Tashkiliy xarajatlar
- korxona faoliyatini tashkil qilish chog’ida qilinadigan
xarajatlardir. Unga bevosita taalluqli bo’lgan xarajatlar (masalan, yuridik,
buxgalteriya, devonxona va harakatlanish xarajatlari) tashkiliy xarajatlar sifatida
kapitallashtirilishi mumkin. Mazkur holatda ushbu xarajatlarning kelgusi davrda
foyda keltirishi kapitallashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Faoliyatning
birinchi yilida jami summalarni xarajatlarga kiritish xarajatning daromad bilan
muvofiq kelmasligiga olib keladi.
Ishlab chiqarish faoliyati muddati noaniq deb hisoblanishi bois ushbu
xarajatlardan foyda olish davrini ham odatda aniqlash mumkin emas. Shu
243
sababdan ham tashkiliy xarajatlarning aktiv sifatida tan olinishi biznesning aniq
turiga bevosita bog’liq bo’ladi. Tashkiliy xarajatlar, ixtiyoriy tanlangan qisqa vaqt
davri mobaynida amortizatsiya qilinadi.
Franshizalar
odatda hukumat organlari tomonidan davlat mol-mulkidan
(masalan, kabel televideniesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga egalik qilish
uchun yoki kommunal xizmatlar ko’rsatish (elektr energiyasi), shuningdek
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aniq maqsadlar va aniq xizmatlardan
foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
Franshiza to’g’risidagi har bir shartnoma franshiza haqiqiy bo’lib
hisoblanadigan davrni, shuningdek franchayzor (foydalanishga oid huquq
imtiyozini beruvchi sub’ekt)ning va franchayzi (ushbu imtiyozni oluvchi
sub’ekt)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
Ko’pincha franshizani olish qiymati yuqori bo’ladi va odatda franchayzi
franchayzorga uning boshlang’ich qiymati kapitallashtirilishi va undan keyingina
xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim. Agar u ma’lum bir muddat
asosida cheklab qo’yilgan bo’lsa, uning qiymati oqilona va muntazam tarzda
mazkur davr uchun amortizatsiya qilinishi lozim. Agar ma’lum aniq bir muddat
belgilanmagan bo’lsa, amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan
birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanishi lozim. Mazkur
baholashlar oldingi baholashlarning qayta ko’rib chiqilishi zaruratini aniqlash
maqsadida o’tkaziladi. Biroq to’liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi
mumkin emas.
Imtiyozdan foydalanuvchi sub’ekt tomonidan uni beruvchi sub’ektga
xizmatlarga oid yillik va joriy to’lovlarni (masalan, rag’batlantirish tadbirlarida,
tashkiliy masalalarni hal qilish borasida yordam ko’rsatganlik uchun) ularni
kelgusida o’lchanadigan foyda keltirmasligi sababli, ilgari bo’lgan xarajatlar
bo’yicha hisobdan chiqarilishi lozim. Agar franshiza o’z qiymatini yo’qotsa yoki
qonun tomonidan bekor qilinadigan bo’lsa, amortizatsiya qilinmagan summa
zudlik bilan zarar sifatida hisobdan chiqariladi.
244
Do'stlaringiz bilan baham: |