Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
Fransua Kene (1694–1774) 


115 
sharoitda  bo‗ladi.  Ana  shunda  dunyo  o‗z-o‗zidan  harakatlanadi.  Shu 
bilan  birga,  F.Kene  ogohlantirib  aytishicha,  «Yuqori  hokimiyat» 
oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin 
emas;  ular  birga  qo‗shilib  qonunning  o‗zidan  ancha  kuchli  hokimiyat 
tashkil  etishi,  millatni  qul  qilishi,  adolatsizlikni  keltirib  chiqarishi, 
yirtqichlarcha  zulm  o‗tkazishi  va  o‗taketgan  beboshlikni  keltirib 
chiqarishi  mumkin.  U  yuqori  davlat  hokimiyati  davlat  boshqaruvini 
amalga oshirish uchun zarur bo„lgan – tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi 
biladigan,  o„qimishli  bir  shaxs  qo„lida  bo„lishini  maqsadga  muvofiq, 
deb hisoblagan.  
Sof  mahsulot  to„g„risidagi  ta‟limot.  F.Kenening  nazariy  merosida 
uning sof mahsulot (hozir uni milliy daromad deb atashadi) to„g„risidagi 
ta‟limoti  muhim  o„rin  egallaydi.  Uning  fikriga  ko‗ra,  sof  mahsulotning 
manbayi  yer  va  unga  sarflangan  qishloq  xo‗jaligi  ishlab  chiqarishida 
band bo‗lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof 
mahsulot)  ko‗payishi  qishloq  xo‗jaligi  ishlab  chiqarishi  bilan  bog‗liq 
bo‗lgan  «yer  in‘omidir».  Shu  bois,  davlat  sanoatni  emas,  balki  qishloq 
xo‗jaligini rag‗batlantirish to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishi kerak. F.Kene: 
«Dehqonlar  kambag„al  bo„lsa,  qirollik  kambag„al  bo„ladi,  qirollik 
kambag„al  bo„lsa  qirol  kambag„al  bo„ladi»,  deb  hukumatni 
ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki, 
savdogar  va  hunarmandlar  qishloq  xo‗jaligida  yaratilgan  boylikni  faqat 
bir  joydan  ikkinchi  bir  joyga  yetkazish  va  o‗zgartirish  bilan 
shug‗ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat «unumsiz» hisoblanadi. U 
yerdagi tovarning o‗sgan qiymati faqatgina savdo va sanoat xarajatlarini 
qoplash  vositalarini  o‗z  ichiga  oladi,  sof  mahsulot  esa  bunda 
ko‗paymaydi. 
Keyinchalik, 
A.Smit 
fiziokratlarning 
sanoatning 
«unumsizligi»  to‗g‗risidagi  g‗oyasiga  qarshi  chiqadi  va  sanoatda  ham 
boylik yaratilishini ko‗rsatib beradi. 
 
F.Kene  merkantilistlarning  ―boylik  savdoda  yaratiladi‖  degan 
tezisini  tanqid  qildi.  Uning  tasdiqlashicha,  muomalada  tovarlarning 
ayirboshlanishi  ekvivalentli  bo‗ladi,  ya‘ni  teng  qiymatli  tovarlar 
ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o‗sishi 


116 
sodir  bo‗lmaydi.  F.Kene  pulni  foydasi  yo‗q  boylik  hisoblagan,  unga 
faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga  muvofiq, davlatning 
boyishi  pul  kapitalining  o‗sishiga  emas,  balki  qishloq  xo‗jaligi  ishlab 
chiqarishining rivojlanishiga bog‗liq bo‗ladi. 
Sinflar nazariyasi. F.Kene o‗zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga 
asoslangan  holda  jamiyatni  uch  sinfga  ajratib  ko‗rsatadi:  unumli  sinf, 
unumsiz  sinf,  mulkdorlar  sinfi.  Unumli  sinf  –  bu  sinfda  qishloq 
xo‗jaligida  ish  bilan  band  bo‗lgan  barcha  kishilar,  dehqon  va  fermerlar 
kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar. Unumsiz sinf bular hunarmandlar, 
ishchilar,  savdogarlar,  xizmatkorlar,  to‗ralar,  ya‘ni  dehqonchilikdan 
boshqa  sohada  ish  bilan  band  bo‗lgan  kishilar.  Ular  faqat  o‗zlarini 
ta‘minlaydilar,  o‗z  iste‘moliga  qancha  mahsulot  kerak  bo‗lsa,  shuncha 
mahsulot  yaratadilar.  Ular  jamiyat  uchun  foydali,  ammo  o‗zining  ham, 
jamiyatning  ham  boyligini  ko‗paytirmaydi,  shu  ma‘noda  unumsizdir. 
Mulkdorlar  sinfi  yer  egalari,  unga  qirol  va  ruhoniylar  ham  kiradi. 
Mulkdorlar  sinfi  sof  foydani  olishga  haqli,  negaki,  ular  o‗z  paytida 
yerlarni  o‗zlashtirgan,  yerning  unumdorligini  oshirgan.  Mulkdorlar 
tomonidan  olinadigan  daromad  bu  ularning  oldin  qilgan  xarajatlari 
uchun in‘om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday bo‗linishi noto‗g‗ri. 
A.Smit fiziokratlarning bu boradagi qarashiga javoban kinoyali ravishda 
shunday  deydi:  ―Agar  ularning  mantig‗iga  amal  qilsak,  unda  faqat  ikki 
farzand  ko‗radigan  har  qanday  nikohni  unumsiz,  deb  tan  olish  kerak 
bo‗ladi‖.  
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish