Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Merkantilistlarninig nazariy hissasi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
Merkantilistlarninig nazariy hissasi 
 
Iqtisodiyot  nazariyasi  tarixchilari  merkantilizmni  o‗rganib,  1660-
1776-yillar  oralig‗ida  iqtisodiy  tahlil  ham  miqdoran,  ham  sifat  jihatdan 
mukammallashganini aniqladilar.  
Ehtimol  merkantilistlarning  eng  katta  muvaffaqiyati  iqtisodiyotni 
tahlil  qilish  mumkinligini  anglab  yetganligidadir.  Bunday  o‗zgarish 
o‗sha  davrda  mashhur  bo‗lgan  fizika  fanlaridan  inson  tabiatini 
o‗rganuvchi  ijtimoiy  fanlarga  o‗tishni  aks  ettirar  edi.  Bu  o‗tish  Isaak 
Nyuton (1642-1727) davridan keyin o‗zining yuqori cho‗qqisiga chiqdi, 
uning ta‘siri esa hozir ham seziladi. Sxolastlarning axloqiy tahlili o‗rnini 
sabab  va  natija  tahlillarining  egallashi  o‗tmishdagi  usullar  to‗xtatildi, 
degani  emas  albatta,  chunki  ayrim  sxolastlar  mantiqiy  tahlildan 
foydalanishar  edi  va  axloqiylashtirish  hozirgi  zamonaviy  adabiyotlarda 
ham mavjud. Lekin fizika fani qonunlarini topgan metodologiyalar bilan 
iqtisodiy  qonunlarni  kashf  qilish  mumkinligini  anglash  iqtisodiyot 
nazariyasini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 
                                                           
9
 William R. Allen, ―Modern Defenders of Mercantilistic Theory,‖ History of Political Economy, 2 (Fall 1970); A. 
W  Coats,  ―The  Interpretation  of  Mercantilist  Economics:  Some  Historiographical  Problems,‖  History  of  Political 
Economy, 5 (Fall 1973); and William R. Allen, ―Rearguard Response,‖ History of Political Economy, 5 (Fall 1973). 


96 
Ko‗pchilik merkantilistlar iqtisodiyotda ko‗plab mexanik sabablarni 
ko‗rishgan va ushbu qonunlarni bilgan odam iqtisodiyotni nazorat qilishi 
mumkin  deb  ishonishgan.  Shuning  uchun  aql  bilan  qabul  qilangan 
qonunlar iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta‘sir qilishi mumkin va iqtisodiy 
tahlil  berilgan  natijaga  erishish  uchun  qanday  shakldagi  davlat 
aralashishuvi  kerak  ekanligini  ko‗rsatadi.  Merkantilistlar  davlatning 
iqtisodiyotga  aralashuvi  tasodifiy  bo‗lmasligi,  talab  va  taklif  qonunlari 
kabi  asosiy  iqtisodiy  haqiqatlarni  chalkashtirmasligi  lozim  deb 
tushunishgan. 
Keyingi 
merkantilistlar 
iqtisodiy 
faoliyatni 
rag‗batlantirishda  iqtisodiy  odam  va  foyda  tushunchalarini  tez-tez 
qo‗llay  boshladilar.  Davlat  insonlarning  tabiatini,  ayniqsa,  ularning 
egoistik 
harakatlarini 
o‗zgartira  olmaydi,  deb  hisoblaganlar. 
Siyosatchilar  insonning  bu  xususiyatini  qanday  bo‗lsa  shundayligicha 
qabul  qilib,  bu  xususiyatlarni  millatning  farovonligi  uchun  safarbar 
qiladigan qonun va institutlarni shakllantiradilar.  
Keyingi  merkantilistlar  o‗zlaridan  oldingi  g‗oyadoshlari  yo‗l 
qo‗ygan xato va kamchiliklarini anglab yetishganini ko‗ramiz. Masalan, 
ular pul boylik o‗lchovi emasligini, barcha davlatlar bir vaqtning o‗zida 
ijobiy  savdo  balansiga  ega  bolishi  mumkin  emasligini,  uzoq  vaqt 
mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini ushlab turishi mumkin 
emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali bo‗lishi mumkinligini va 
ixtisoslashuv  va  mehnat  taqsimoti  davlatlarga  ustunlik  keltirishi 
mumkinligini  tushunishgan.  Davlatning  iqtisodiyotga  aralashishini 
kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar edi. Shu tariqa 
ko‗pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g‗oyalari boshlanayotgan edi. 
Biroq  klassiklardan  oldingi  hech  bir  iqtisodchi  bozor  mexanizmi 
ishlashini,  ya‘ni  narxlar  qanday  shakllanishi  va  cheklangan  resurslar 
qanday  taqsimlanishini  bir-biriga  bog‗langan  yagona  qarash  sifatida 
shakllantira  olmadi.  A.  Smit  merkantilistlar  yetisha  olmagan 
tuchunchalarni  anglab  yetdi.  Merkantilistlar  shaxsiy  manfaat  va  xalq 
farovonligi  o‗rtasida  qarama-qarshilik  mavjud,  deb  hisoblashgan. 
Shuning  uchun  ularning  fikricha  davlat  shaxsiy  manfaatni  xalq 
farovonligi  tomon  yo‗naltirishi  kerak.  Klassik  iqtisodchilar  esa  tizimda 


97 
tabiiy  uyg‗unlik  borligiga  ishonishgan  va  xalq  farovonligi  tabiiy 
ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi, deb hisoblashgan.
10
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish