit berish operatsiyalarida daromad qarzga berilgan summadan ma’lum foizlar ko’rinishida keladi. Foizlar qanday to’lanishi va uning qancha summani tashkil etishi shartnomada belgilab beriladi. Qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda daromad o’zining va boshqa emitentlar aktsiya kurslarining o’sishi natijasida yuzaga keladi. Bu erda daromadni aniqlashda aktsiyalar kursining ular kapital qiymatlaridan qancha farq qilishi orqali, ya’ni real kurs qiymatidan nominal qiymatni ayirish yordamida topiladi. Umuman, ushbu turdagi daromad haqida gapirganda shuni aytish kerakki, bu erda daromad aktivlar qiymatining o’sishida namoyon bo’ladi. Ya’ni, naqd pul shaklidagi daromad kelmasdan, balki bank egalik qilayotgan aktivlar qiymati oshadi.
Bankning boshqa ko’pgina turdagi operatsiyalaridan daromad komission to’lovlar shaklida keladi. Ya’ni, ko’rsatilgan xizmat uchun mijoz bankka ma’lum summani to’laydi. Daromad miqdorini hisoblash uchun mijoz bilan bank orasida ko’rsatilgan xizmatga shartnomada belgilangan haqni olish kerak. Komission to’lovlar summasi ko’rsatiladigan xizmat turiga, xizmat ko’rsatish davrida bo’lishi mumkin bo’lgan riskka e’tibor qilgan holda belgilanadi. Banklar komission to’lovlarni ko’pincha passiv operatsiyalarda oladilar. Bank tizimimizda komission to’lovlar asosan yuridik va jismoniy shaxslar hisobraqamlarini yuritish orqali keladi.
Hozirda zamonaviy bank tizimida barqaror va katta daromad keltiruvchi ba’zi xizmatlar o’zimizda qo’llanilmaydi. Bu esa bank faoliyatini amalga oshirishda hali foydalanilmayotgan rezervlar borligidan dalolat beradi.