Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

              Ishlab chiqarish      
     
   Taqsimot 
 
 
 
 
 
          Ishlab chiqarish                        Taqsimot 
           
 
 
 
 
8.1-rasm. A.Smitning qiymatning (va bahoning) tashkil topishi 
to„g„risidagi ikki konsepsiyasi 
 
Ushbu  rasmda  A.Smitning  birinchi  konsepsiyasi  «mehnat»  so‗zi 
yozilgan  yaxlit  strelka  ko‗rinishida  aks  ettirilgan.  Bu  qiymatni 
yaratishda  mehnat  yagona  manba  ekanligini  ko‗rsatdi.    Mehnat  bilan 
yaratilgan  daromad  taqsimlanish  jarayonida  ish  haqi,  foyda  va  rentaga 
bo‗linadi.  A.Smitning  ikkinchi  konsepsiyasining  asl  ma‘nosi  «Kapital» 
va  «Yer»  so‗zlari  yozilgan  nuqtali  chiziq  (punktirli)  strelka  yordamida 
ifodalangan.  Bu  konsepsiya  mahsulot  va  daromadlarni  yaratishda 
mehnat bilan birga kapital va yerning ham ishtirok etishini bildiradi. 
Ular  endi  qiymatning  shakllanishida  ishtirok  etuvchi  omil  sifatida 
bo‗ladi.  Mehnat  ish  haqi  ko‗rinishida  daromad  yaratadi,  kapital  foyda 
ko‗rinishida daromad yaratadi, yer renta ko‗rinishida daromad yaratadi. 
A.Smitning  ikkinchi  konsepsiyasi  oddiy  tovar  ishlab  chiqarishni 
(«qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni 
tadqiq  qilishga  o‗tish  bilan  bog‗liq.  Aynan  kapitalistik  tovar  ishlab 
chiqarishda  jonli  mehnat  qiymatning  yagona  manbayi  bo‗la  olmaydi. 
―Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‗lgan. Kapital 
jamg‗arilishi va yerning xususiy mulkka aylanishidan oldingi jamiyatda, 
–deb  yozadi  A.Smit,  –  mehnat  miqdorlari  o‗rtasidagi  nisbat 
Kapital 
Mehnat 
Yer 
 
Qiymat 
Foyda 
Ish haqi 
Renta 
Mehnat 
 
Foyda 
 
 
Qiymat 
 
Ish haqi 
 
Renta 
 


136 
mahsulotlarni  ayirboshlashning  yagona  asosi  bo‗lib  kelgan.  Barcha 
mehnat  mahsuli  ishlab  chiqaruvchiga  qarashli  bo‗ladi  va  sarflangan 
mehnatning miqdori bahoning yagona o‗lchovi hisoblanadi‖. 
Keyinchalik kapital jamg‗arilib borgan sari vaziyat o‗zgarib boradi. 
Tovarning qiymati ikki qismga bo‗linadi: bir qismi ish haqiga, ikkinchi 
qismi  kapital  foydasiga.  Kapital  egasi  yollanma  mehnatni  ishlatadi. 
Bunda  yaratilgan  barcha  mahsulot  ishlab  chiqaruvchiga  qarashli 
bo‗lmaydi.  Uning  bir  qismi  kapital  egasiga  tegishli  bo‗ladi.  Bunday 
sharoitda  muayyan  tovarni  ishlab  chiqarish  uchun  sarflangan  mehnat 
miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan bir manba bo‗la olmaydi. 
A.Smitning  fikricha  «tabiiy  baho»  (qiymat)  bu  shunday  bahoki, 
uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va yer uchun to‗lanadigan tabiiy 
me‘yorlarga  taxminan  mos  keladi.  Bu  tabiiy  me‘yorlar  mintaqalar 
bo‗yicha  farq  qiladi  va  ular  hayot  darajasiga,  geografik  va  tabiiy 
sharoitlarga,  o‗rtacha  xarajatlar  darajasiga  va  boshqalarga  qarab 
o‗rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning  «Odil narx» konsepsiyasiga 
o‗xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi shundaki, F.Akvinskiyda «odil 
narx»  odamlar  tomonidan  ongli  ravishda  o‗rnatiladi,  A.Smit  bo‗yicha 
esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – obyektiv bozor qonunlarining amal 
qilish natijasidir. 
Bozor  bahosi  «tabiiy  baho»  atrofida  tebranib  turadi,  u  bozor 
holatiga  qarab  undan  yuqori  yoki  past  bo‗lishi  mumkin.  Ushbu 
tebranish  tufayli  taklif  talabga  moslashadi.  Agar  talab  taklifdan  kam 
bo‗lsa,  bozor  bahosi  xarajatlardan  past  bo‗lgan  bo‗ladi  va  tadbirkorlar 
ishlab  chiqarishni  qisqartiradi.  Aksincha,  talabning  ortishi  bahoning 
oshishi  va  taklifning  ko‗payishini  rag‗batlantiradi.  Natijada  bozor 
bahosi  «tabiiy  baho»  darajasiga  intiladi.  Albatta,  axborotning 
yetishmasligi,  tabiiy  va  sun‘iy  monopoliyalarning  mavjudligi  bilan 
bog‗liq holatlar bundan mustasno; 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish