Vujudga keltirilmoqchi bo’lgan bozordagi barcha iste’molchilar
Raqobatdosh hamda ula o’rnini bosadigan tovarla
iste’molchilari
Potensial iste’molchilar
Shu vaqtgacha ishlatilayotgan tovarlar
turlari va bu tovarlar r
haqida iste’molchilar fikri
Nega ular shu vaqtgacha iste’molchi emaslar?
chizma. Iste’molchilarni o‘rganish tahlili.
Bunday mavqe jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarishga erishish, ularning sifatiga va narxiga to‘la kafolat berish hamda mustahkam moddiy texnika bazasiga suyangan faoliyatni kengaytirish demakdir.
Marketingning maqsadlari
Marketing maqsadlari faoliyatining har bir turi biron yaxshi natijaga erishishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlar majmuasidir. Marketing faoliyatidagi serqirralik aynan shu mazmundagi maqsadlar turini belgilaydi. Maqsadlar esa marketing jarayonining har bir bosqichi uchun belgilangan bo‘lib marketing tamoyillari asosida belgilanadi. Jumladan, bozorga kirishda va unda mustahkam o‘rnashishda qo‘yiladigan asosiy maqsadlar turkumiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot turlarini bozor talabiga mos holda rivojlantirib borish, eng kam moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari xarajatiga erishish, zamonaviy va mustahkam moddiy texnika bazasini bunyod etish va uning ilmiy texnika taraqqiyoti natijalari bilan muntazam rivojlantirib borish va boshqalardir.
Marketing maqsadlari marketing faoliyatini har bir jarayonida ham mavjud bo‘ladi. Agar ishlab chiqarish jarayonida sifatli, arzon va
ishlatilishi bo‘yicha qulay mahsulot yaratish asosiy maqsad hisoblansa, shu mahsulotni tashish va saqlash sharoitlarini mahsulot tannarxiga (bahosiga) qo‘shiladigan xarajatlar turkumida eng kam sarf asosida bo‘lishini ta’minlash, uning sotilishini tezlashtirish asoslarini belgilash ham katta ahamiyatga molik maqsadlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir maqsad, o‘z navbatida, zaruriy usullar yig‘indisi asosida hisob- kitob ishlarini bajarilishini nazarda tutadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida sarf-xarajatlarni hisoblash, xom-ashyo ta’minotida me’yorlar turkumi, mehnatni tashkil qilishda mehnat turlari bo‘yicha haq to‘lashni barpo etish va hokazolar ishlab chiqarishning iqtisodiy tashkiliy usullari hisoblanadi. Savdo jarayonida esa bir kunlik sotish ta’siri va hajmini belgilash uchun olib boriladigan izlanishlar sotishni tashkil qilishga qaratilgan qator me’yoriy hujjatlar (hisob-kitoblar) bilan bog‘liq ishlarning tashkiliy asosini belgilashni nazarda tutadi.
Marketing maqsadlari bevosita bozor turlariga qarab belgilanadi. Agar mahalliy bozorni egallash ishlab chiqaruvchi uchun asosiy maqsad hisoblansa, uni kengaytirish, hududiy va milliy bozorlarga kirib borish, jahon bozoriga chiqish, o‘rnashish va ma’lum turdagi tovar bilan mustahkamlanib olish ishlab chiqaruvchi (korxona, firma) uchun oliy maqsadlardan hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari majmuyi aynan shu yo‘nalishda eng ta’sirli hisoblanadi. Chunki hozirgi kunning dolzarb masalalaridan chetga tovar chiqarishni yo‘lga qo‘yish har bir ishlab chiqaruvchi uchun eng asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Shu bois jahon bozorida savdo qilish sharafli ko‘rsatkich hisoblanishi ham davlatimiz ravnaqi uchun hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |