foydalanuvchilarga xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari
to’g’risida to’g’ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar
qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda,
bu auditorlik dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini
tavsiflaydi. Audit jarayonida olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik va
manba kompetentligi, ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi omillarga
bog’liq. Auditorning o’zi mustaqil manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik
darajasi xo’jalik yurituvchi subektdan olingan dalillarga qaraganda yuqoriroq.
Barcha dalillar yig’indisini faqat so’ngilari etarli bo’lganidagina ishonchli deb
Dalillarning etarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U tanlash
Axborotlarning samaradorligi esa tanlash elementlarining reprezentativligi (bosh
to’plamning o’rganilayotgan belgilar bo’yicha xususiyatlari tanlama to’plamda
namoyon bo’lishi)ga bog’liq, ya’ni reprezentativlik qancha yuqori bo’lsa,
auditorlik riski shuncha past bo’ladi. Auditorlik risklarini pasaytiruvchi
dalillarning etarliligi to’g’risida auditor ichki nazorat tizimini baholash va
auditorlik riskining hajmiga asoslanib xulosa qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi
115
qanchalik ishonchli va auditorlik riski qanchalik past bo’lsa, auditordan
shunchalik kam dalil-isbotlar to’plash talab etiladi.
Dalillarning etarliligini aniqlashda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur:
mustaqil manbalar (uchinchi shaxslar)dan olingan dalillarning mijoz-korxona
xodimlaridan olingan dalillarga nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik
tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki tahlili natijasida olingan ma’lumotlarning
uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlarga qaraganda ishonchliroq ekanligi;
hujjatlar va yozma ko’rsatmalar shaklidagi auditorlik dalillarining og’zaki
ko’rsatmalarga qaraganda ishonchliroq ekanligi. Nihoyat, turli manbalardan
olingan dalillardan foydalanish natijasida qilingan xulosalarni taqqoslash
imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma’lumotlar
miqdori qat’iy chegaralab qo’yilmagan. Shu boisdan auditor o’zining professional
fikriga tayangan holda xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy hisoboti-ning
ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotlarning
miqdori haqida mustaqil qaror qabul qilishi lozim. Auditorlik dalillarining o’z
vaqtida to’planishiga alohida e’tibor berish zarur. Aks holda ular oshiqcha va
keraksiz bo’lib qoladi. O’z vaqtidalik har bir auditorlik dalilining tekshirilayotgan
davrga bevosita taalluqliligi yoki mijoz-korxona faoliyatining hisobot
tuzilganidan so’ng, ammo auditorlik xulosasi tuzilishidan oldin sodir bo’lgan
ma’lum bir jiddiy hodisalariga taalluqli ekanligidan ham iboratdir. To’plangan
dalillar tekshirilayotgan hisobot tuzilgan sanaga qanchalik yaqin bo’lsa, ular
shunchalik ishonarli bo’ladi.
Agar xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi dalillar mijoz korxona
ma’muriyatiga auditorlik xulosasi soliq organiga topshirilmasdan oldin taqdim
etilgan bo’lsa, u holda buxgalteriyada hisobotlarga zarur tuzatishlarni kiritish
imkoni bo’ladi. Agar hisobot soliq organiga topshirilganidan so’ng audit
o’tkazilsa, tuzatish kiritish imkoni yo’q, lekin joriy davrda aniqlangan xato
kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish mumkin.
Auditorlik tekshiruvlarining asosi auditorlik dalillarini topishdan iborat. U
116
ma’lumotlarni
to’plash,
moliyaviy
hisobotning
ishonchliligi
(yoki
ishonchsizligi)ni,
moliya-xo’jalik
muomalalarining buxgalteriya hisobini
yuritishga oid belgilangan qoidalar va nizomlarga muvofiqligi-ni va shu bilan
birga auditorlik xulosasi tuzish uchun auditorning shaxsiy fikrini shakllantirish
maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib,
ular
Do'stlaringiz bilan baham: