2.2. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari
ichida Konfutsiy (m.avv. 551 – 479-y.) alohida o‗rin tutadi.
Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy»
(«Suhbat va mulohaza») to‗plamida aks ettirilgan. Uning fikricha
mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko‗paytiradi.
Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy
egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko‗proq qo‗llaydi. Bu
yerda u xususiy mulkni xo‗jalik yuritishda ustun qo‗yadi.
Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko‗rsatib,
aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa,
asosiy qismi qullardan iborat bo‗lgan «oddiy» kishilar shug‗ullanadi,
deb qayd qilib o‗tadi.
Konfutsiy ta‘limotiga ko‗ra bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi»,
va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolatidir
4
. Uning
tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan,
shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy yuksalishga da‘vat etgan,
kattalarga bo‗lgan hurmat qoidalari to‗g‗risida, farzandlik burchi
4
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 45-b.
27
to‗g‗risida, aka-ukalar o‗rtasidagi do‗stlik to‗g‗risida qimmatli fikrlarni
ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani ko‗rish mumkinki, agar
reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo‗jalik
yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo‗ladi» deb ta‘kidlangan.
Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar
birgalikda yozgan asar «Guan-tszi» g‗oyalari keng tarqalgan. Bu asarda
ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo‗lsada, bugungi
kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida
boylik sifatida ko‗rilmaydi; bunday boylik deb eng avvalo, moddiy
ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko‗rsatilishicha, bir tomondan,
«oltin davlat resurslarini hisoblash o‗lchovi hisoblanadi», ikkinchi
tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo‗lib xizmat
qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to‗g‗risida
aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o‗sha
yerda tinchlik, osoyishtalik bo‗ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni
tartibga solib turish uchun, asar mualliflari davlatning don zaxiralarini
tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga
bo‗lgan to‗g‗ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni ulardan
foydalanib
ishlab
chiqariladigan
tovarlarga
bo‗lgan
soliqni
kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guan-Tszi» mualliflari «davlatni boy,
xalqni mamnun» holda ko‗rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni
davlat ixtiyoriga o‗tkazish, ulardan daromad olish yo‗lida foydalanish,
baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e‘tiborga molik
iqtisodiy g‗oyalar ilgari surilgan.
Guan Tszining asarlari shuni ko‗rsatadiki, vaqt va makondan
o‗tadigan taklif va talab g‗oyalari umumiy xarakterga ega. Ular boshqa
madaniyatlarga kiritilgan harbiy g‗oyalar emas, balki hammasi
institutsiya tuzumlarida ko‗rinadigan haqiqatdir. Iqtisodiy g‗oyalarning
umumiy tuzimi umuminsoniydir. Lekin masala siyosatga kelganida
Guan Tszida ham aks ettirilgan fikrlar iqtisodiy zakovotlar institutsional
tizimdan mustaqil tarzda bevosita siyosiy oqibatlarga ega emas.
28
Institutsional tizim o‗zgarganda siyosiy oqibatlar ham o‗zgaradi. Guan
Tszi faol tarzda siyosatni o‗z zamonining institutsional tizimiga
moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari
bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy
islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G‗arb iqtisodchilari
uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo‗yicha fikrlar olish uchun murojat
qilmoqdalar. Xitoy an‘analariga ko‗ra Guan Tszini o‗rganish G‗arbiy
hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko‗ra Xitoy iqtisodiyotiga yuzlanish
joiz.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |