Eksperiment yordamida tadqiq qilinayotgan narsaning qandaydir omillari va ularning o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sir aniqlanadi. Bu usulning maqsadi ishchi gipotezalarini inkor etishdir. Ma’lumotlar yig‘ishning bu usuli savdo personalini tayyorlashning yaxshi usulini aniqlashda baholar darajasini aniqlash kabi marketing muammolarini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Kerakli axborotni yig‘ish uchun tadqiqotchi ilgaridan ma’lum bo‘lgan va ishonchli, yangi yaratilgan instrumentariyadan foydalanishi lozim. Kuzatish va eksperiment usuli texnik vocitalar, ya’ni magnitofonlar, foto, video va kinokameralardan foydalanish bilan tasniflanadi. Obzorlar tayyorlash va ayrim hollarda eksperiment anketa so‘rovlari o‘tkazishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |