Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

Takrorlash uchun savollar: 

1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni nima bilan belgilanadi?  

2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish nima? 

3. Ichki auditorni sertifikatlash tartibi qanday? 

4. Ichki nazorat va audit tizimiga qo’yilgan talablar nimalardan iborat? 

5. Ichki nazoratning turlari qanday?  

6. Ichki audit natijalarini umumlashtirish qanday amalga oshiriladi? 

7. Ichki audit hisobotining tuzilishi qanday?  




 

 

210 



13-BOB. ASOSIY VOSITALAR AUDITI 

 

1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi 

 

Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish mijoz-korxona faoliyati 

umumiy  auditining  bir  qismi  hisoblanadi.  Uning  maqsadi  buxgalteriya  hisoboti 

asosiy  vositalar  bo’limining  ishonchliligi  to’g’risida  fikr  shakllantirish  va 

korxonada  asosiy  vositalar  bilan  bog’liq  muomalalarni  hisobga  olish  hamda 

soliqqa  tortish  uslubiyotini  tashkil  etishning  O’zbekiston  Respublikasida  amal 

qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 

 

Asosiy  vositalar  auditi  auditorlik  tekshiruvining  muhim  ob’ektlaridan  biri 

bo’lib,  undagi  o’rganiladigan  masalalar  keng  qamrovli  va  ularning  barchasini 

quyidagicha umumlashtirish mumkin: 

 

asosiy  vositalar  mavjudligi  va  saqlanish  holati  ustidan  nazorat  o’rnatishni 



ta’minlash  (ob’ektlarni  asosiy  vositalar  qatoriga  kiritishning  to’g’riligi;  asosiy 

vositalarning  to’g’ri  turkumlanishi;  asosiy  vositalar  analitik  hisobi  va  asosiy 

vositalar  uchun  moddiy  javobgarlikni  tashkil  etish;  analitik  va  sintetik  hisob 

hamda hisobot ma’lumotlarining mosligi); 

 

asosiy  vositalar  kirimi  va  chiqimiga  doir  muomalalarni  dastlabki 



hujjatlashtirish  hamda  hisobda  aks  ettirish;  asosiy  vositalar  kirimi  va  chiqimiga 

doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi 

va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish

 



asosiy  vositalarga  amortizatsiya  hisoblash  va  hisobda  aks  ettirish  (asosiy 

vositalarning  foydali  xizmat  qilish  muddatini  aniqlashning  to’g’riligi); 

amortizatsiya  hisoblash  usullarini  qo’llashning  qonuniyligi  va  to’g’riligi; 

jadallashtirilgan  amortizatsiya  usulini  qo’llashning  qonuniyligi;  amortizatsiya 

ajratmalari hisob-kitoblarining to’g’riligi; amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks 

ettirishning to’g’riligi); 




 

 

211 



 

asosiy  vositalarni  tiklashni  -  ta’mirlash,  zamonaviylash-tirish  va  qayta 



jihozlashni  hisobda  aks  ettirish  (muomalalarni  hujjatlarda  rasmiylashtirish; 

ta’mirlash  usullari;  ta’mirlash  xarajatlarini  tannarxga  olib  borishning  to’g’riligi; 

asosiy  vosi-talarni  qayta  jihozlash  va  zamonaviylashtirishga  doir  muoma-lalarni 

hisobga olish; 

 

asosiy  vositalar  korxona  buxgalteriyasidagi  sintetik  va  analitik  hisobining 



holatini  baholash;  belgilangan  qoidalarga  muvofiq  korxonaning  o’ziga  qarashli 

(0110-0199  schyotlar),  joriy  tartibda  ijaraga  olingan  (001-schyot)  va  moliyaviy 

lizing  asosida  olingan  asosiy  vositalarni  (0310-schyot)  saqlash  joylarida  moddiy 

javobgar shaxslar bo’yicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash; 

 

korxonaning  o’ziga  qarashli  va  moliyalanadigan  lizing  asosida  olingan 



asosiy  vositalar  bo’yicha  oylik  eskirish  hisob-lanishining  to’g’riligini  tekshirish 

(0211-0299-schyotlar). Chunki, bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot 

(ish,  xizmat)lar  tannarxining  (2010,  2310,  2510,  2710  schyotlar  debeti) 

shakllanishi  bilan  bog’liq  bo’lib,  oqibatda  korxonaning  moliyaviy  natijalari 

(balans  foydasi  yoki  zarari)ga  va  byudjetga  to’lanadigan  foyda  (daromad) 

solig’ining miqdoriga ta’sir etadi; 

 

asosiy  vositalarning  sotib  olinishi  va  hisobdan  chiqarilishi  hamda  ularni 



yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog’liq muomalalar bo’yicha 

soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish

 

asosiy  vositalarni  xo’jalik  va  pudrat  usullarida  (kapital  yoki  joriy) 



ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning kor-xonada amal qilinayotgan tartibini, 

korxonada bir yilga qabul qilingan 



hisob yuritish siyosati

dan kelib chiqqan holda 

baholash  va  tekshirish  (asosiy  vositalarni  ta’mirlash  uchun  rezervga  mablag’ 

ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalanmasdan); 

 

agar  auditor  bilan  tuzilgan  shartnomada  kelishilgan  bo’lsa,  korxonada 



asosiy  vositalardan  foydalanishni vaqt oralig’i va  quvvati bo’yicha  korxonaning 

ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish; 

 

asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish. 




 

 

212 




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish