Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

Ishonchlilik

  –  moliyaviy  hisobot  ma’lumotlarining  ulardan  malakali 

foydalanuvchilarga  xo’jalik  yurituvchi  subektlar  faoliyatining  natijalari 

to’g’risida  to’g’ri  xulosalar  qilishga  va  ushbu  xulosalarga  asoslangan  qarorlar 

qabul  qilishga  imkon  beradigan  darajasi  tushuniladi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

bu  auditorlik  dalillar  qanchalik  ishonchga  sazovar  va  haqiqatga  yaqin  ekanligini 

tavsiflaydi.  Audit  jarayonida  olingan  dalillarning  ishonchliligi  mustaqillik  va 

manba  kompetentligi,  ichki  nazorat  tizimining  samaradorligi  kabi  omillarga 

bog’liq.  Auditorning  o’zi  mustaqil  manbalardan  olgan  dalillarning  ishonchlilik 

darajasi  xo’jalik  yurituvchi  subektdan  olingan  dalillarga  qaraganda  yuqoriroq. 

Barcha  dalillar  yig’indisini  faqat  so’ngilari  etarli  bo’lganidagina  ishonchli  deb 

hisoblash mumkin.  

Dalillarning  etarliligi  ularning  miqdori  va  sifati  bilan  belgilanadi.  U  tanlash 

ko’lami  va  to’plamdagi  muayyan  elementlarning  tavsifi  bilan  bog’liq. 

Axborotlarning  samaradorligi  esa  tanlash  elementlarining  reprezentativligi  (bosh 

to’plamning  o’rganilayotgan  belgilar  bo’yicha  xususiyatlari  tanlama  to’plamda 

namoyon  bo’lishi)ga  bog’liq,  ya’ni  reprezentativlik  qancha  yuqori  bo’lsa, 

auditorlik  riski  shuncha  past  bo’ladi.  Auditorlik  risklarini  pasaytiruvchi 

dalillarning  etarliligi  to’g’risida  auditor  ichki  nazorat  tizimini  baholash  va 

auditorlik riskining hajmiga asoslanib xulosa qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi 




 

 

115 



qanchalik  ishonchli  va  auditorlik  riski  qanchalik  past  bo’lsa,  auditordan 

shunchalik kam dalil-isbotlar to’plash talab etiladi.  

Dalillarning  etarliligini  aniqlashda  quyidagi  holatlarni  hisobga  olish  zarur: 

mustaqil  manbalar  (uchinchi  shaxslar)dan  olingan  dalillarning  mijoz-korxona 

xodimlaridan  olingan  dalillarga  nisbatan  ishonchliroq  ekanligi;  auditorlik 

tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki tahlili natijasida olingan ma’lumotlarning 

uchinchi  shaxslardan  olingan  ma’lumotlarga  qaraganda  ishonchliroq  ekanligi; 

hujjatlar  va  yozma  ko’rsatmalar  shaklidagi  auditorlik  dalillarining  og’zaki 

ko’rsatmalarga  qaraganda  ishonchliroq  ekanligi.  Nihoyat,  turli  manbalardan 

olingan  dalillardan  foydalanish  natijasida  qilingan  xulosalarni  taqqoslash 

imkoniyatlarini hisobga olish kerak.  

Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma’lumotlar 

miqdori qat’iy chegaralab qo’yilmagan. Shu boisdan auditor o’zining professional 

fikriga  tayangan  holda  xo’jalik  yurituvchi  subekt  moliyaviy  hisoboti-ning 

ishonchliligi  to’g’risida  xulosa  tuzish  uchun  zarur  bo’ladigan  ma’lumotlarning 

miqdori  haqida  mustaqil  qaror  qabul  qilishi  lozim.  Auditorlik  dalillarining  o’z 

vaqtida  to’planishiga  alohida  e’tibor  berish  zarur.  Aks  holda  ular  oshiqcha  va 

keraksiz bo’lib qoladi. O’z vaqtidalik har bir auditorlik dalilining tekshirilayotgan 

davrga  bevosita  taalluqliligi  yoki  mijoz-korxona  faoliyatining  hisobot 

tuzilganidan  so’ng,  ammo  auditorlik  xulosasi  tuzilishidan  oldin  sodir  bo’lgan 

ma’lum  bir  jiddiy  hodisalariga  taalluqli  ekanligidan  ham  iboratdir.  To’plangan 

dalillar  tekshirilayotgan  hisobot  tuzilgan  sanaga  qanchalik  yaqin  bo’lsa,  ular 

shunchalik ishonarli bo’ladi.  

Agar  xatolar  va  noaniqliklar  to’g’risidagi  dalillar  mijoz  korxona 

ma’muriyatiga  auditorlik  xulosasi  soliq  organiga  topshirilmasdan  oldin  taqdim 

etilgan  bo’lsa,  u  holda  buxgalteriyada  hisobotlarga  zarur  tuzatishlarni  kiritish 

imkoni  bo’ladi.  Agar  hisobot  soliq  organiga  topshirilganidan  so’ng  audit 

o’tkazilsa,  tuzatish  kiritish  imkoni  yo’q,  lekin  joriy  davrda  aniqlangan  xato 

kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish mumkin.  

Auditorlik  tekshiruvlarining  asosi  auditorlik  dalillarini  topishdan  iborat.  U 




 

 

116 



ma’lumotlarni 

to’plash, 

moliyaviy 

hisobotning 

ishonchliligi 

(yoki 


ishonchsizligi)ni, 

moliya-xo’jalik 

muomalalarining  buxgalteriya  hisobini 

yuritishga  oid  belgilangan  qoidalar  va  nizomlarga  muvofiqligi-ni  va  shu  bilan 

birga  auditorlik  xulosasi  tuzish  uchun  auditorning  shaxsiy  fikrini  shakllantirish 

maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi.  

Auditorlik  tekshiruvlar  jarayonida  to’planadigan  dalillar  turli-tuman  bo’lib, 

ular 



Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish