419
51 foizdan kam bo’lmagan miqdori mazkur auditorlik tashkilotining bir yoki bir nechta
shtatdagi auditorlariga tegishli bo’lishi shart. Auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik
tashkilotining ta’sischisi bo’lishi mumkin.
11. Auditorlik tashkilotini auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan rahbar boshqaradi.
Attestatsiyadan o’tmagan rahbar ikki yil mobaynida auditorlik tashkiloti rahbari sifatida
faoliyat yuritish huquqiga ega emas.
12. Quyidagilar:
faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi auditorlik
tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 barobari miqdoridan kam bo’lmagan ustav
kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega bo’lishi;
ustav kapitali 500 mln. so’mdan ko’proqni tashkil etgan ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari,
banklar va sug’urta tashkilotlaridan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tashabbuskorlik
asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng
kam oylik ish haqining 3000 barobari miqdoridan kam bo’lmagan ustav kapitaliga va shtatida
kamida 4 nafar auditorga, ularning bittasi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lishi;
barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazuvchi auditorlik
tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 5000 barobari miqdoridan kam bo’lmagan ustav
kapitaliga va shtatida kamida 6 nafar auditorga, ularning ikkitasi xalqaro buxgalter sertifikatiga
ega bo’lishi shart.
Mazkur bandning auditorlik tashkilotiga uning shtatidagi auditorlarning eng kam soniga
nisbatan qo’yilgan talabi mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlik
shtati auditorlarning belgilangan eng kam soni bilan to’liq to’ldirilishini nazarda tutadi. (O’zR
Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-907-son Qarori taxriridagi xat boshi)
Auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar (ishtirokchilar)ning
pul mablag’laridan, qolgan qismi esa auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita
foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi. (O’zR Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-
907-son Qarori taxriridagi xat boshi)
13. Xususiy korxona shaklidagi auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasining
"Xususiy korxonalar to’g’risida", "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi qonunlari hamda mazkur
Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
420
14. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi auditorlik tashkilotlari O’zbekiston
Respublikasining "Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida",
"Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil
etiladi.
15. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi auditorlik tashkilotlari O’zbekiston
Respublikasining "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish
to’g’risida", "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga
muvofiq tashkil etiladi.
16. Auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat
ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
17. Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatini ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnoma
asosida o’z fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lgan taqdirda auditorlik
faoliyatini amalga oshiradi.
18. Auditorlik tashkilotlari bitta xo’jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tekshiruvini
uch yildan ortiq ketma-ket o’tkazish huquqiga ega emas.
19. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun shtatdagi auditorlar
yoki auditorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan auditorlarni
jalb etadi.
Auditor sifatsiz auditorlik tekshiruvi o’tkazishi natijasida keltirgan zarari, tijorat sirlarini
oshkor etganligi va auditorlik tashkilotiga zarar keltirgan boshqa xatti-harakatlari uchun
auditorlik tashkiloti oldida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda javobgar bo’ladi.
Qoidabuzarlikka yo’l qo’yilgani uchun malaka sertifikati bekor qilingan yoki amal qilishi
to’xtatilgan auditorlar bekor qilingan yoki to’xtatilgan vaqtdan boshlab uch yil davomida
auditorning malaka sertifikatini takror olish uchun malaka imtihonlari topshirishga
qo’yilmaydi.
20. Qoidabuzarlikka yo’l qo’yilgani uchun auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal
qilishini to’xtatish hollarida mazkur auditorlik tashkiloti rahbarining malaka sertifikatining
amal qilishi ham litsenziyaning amal qilishini to’xtatish to’g’risidagi qaror qabul qilingan
sanadan boshlab to’xtatiladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to’xtatishga
421
olib kelgan qoidabuzarliklarga yo’l qo’ygan o’sha auditorning malaka sertifikatining amal
qilishi ham to’xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: