Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


  Aholini  ijtimoiy  himoyalashning  bozor  xo„jaligiga  mos



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

6.  Aholini  ijtimoiy  himoyalashning  bozor  xo„jaligiga  mos 
bo„lgan  tizimini  shakllantirish.  Bu  tizim  aholining  nisbatan  muhtoj 
qatlamini aniq ijtimoiy qo‗llab-quvvatlashga o‗tishga yo‗naltirilgan. 
Bozor  tizimining  ko‗rsatib  o‗tilgan  asosiy  unsurlari  shakllanishining 
yakuniga etishi o‗tish davri tugaganligidan darak beradi. 
 
17.3. O„tish davrining davomiyligi, hozirgi zamon o„tish 
davri xususiyatlari 
 
Markazlashgan  ma‘muriy-buyruqbozlikka  asoslangan  iqtisodi-
yotdan  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tishda  maqsad  bir  xil  bo‗lsa-da,  turli 
mamlakatlar 
turli 
yo‗llarni 
tanlashlari 
mumkin. 
Yuqorida 


324 
ta‘kidlanganidek,  bir  tizimdan  ikkinchi  tizimga  o‗tishning  revolyutsion 
va  evolyutsion  yo‗llari  mavjud.  Polsha,  Chexoslovakiya,  Rossiya  va 
boshqa  ayrim  mamlakatlar  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tishning  revolyutsion 
yo‗lini,  birdaniga  katta  to‗ntarishlar  qilish  yo‗lini  tanladilar. 
O‗zbekistonda  esa  o‗ziga  xos  madaniy,  tarixiy,  iqtisodiy  va  tabiiy 
xususiyatlarni  hamda  bu  yo‗ldagi  jahon  tajribasini  hisobga  olgan  holda 
revolyutsion 
to‗ntarishlarsiz, 
ijtimoiy 
to‗qnashuvlarsiz, 
ijtimoiy 
himoyani  kuchaytirgan  holda  asta-sekinlik,  lekin  qat‘iyatlilik  bilan 
bosqichma-bosqich  rivojlangan  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  yo‗li 
tanlandi.  
«Bizning  bozor  munosabatlariga  o‗tish  modelimiz  respublikaning 
o‗ziga  xos  sharoitlari  va  xususiyatlarini,  an‘analar,  urf-odatlar  va 
turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‗tishdagi iqtisodiyotni 
bir  yoqlama,  beso‗naqay  rivojlantirishning  mudhish  merosiga  barham 
berishga asoslanadi».  
O‗zbekistonda  bozor  munosabatlariga  o‗tish  yo‗li  ijtimoiy-
yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan.  Bu yo‗lni 
amalga 
oshirishga, 
iqtisodiyotni 
tubdan 
isloh 
qilishga 
Respublikamizning  birinchi  Prezidenti  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: 
-iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta‘minlash; 
-o‗tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‗lishi; 
-butun  yangilanish  va  taraqqiyot  jarayoni  qonunlarga  asoslanishi, 
qonunlar ustuvorligining ta‘minlanishi; 
-bozor  munosabatlariga  o‗tish  bilan  bir  qatorda  aholini  ijtimoiy 
himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
-bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.  
Bozor  munosabatlariga  o‗tishda  bu  tamoyillarning  hammasi  ham 
muhim  ahamiyatga  ega,  lekin  ularning  ichida  bozor  iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich  o‗tish  tamoyili  alohida  e‘tiborga  loyiq.  Chunki 
tegishli  huquqiy  negizni,  bozor  infratuzilmalarini  yaratish,  odamlarda 


325 
bozor  ko‗nikmalarini  hosil  qilish,  yangi  sharoitlarda  ishlay  oladigan 
kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‗ladi. 
Bundan tashqari bozor munosabatlariga o‗tish faqatgina iqtisodiyot 
sohalarini  o‗zgartirish  bilan  cheklanmaydi.  U  ijtimoiy  hayotning  bir-
birlari  bilan  uzviy  bog‗liq  bo‗lgan  barcha  sohalarini,  shu  jumladan, 
siyosiy,  ma‘naviy-axloqiy,  maishiy  va  boshqa  sohalarni  ham  tubdan 
o‗zgartirishni  taqozo  qiladi.  Bularning  hammasi  bozor  iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich,  evolyutsion  yo‗l  bilan  o‗tish  haqidagi  g‗oya  juda 
muhim  va  afzal  ekanligini  ko‗rsatadi.  Bozor  munosabatlariga 
bosqichma-bosqich o‗tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh 
qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri 
uchun  aniq  maqsadlarni,  ularga  erishish  vositalarini  belgilab  olishni 
talab qiladi. 
Birinchi 
Prezidentimiz 
I.A.Karimovning 
asarlarida 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish