6.2. Dastlabki va keyingi merkantilizmning
o„ziga xosligi
Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin
paydo bo‗ldi va XVI asrning o‗rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning
asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar
Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki
merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul
muomalasini, tashqi savdoni ma‘muriy yo‗l bilan qattiq tartibga solish
asosida mamlakatning pul boyligini ko‗paytirishga qaratilgan (mamlakat
puli qancha ko‗p bo‗lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki
merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli, deb qaradi va
uni chetdan olib kelish yo‗lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi
savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq,
deb hisobladilar:
– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‗rnatishni;
– tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
– mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‗l
qo‗ymaslikni.
Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni
ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko‗proq tovar sotib
olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning
qiymatini pasaytirish bilan shug‗ullangan. Keyinchalik tovar-pul
munosabatlarining
rivojlanishi,
tashqi
savdoning
kengayishi
merkantalistlarning
boylik
muammosiga
bo‗lgan
qarashini
o‗zgartirishga majbur etdi.
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning
ikkinchi yarmigacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. (Uning asosiy
vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy
sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag‗batlantirilishi
sababli, mamlakatlar o‗rtasida savdo aloqalari keng va muntazam
rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‗rniga
87
keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi.
«Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng
tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni
mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan
tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha hukumatning
tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha
ko‗proq pul mablag‗larini jamg‗arish emas, balki aktiv savdo balansiga
erishishdir (eksportning importdan ustun bo‗lishi). Eksport va import
o‗rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o‗sishidir. Demak,
real boylik bu– «o‗lik pullar» yig‗indisi emas, balki yangi pullarni, ya‘ni
pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Merkantilistlar fikriga ko‗ra savdoning muqobil balansiga erishish
uchun davlat eksportni rag‗batlantirib importni ta‘riflar, kvotalar,
subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki
iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‗batlantirilishi va xorijiy
savdo orqali boshqarilishi lozim.
Xorijdan manufaktura tovarlarining keltirilishi arzon xomashyolar
importini, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya
majburiyatlari hisoblangan.
Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiati o‗rtasidagi
nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‗pgina
merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste‘mol yoki ishlab chiqarishda
emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida, deb fikr yuritishgan.
Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarilishi savdo balansini o‗rnatadi,
degan fikrni o‗rtaga tashlaydi. Ularning qarashlariga ko‗ra xalqaro
savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya‘ni Angliya
va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, biroq
Hindistonda import qilingan arzon xomashyolardan Angliyada eksport
qilinadigan tovarlar manufakturasi uchun foydalanilishi mumkin.
Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki eksport bilan
bog‗liq, ilk merkatilistlar yombilar eksporti qat‘iyan taqiqlanishi
88
kerakligini tavsiya qilishgan. Keyinchalik yozuvchilar agar yombi
eksport tovarlari uchun xomashyo sotib olish maqsadida ishlatilsa, u
savdo balansi uchun o‗rinli bo‗lishi mumkin, degan farazni taklif
etishgan.
Shulardan kelib chiqqan holda keyingi merkantilizm vakillari aktiv
savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar:
– tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‗li bilan egallash
hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish;
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda,
tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyum-laridan tashqari);
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni
chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini
ko‗paytirish.
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi
merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan, deb
qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy
nazariyasiga va monometallizm tizimiga o‗tishga sabab bo‗lgan. Agar
dastlabki merkantilistlar pulning jamg‗arish funksiyasini asosiy, deb
bilgan bo‗lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala
funksiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga
ko‗ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog‗liqlikda,
tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to‗g‗ri mutanosiblikda
bo‗ladi. Ular pul taklifining ko‗payishi unga bo‗lgan talabni oshirgach,
savdoni rag‗batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.
Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa, Ispaniyaga yangi
Dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar
mohiyatiga e‘tibor qaratgan.Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni
inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‗rni haqida tahliliy
g‗oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy
bosqichi o‗rtasidagi aloqa 1569 - yilda fransuz olimi Jiyn Bodin
tomonidan taqdim etilgan. U 16 – asr davomida G‗arbiy yevropada
89
narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi,
asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‗lgan kumush va oltin miqdorining
o‗sishi deb hisoblangan. 1660-1776-yillar davomida bozor iqtisodi
boshqaruvi
haqidagi
tahliliy
fikrlar
ko‗paydi.
Merkantilistlar
adabiyotining (markaziy) asosiy hususiyati real faktorlardan ko‗ra pulga
oid faktorlar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari
ekaniga ishonishdilar. Ularning ta‘kidlashlaricha, mablag‗ adekvatligi
tashqi va ichki svdoning o‗sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining
o‗zgarishi real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‗zgarishlarni boshqaradi.
Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o‗rtasidagi munozarada aytilgan
fikrlarga ko‗ra iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‗sish sur‘ati real faktorlar:
mehnat miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura
bilan chambarchas bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |