Aktsioner tijorat bankining boshqaruv organlari
4-chizma
Respublika Tijorat banki boshqarma va markazlari.
G’aznachilik
|
|
Filiallar faoliyatini nazorat qilish va koordinatsiya markazi.
|
|
Kredit operatsiyalar markazi
|
|
Metodologiya markazi.
|
|
Bank operatsiyalari boshqarmasi
|
|
Qimmatbaho qog’ozlar boshqarmasi.
|
|
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi
|
|
Qurilish va kapitalni moliyalashtirish boshqarmasi
|
|
Yuridik boshqarmasi.
|
|
Tashqi aloqalar boshqarmasi
|
|
Moliya boshqarmasi
|
|
Loyihalarni moliyalashtirish boshqarmasi
|
|
Kompyuterlashtirish va informatsiya boshqarmasi
|
|
Pul muomalasi boshqarmasi
|
|
Kadrlar boshqarmasi
|
|
Kichik va o’rta biznesni kreditlash boshqarmasi
|
|
Xavfsizlik boshqarmasi
|
|
Kassa boshqarmasi
|
Alohida olingan tijorat bankining tirkibiy tuzilishining keng sxemasi 2 va 3 ilovalarda keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasining etakchi aktsioner tijorat “Paxta Bank” tomonidan 2000 yilda bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun ishlab chiqilgan yillik hisobot ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda “Paxta Bank” tarkibida 13 viloyat boshqarmasi, 184 bo’lim va 61 ta mini-banklar faoliyat yuritmoqda, mamlakatning barcha hududida ko’p tarmoqli, 6,5 mingdan ortiq xodimlari bilan, o’z tarixi va an’analariga ega O’zbekiston Respublikasining nufuzli banklaridan biri hisoblanadi.
O’z navbatida, 56 mingdan ortiq aktsiyadorlariga ega bo’lgan “Paxta Bank” , bugungi kunda, mulkchilik shaklining barcha ko’rinishlaridagi 210 mingga yaqin mijozlariga yuqori saviyadagi zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelayotgan universal bankdir.
Aktsiyador tijorat banki filialining tashkiliy tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin. (5-chizma)
Aktsiyador tijorat banki filialining tashkiliy tuzilishi
Bank boshqaruvchisi
Huquq masalalari bo’yicha maslahatchi
Boshqaruvchi o’rinbosari Boshqaruvchi o’rinbosari
Buxgalteriya
Pul muomalasi
G’azna operatsiya bo’limi
Xalqaro operatsiyalar boshqarmasi (bo’limi)
Umumiy bo’lim
Avtomatlashti-rish va kompyuterlash- tirish bo’limi
Amaliyot boshqarmasi (bo’limi)
Reja iqtisod bo’limi
Qisqa va uzoq muddatli kreditlash va moliyalashtirish boshqarmasi (bo’limi)
Elektron to’lovlar bo’limi
35
Yuqorida keltirilgan bankning tashkiliy tuzilishi aksariyat banklar uchun o’xshash bo’lib tijorat banklarining joylanishi o’rni, xizmat ko’rsatadigan mijozlarning faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib ba’zi bir o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
4-ilovada O’zbekiston-Turkiya qo’shma bankining tashkiliy sxemasi keltirilgan bo’lib, xalqaro valyuta-kredit, hisob munosabatlarini keng olib borish xususiyatlarini o’zida kengroq mujassamlashtirgan.
Bank boshqaruv majlisi doimo o’tkaziladi va majlislarda qabul qilinadigan qarorlar berilgan ovoz soniga qarab hal etiladi. Ovozlar tengligida bank boshqaruvchining ovozi hal etuvchi hisoblanadi. Agar, boshqaruv a’zolari yoki boshqaruv raisi boshqaruv qabul qilgan qaroriga norozi bo’lsa, ular o’z fikr va mulohazalarini kengash yoki aktsiyadorlar umumiy yig’ilishiga bildirishlari mumkin.
Bu holatda kuzatuv kengash qarori hal etuvchi hisoblanadi va bank boshqaruvi raisi qarori bilan amaliyotga tatbiq etiladi.
Taftish komissiyasi aktsionerlarning umumiy yig’ilishi tomonidan saylanadi.
Uning tarkibida kuzatuv kengash a’zolari va
bank boshqaruvi a’zolari bo’lishi mumkin emas. Bank boshqaruvi taftish komissiyasiga taftish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etadi. Taftish natijalari bank boshqaruviga topshiriladi.
Tijorat banki taftish komissiyasining asosiy vazifasi bank xodimlarining o’z amallarini suiste’mol qilishlarining oldini olishga qaratilgan.
Taftish komissiyasi bankning yillik hisoboti va balansiga xulosa qiladi. Taftish komissiyasi bank balansi bo’yicha xulosa chiqarmaguncha u aktsionerlarning umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanishi mumkin emas.
Tijorat banklarda hisobot O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan qonun-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ular Markaziy Bankga yoki uning joylardagi boshqarmalariga bankning oylik balansi, choraklik aylanma vedomostini va uning yillik buxgalteriya hisobotini har oyning 1 kunigacha taqdim qilishlari shart. Tijorat banklarining moliyaviy ahvolidan ularning aktsiyadorlari va mijozlari xabardor bo’lmog’i lozim. Shu bois tijorat bankining faoliyat natijasi, moliyaviy holati to’g’risida mijozlarga axborot berish maqsadida ularning aktsionerlar umumiy yig’ilishida tasdiqlangan yillik balansi, hamda foyda va zararlar to’g’risidagi hisoboti, ularning haqqoniyligi to’g’risidagi auditorlik tashkilotlarining xulosasidan keyin matbuotda e’lon qilinishi lozim.
Tijorat banki kredit-hisob operatsiyalarining tezkorligini ta’minlash maqsadida hududdan uzoqda joylashgan mijozlar uchun bank filial va vakolatxonalarini Markaziy Bank ruxsati bilan tashkil qilinishi mumkin. Banklarning vakolatxonalari bank joylashgan hududdan boshqa hududlarda ochilishi mumkin va ular mustaqil balansga ega bo’lmaydilar. Ular bank operatsiyalarini joylarda to’laqonli bajarilishi uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |