Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.av. XVIII asr.)



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.av. XVIII asr.) ancha diqqatga 
sazovordir. 
Eshnunn  qonunlari  matni  asosiy  mahsulotlarga  qat‘iy  baho 
o‗rnatishdan  boshlanadi:  ―1  gur  (o‗lchov  birligi,  ba‘zi  ma‘lumotlarda 
300,  ba‘zilarda  esa  –  252,6  l.  teng)  arpa  (sotilishi  kerak)  1  sikl  (8,4g) 
kumushga.., 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi sortli yog‗ (sotilishi kerak) 1 
sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba‘zi  ma‘lumotlarda – 8,4 l.) va 2 ka kunjut 
yog‗i  (sotilishi  kerak)  1  sikl  kumushga  …‖  va  boshqalar  ko‗rsatilgan. 
Birinchi  paragrafda  arpa,  yog‗,  teri,  tuz,  mis  va  boshqalarning 
kumushdagi  narxi  o‗rnatilgan  (mahsulotlar  shunday  miqdorda  olinishi 
kerakki, ularning qiymati 1 siklga teng bo‗lsin); ikkinchi paragrafda har 
xil  turdagi  yog‗ning  arpadagi  narxi  ko‗rsatilgan.  Demak,  asosiy 
umumekvivalent  sifatida  arpa  bo‗lgan.  Buning  ustiga  ushbu 
ekvivalentlar o‗rtasida qat‘iy muvofiqlik o‗rnatilgan. Birinchi navbatda, 
arpaning  kumushda  ifodalangan  narxining  ko‗rsatilishi  tasodifiy  emas. 
Qat‘iy narxning o‗rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi 
darajasini,  jarima  miqdorini,  foiz  me‘yorini  tarbiya  uchun  to‗lov  va 
boshqalarni aniqlash  imkonini beradi. Yillik foiz  me‘yori kumushda 20 
% va donda 33 % ni tashkil etgan. Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, 
Qadimgi  Misrda  hatto  keyingi  davrlarda  (X–VIII  asr  m.av.)  sudxo‗rlik 
foiz me‘yori tez-tez 100 % gacha ko‗tarilib turgan. Eski Bobildagi uncha 
ko‗p  bo‗lmagan  foiz  me‘yori  davlatning  nafaqat  mamlakat  xo‗jaligi 
hayotiga aralashuvidan dalolat beradi, balki tovar-pul munosabatlarining 
ancha  rivojlanganligini  ham  aks  ettiradi.  Qadimgi  Misr  iqtisodiyoti 
Yaqin  Sharqdagiga  nisbatan  ancha  natural  bo‗lgan.  Demak,  podsho 
qonunlari  tovar-pul  munosabatlarining  rivojlanishida  ijobiy  rol 
o‗ynagan.  
Qonun  matni  kirish  qismdan,  hozirgi  tasniflash  bo‗yicha  282 
moddani  o‗z  ichiga  olgan  asosiy  qismdan  va  xulosadan  iborat.  Unda 


21 
xo‗jalik  hayotiga  oid  iqtisodiy  fikrlar  ham  aks  ettirilgan.  Shu  narsa 
diqqatga  sazovorki,  bir  guruh  moddalarda  Bobil  fuqarolarining  mulkini 
himoya  qilish,  ijara,  sudxo‗rlik  va  ishga  yollash  masalalari  ko‗rib 
chiqilgan. 
Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish 
yoki  shunday  sharoit  yaratishdan  iboratki,  unda  “kuchlilar  kuchsizlarni 
surib  chiqarmasinlar”.  Bunda  asosiy  e‘tibor  saroy,  ibodatxona  mulkini 
hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda, 
harbiylarning  mulkini  himoya  qilishga  qaratilgan.  Xammurapi 
qonunlarida  ularning  ulushi  (yerlari)  sotilishi  man  etiladi.  “Sipoh  yoki 
soliq  to„lovchiga  tegishli  bo„lgan dala,  uy,  bog„,  –  deyiladi  qonunda, – 
kumushga  sotilishi  mumkin  emas”.  Bundan  tashqari,  qonunda  o‗z 
mamlakati  tashqarisida  qul  sifatida  sotib  olingan  bobillik  fuqarolar  o‗z 
vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi zikr etilgan.  
Qonunda sudxo‗rlar zo‗ravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham 
mavjud.  Hosil  kam  bo‗lgan  paytlarda  qarzlarni  to‗lash  muddatini  bir 
yilga  cho‗zishga  ruxsat  berilgan  (qo‗shimcha  foiz  to‗lovisiz). 
Xammurapi  qonunlarida  sudxo‗rlar  o‗z  holicha,  qarzdorlarning 
ruxsatisiz  qarz  evaziga  ularning  hosilini  tortib  olishi  man  etilgan.  Ular 
qat‘iy  ravishda  puldagi  (20%)  va  natural  shakldagi  (33%  )  foiz 
me‘yorini aniq belgilab bergan. 
Xammurapi  qonunlarida  tutqunlarga  nisbatan  yomon  munosabatda 
bo‗lgani uchun sudxo‗rlarni hatto jazolash (shu jumladan, qonuniy yo‗l 
bilan ham) ko‗zda tutilgan. Sudxo‗rlikning keng rivojlanishiga to‗sqinlik 
qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining uch 
yil  bilan  cheklanishidir  (to‗rtinchi  yili  unga  erkinlik  berilishi  lozim 
bo‗lgan).  Biroq  sudxo‗rlikka  qarshi  qonunchilikda  izchillik  bo‗lmagan. 
Xususan,  qarzdorni  ozod  etishda  uni  ishlab  chiqarish  yoki  yashash 
vositalari  bilan  ta‘minlash  nazarda  tutilmagan.  Hech  qanday  vositasi 
bo‗lmagach,  ozod  etilgan  qarzdor  yana  qaytib  sudxo‗rga  murojaat 
qilishga majbur bo‗lgan. 
Xammurapi qonunlarida yollanma  munosabatlarni tartibga solishga 
katta e‘tibor berilgan. Uning juda ko‗p turdagi shakllari ko‗rib chiqilgan 


22 
bo‗lib,  hatto  yollanma  mehnat  uchun  to‗lov  miqdori  ham  aniq  qilib 
ko‗rsatib berilgan.  
Asosiy  maqsad  ishlab  chiqarishni,  birinchi  navbatda,  qishloq 
xo‗jaligini  rivojlantirishni  qo‗llab-quvvatlash,  mehnatsiz  daromad 
topishga  qarshi  kurashish  bo‗lgan.  Umuman,  xususiy  mulkchilik,  shu 
jumladan,  yerga  bo‗lgan  xususiy  mulkchilik  tan  olingan.  Birovning 
xususiy  mulkiga  ko‗z  olaytirgan,  unga  zarar  yetkazganlar  iqtisodiy 
jihatdan jazolangan.  
Shunday  qilib,  eski  Bobil  podsholigi  qonunlarida  davlat 
tartiblashining  va  aholi  iqtisodiy  faoliyatini  nazorat  qilishning  turli 
shakllari  ko‗zda  tutilgan.  Ular  real  iqtisodiy  jarayonlarga,  tovar-pul 
munosabatlari rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga o‗zining 
ijobiy ta‘sirini ko‗rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar Osiyodagi boshqa 
mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida katta rol o‗ynadi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish