Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

2. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari. 

 

Audit  –  bu  mustaqil  malakali  mutaxassislar  tomonidan  korxonaning 

moliyaviy hisob va u bilan bog’liq moliyaviy axborotlarini  me’yoriy hujjatlarga 

muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir.  

Auditorlik  faoliyati  va  auditorlik  kasbining  ta’rifi  O’zbekiston 

Respublikasining  yangi  tahrirdagi  «Auditorlik  faoliyati  to’g’risida»gi  qonunida 

quyidagicha keltirilgan: 

Auditorlik  faoliyati  deganda  auditorlik  tashkilotlarining  auditorlik 

tekshiruvlarini  o’tkazish  va  ushbu  qonun-ning  17-moddasida  nazarda  tutilgan 

professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.  

Birinchi  ta’rifda  auditning  tafsiloti  keng  bayon  etilgan  bo’lsa,  so’ngisida 

auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional 




 

 

12 



xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.  

O’zbekistonda  davlat  hoqimiyati  va  boshqaruvi  organlariga  auditorlik 

faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan.  

Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.  

Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik 

tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik 

tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.  

Auditor  auditorlik  tekshiruvini  sifatsiz  o’tkazganligi,  tijorat  sirini  oshkor 

etganligi  hamda  boshqa  hatti-harakat-lari  oqibatida  auditorlik  tashkilotiga  zarar 

etkazganligi  uchun  qonun  hujjatlariga  muvofiq  auditorlik  tashkiloti  oldida 

javobgar bo’ladi (3).  

Shuningdek,  Qonunning  4-moddasiga  muvofiq  «auditor  yordamchisi 

auditor  malaka  sertifikatiga  ega  bo’lmagan  va  auditorlik  hisobotida,  auditorlik 

xulosasida,  auditorning  ekspert  xulosasida  hamda  auditorlik  tekshiruvini 

o’tkazish  bilan  bog’liq  bo’lgan  boshqa  rasmiy  hujjatda  imzo  chekish  huquqiga 

ega  bo’lmagan  tarzda  auditorning  topshirig’iga  binoan  auditorlik  tekshiruvida 

ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».  

Auditor  yordamchisining  mehnat  shartlari  qonun  hujjatlarida  qayd  etilgan 

tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.  

Auditorlik  tekshiruvini  amalga  oshirishda  olingan  ma’lumotlarni  oshkor 

etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.  

Auditorning  yordamchisi  sifatida  ishlangan  vaqt  auditor  malaka 

sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.  

O’zbekistonda  auditorlik  faoliyati  mustaqil  yuridik  shaxs  huquqiga  ega 

auditorlik  tashkilotlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Qonunga  ko’ra  auditorlik 

tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik 

shaxsdir.  

Auditorlik  faoliyatining  maqsad  va  vazifalari  tavsifidan  kelib  chiqib,  uni 

quyidagicha tasniflash mumkin. 

 



 

 

13 



Auditorlik faoliyati 

 

 



               

 

Auditorlik   tekshiruvlar  



           

Auditorlik tashkilotlarining  

professional xizmatlari 

 

 



 

 

Majburiy auditorlik tekshiruvi 



    buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish; 

 

 



 

moliyaviy hisobotni tuzish; 

 

 

Tashabbus  



tarzidagi auditorlik  

tekshiruvi 

milliy  moliyaviy  hisobotni  buxgalteriya  hisobi  xalqaro 

standartlariga o’tkazish; 

 

 

 



xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliya-xo’jalik  faoliyatini 

tahlil qilish; 

 

 

Nazorat qiluvchi  



yoki  huquqni  muhofaza  qilish 

organlarining  tashabbusiga  ko’ra 

o’tkaziladigan  

auditorlik  

tekshiruvi 

buxgalteriya hisobi, soliq solish,  

rejalashtirish,  menedjment  va  moliya-xo’jalik  faoliyatining 

boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati; 

 

auditorlik faoliyatining milliy  



standartlarida nazarda tutilgan boshqa  

professional xizmatlar 




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish