Kapital va foyda nazariyasi. J.S.Mill jamg‗arish natijasida
vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zaxirasini kapital, deb atagan.
Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi.
Kapitalning har bir ko‗payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib
keladi. Agar mehnat qilishga qobiliyatli kishilar topilsa va ular yeyishi
uchun ovqat bo‗lsa, ulardan qandaydir ishlab chiqarishda doimo
foydalanish mumkin. Chunki investitsiyaning asosi sifatida kapitalning
tashkil topishi ish bilan bandlik doirasini kengaytirish imkonini beradi
157
va agar «boylarning unumsiz xarajatlari» hisobga olinmasa, ishsizlikka
barham berishi mumkin.
Ammo J.S.Millning ta‘kidlashicha kapitalning rivojlanishiga
boshqa cheklanishlar ham xos. Ularning biri – kapitaldan keladigan
daromadlarning kamayishidir. Uni J.S.Mill kapitalning me‘yorli
unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi.
Masalan, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari miqdorini ko‗paytirish ushbu
miqdor ekvivalentiga nisbatan ko‗proq mehnat sarflash evazigagina
bo‗lishi mumkin. Boshqacha bo‗lishi aslo mumkin emas.
Umuman foyda to‗g‗risidagi masalani tushuntirib berishda
J.S.Mill D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O‗rtacha foyda me‘yorining
vujudga kelishi shunga olib keladiki, bunda foyda ishlatilayotgan
kapitalga mutanosib bo‗ladi, baho esa – xarajatlarga. «Sarf-xarajatlar,
ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo‗lgan joyda foyda ham bir xil
bo‗lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish
xarajatlari bo‗yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari bir
xil bo‗lgan narsalar bir xil qiymatga ega bo‗lishlari kerak, shuning
uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi».
J.S.Millning yozishicha rentaga o‗xshagan, maxsus ko‗rinishga
ega bo‗lgan foyda ham amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega
bo‗lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to‗g‗risida boradi. Modomiki,
uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega emas ekan, unda «u
mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga
qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda
... ustunlikka ega bo‗lgan kishi renta oluvchiga o‗xshab ketadi».
J.S.Mill foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va
D.Rikardo kabi tushuntiradi: «Foyda ayirboshlash natijasida emas…,
balki mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar
mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot
mehnatkashlar ish haqi ko‗rinishida iste‘mol qiladigan mahsulotdan 20
foizga ko‗p bo‗lsa, unda bahoning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar foyda
20 foizni tashkil etadi».
158
Do'stlaringiz bilan baham: |