Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

nazorat muhiti

 - korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat 

munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir; 

 



korxonadagi  buxgalterlik  hisobi  tizimi 

-  tegishli  xo’jalik  muomalalarini 

yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir; 

 



nazorat  amallari 

-  korxona  xodimlari  tomonidan  bajariladigan  maxsus 

tekshiruvlar.  

Ushbu  uchala  tarkibiy  qism  o’zaro  bog’liqlikda  axborotlardagi  jiddiy 

xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi.  

Nazorat  muhiti

  deganda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  rah-bariyatining 

xabardorligi,  ichki  nazorat  tizimini  o’rnatish  va  qo’llab-quvvatlashga  qaratilgan 

amaliy ishlari tushuniladi.  

Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat: 

 



siyosat va boshqaruv uslublari; 

 



korxonaning boshqaruv tuzulmasi; 

 



direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik 

komiteti 

faoliyati; 

 



boshqaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari; 

 



nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit; 

 



kadrlar siyosati va amaliyot; 

 



tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati).  

Rahbarlar  va  menenjerlarning  nazoratga  munosabati  nazorat  muhitiga  eng 




 

 

110 



katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Yaxshi  boshqaruv  muhiti  yuqori  darajadagi  ichki 

kommunikatsiya  tizimini  ta’minlaydigan,  direktorlar  Kengashi  huzuridagi 

auditorlik  inspektsiyasining  samarali  ishlashiga  yordam  beradigan,  byudjetlar 

tizimi  (biznes-reja  yoki smeta)  va  ularning  bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan 

foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi 

bilan  tavsiflanadi.  Keyinchalik,  nazorat  muhiti  korxona  xodimlarining 

kompetentliligi,  xizmat  vazifalarining  taqsimlanishi,  hujjatlarni  va  hisob 

yozuvlarini  vaqti-vaqti  bilan  taqqoslab  turish  bilan  aniqlanadi.  Nazorat 

funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki nazorat 

tizimining  asosiy  belgisi  hisoblanadi.  Korxonaning  kadrlar  bilan  bog’liq 

muammolari ichki nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez-

tez  almashtirib  turilsa,  bu  hisob  va  nazorat  funktsiyalari  etarli  tajribaga  ega 

bo’lmagan  va  buning  oqibatida  ko’plab  xatolarga  yo’l  qo’yadigan  odamlar 

tomonidan  bajarilishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  ham  buxgalteriya 

xodimlarining tez-tez almashtirilib turishi noxush fakt deb baholanadi.  

Ichki  nazorat  tizimi  samarali  bo’lishi  uchun  funktsional  mas’uliyatlar  yoki 

xizmat  vazifalarining  etarli  darajada  taqsimlanishi  juda  muhimdir.  Bu  nazorat 

amallari  samaradorligining  muhim  sharti  hisoblanadi.  Bular  quyidagilardan 

iborat: 

 



xo’jalik  muomalalarini  amalga  oshirishga  ruxsat  etish.  Bu  vazifani  xo’jalik 

muomalalarini  rasmiylashtirish  huquqiga  ega  xodimlar  bajaradilar.  Ruxsat 

etish ma’lum turdagi muomalalar (masalan, barcha turdagi sotish)ga taalluqli, 

umumiy, yoki maxsus (masalan, muhim aktivni sotishga ruxsat etish) bo’lishi 

mumkin.  

 



xo’jalik  muomalalarini  ro’yxatga  olish.  Ko’pchilik  korxonalarda  xo’jalik 

muomalalarini yozish (hisob yuritish) va hisobot ishlari kompyuter yordamida 

bajariladi; 

 



xo’jalik  faoliyatida  korxona  mablag’larining  saqlanishini  ta’minlash.  Bunda 

korxonaga tegishli aktivlarga haqiqatda egalik qilish yoki ular ustidan nazorat 

o’rnatish nazarda tutiladi; 



 

 

111 



 

schyotlarda  aks  ettirilgan  summalarni  va  haqiqatda  mavjud  aktivlarni  vaqti-



vaqti  bilan  taqqoslab  turish.  Bu  erda  aktivlarni  muntazam  inventarizatsiya 

qilish  va  tafovutlar  aniqlangan  hollarda  tegishli  choralarni  qo’llash 

tushuniladi.  

Xizmat vazifalarining mos kelmasligi - bu shunday kombinatsiya bo’lib, unda 

xatoga  yo’l  qo’ygan  yoki  axborotni  buzib  ko’rsatgan  xizmatchi  o’zining  oddiy 

faoliyati  chog’ida  bu  faktlarni  yashirishi  mumkin.  Vazifalar  shunday 

taqsimlanishi  kerakki,  xizmatchilardan  hech  biri  yuqorida  sanab  o’tilgan  to’rtta 

funktsiyaning ikki yoki undan ortig’ini bajarmasligi lozim. Birinchi va to’rtinchi 

funktsiyalar  boshqaruv,  ikkinchi  funktsiya  hisob,  uchinchisi  esa  saqlash 

funktsiyasi hisoblanadi. Bu funktsiyalarni turli shaxslar va bo’linmalar o’rtasida 

taqsimlash ikkita afzallikka ega.  

1.

 

ishlarni  muvofiqlashtirish  (bitta  xo’jalik  muomalasining  turli 

jihatlarini ko’rib chiqish) hisobiga ataylab qilinmaydigan xatolarni aniqlash va 

to’g’rilash osonlashadi.  

2.

 

axborotlarni  buzib  ko’rsatish  qiyinroq  bo’ladi,  chunki  bu  ikki  yoki 

undan ortiq ishchi shaxslarning til biriktirishini talab etadi.  

Nazorat  qilib  turish  nazorat  muhitining  muhim  elementi  hisoblanadi. 

Korxonada  hisob  funktsiyalari  va  nazorat  amallarini  korxona  xodimlari  va 

kompyuter  tizimi  bajarishi  mumkin.  Menejerlar  tomonidan  bu  funktsiyalar 

bajarilishi  ustidan  nazorat  o’rnatilishini  ta’minlash  e’tiborga  molik.  Kreditlash 

bo’yicha menejerlar ishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi nazoratchi, masalan, 

debitorlar  schyotlaridagi  saldolarni  nazorat  schyoti  ma’lumotlariga  vaqti-vaqti 

bilan  taqqoslab  turishi  mumkin.  Bo’linmalar  rahbarlari  yoki  nazoratchilari 

xizmatchilar  tomonidan  topilgan  xatolarni  tuzatishlari,  shuningdek,  korxonadagi 

hisob  tizimiga  taalluqli  qarorlar  qabul  qilishi  va  ruxsat  etishi  mumkin.  Nazorat 

o’rnatish  boshqaruv  nazoratining  muhim  vositasi  va  butun  ichki  nazorat  tizimi 

faoliyat ko’rsatishining sharti hisoblanadi.  

Tomonlar o’rtasida kelishilgan dastur bajaradigan ishlar (xizmatlar) hajmi va 

qiymatini  aniqlashda  asos  bo’lib,  quyidagi  shakldagi  shartnoma  bilan 




 

 

112 



rasmiylashtiriladi: 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish